Masala-4.1: Ilova, 4 jadvalda berilgan variant bo`yicha gruntning o`z og`irligidan kuchlanish epyurasini chizing.
Masala-4.2: Ilova, 4-jadvalda berilgan variant bo`yicha gruntning o`z og`irligidan kuchlanish epyurasini chizing.
Nazorat savollari
Bir yerga to`plangan kuchdan kelib chiqadigan kuchlanishni aniqlash uchun Bussinesk formulasidagi "K" parametrining nomi?
Bissinesk formulasida nuqtaning joylashish chuqurligi va kuchlanishi orasidagi qanday bog`lanish mavjud?
Kuchning ta'sir chizig`idan uzoqlashgan sari bir joyga to`plangan kuchdan kelib chiqqan kuchlanish qanday o`zgaradi?
Bir nechta to`plangan kuchlar ta'siridan paydo bo`lgan kuchlanishlar qanday aniqlanadi?
Teng taqsimlangan kuchlanish va to`plangan kuchlar ta'siridan paydo bo`lgan kuchlanishlar epyuralari qanday shaklga ega?
Umumiy hollarda gruntning o`z og`irligidan kelib chiqadigan kuchlanish qanday aniqlanadi?
Yer osti suvlari sathidan pastda joylashgan gruntlarning solishtirma og`irligi qanday aniqlanadi?
Gruntni o`z og`irligidan kelib chiqadigan kuchlanishni aniqlash jarayonida qaysi hollarda gidrostatik bosim hisobga olinadi?
Gruntni bir xil va har xil tarkibli qatlamida grunt og`irligidan kelib chiqqan kuchlanishlar epyuralari qanday shakllarga ega?
Suvning muallaqlik ta'sirini hisobga olganda, kuchlanish epyuralarining shakli?
Gruntdagi deformatsiyalar va kuchlanishlar orasidagi bog`lanishlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |