5- amaliy mashg‘ulot Mavzu: quritish uchun zarur moddalar (oltingugurt, osh tuzi, ishqor va boshqa) va kerakli inventarlar miqdorini hisoblash mashg’ulotning maqsadi


Download 42.31 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi42.31 Kb.
#1584857
  1   2   3   4
Bog'liq
5- amaliy


5- Amaliy mashg‘ulot


Mavzu: QURITISH UCHUN ZARUR MODDALAR (OLTINGUGURT, OSH TUZI, ISHQOR VA BOSHQA) VA KERAKLI INVENTARLAR MIQDORINI HISOBLASH


Mashg’ulotning maqsadi. Quritilgan mahsulot turiga ko‘ra muayyan miqdordagi tayyor mahsulot uchun zarur bo‘ladigan xom-ashyo miqdorini oldindan hisoblab topish usullarini o‘rganish.
Kerakli jihozlar va materiallar. Hisob kitoblar uchun induvidual vazifalar; turli konsentratsiyadagi osh tuzi, sulfat kislota eritmalari; 200...250 sm3 silindrsimon idishlar; ariometrlar; voronka; filtr qog‘oz; suv.
Ishni bajarishda texnika xavfsizligi. Sulfat kislota eritmasi konsentratsiyasini aniqlashda o‘yuvchi va zaharli moddalar bilan ishlash qoidalariga rioya qilish zarurdir. Sulfat kislota oson parchalanib zaharli oltingugurt angidridi gazini hosil qiladi. Oltingugurt angidridi gazi burun shilliq pardasiga ta’sir etib, nafas olish organlarini zararlaydi. Shuning uchun ushbu modda bilan ishlashni ventilyatsiyali laboratoriya shkafida amalga oshirish lozimdir. Sulfat kislotani to‘kib qo‘ysangiz uni neytrallash uchun to‘kilgan kislota ustiga ozroq ammikli suv quying va so‘ngra latta bilan artib oling.
Ishning nazariy asoslari. Meva-sabzavot, kartoshkani qayta ishlash jarayonida, hamda qayta ishlash natijasida olingan quritilgan mahsulotni saqlashda ular qorayishi mumkin. Tayyor mahsulotning tabiiy rangini saqlab qolish maqsadida uni qayta ishlash bosqichida sulfat kislota yoki uning tuzlari, osh tuzi eritmalari, oltingugurt angidrid gazi bilan ishlov beriladi. Sulfat kislota va uning tuzlarining eritmasi kuchli qaytaruvchi bo‘lib, oksidlovchi fermentlarning aktivligini susaytiradi va fermentativ qorayish jarayonini to‘xtatadi. Mahsulotlar sulfitatsiya qilinganda ranggi va askorbin kislota miqdori yaxshi saqlanadi, ammo ma’lum bir midorda В1 vitamin parchalanadi, piyozlarda esa СO2 ning efir moylari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida ta’mining achchiqligi va hidi yo‘qoladi. Quritish uchun mo‘ljallangan xom-ashyoga kimyoviy ishlov berishni mevasabzavotlarni quritishga tayyorlashning turli uchastkalarida amalga oshirish mumkin. Ba’zan kimyoviy ishlov berishni bir necha marotaba amalga oshiriladi. Masalan olmani quritishda sulfitatsiya jarayoni olmani po‘stlog‘idan tozalangandan so‘ng va ya’na bir marotaba qurishdan oldin quritish jarayonida CО2 konsentratsiyasining tushib ketmasligi uchun amalga oshiriladi. Qorayishga moyil bo‘lgan xom-ashyolardan biri kartoshka va selderey ildizlari bo‘lib, ular po‘stlog‘idan tozalangandan so‘ng kimyoviy ishlov berilishi lozim. CО2 zarur konsentratsiyasini xom-ashyoni qirqandan so‘ng yoki uni blanshirlash jarayonida belgilanadi. Ko‘pincha blanshirlanmasdan quritiladigan xom-ashyo kesilgandan so‘ng sulfitatsiyalanadi, blanshirlanadigani esa bug‘latish jarayonida. Sulfitatsiyalash xom-ashyoni 0,1 (0,5% li natriy sulfit (Nа2SO3), natriy bisulfit (NаHSO3) yoki natriy pirosulfit (Nа2S2O5) eritmalariga botirib yoki purkalib, hamda gazsimon oltingugurt angidridi bilan dudlab amalga oshiriladi.
Topshiriq. 1.Hisoblang: a) berilgan konsentratsiyali ma’lum miqdordagi eritma tayyorlash uchun qancha miqdorda suv va tuz zarur bo‘ladi;
b) berilgan konsentratsiyali eritmani hosil qilish uchun ma’lum miqdordagi suvga qancha tuz aralashtirish lozim bo‘ladi;
s) meva-sabzavotlarni sulfitatsiya qilish uchun oltingugurt angidridi va sulfit kislota tuzlari eritmasi miqdorini hisoblab toping;
d) sulfit kislota tuzlari, osh tuzi, sirka kislota eritmasi konsentratsiyasinimoddalar zichligiga ko‘ra aniqlang.

Download 42.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling