5- laboratoriya mashguloti. Insonda turli shartsiz reflekslarni kuzatish. Uzunchoqmiya, o’rtamiyavamiyachareflekslarinikuzatish Baqa uzunchoq miyasida funktsiyallr joylanishini aniqlash
Download 109.99 Kb. Pdf ko'rish
|
laboratoriya ishi-5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollar.
- 2- ish. Odamda himoya shartli refleksini hosil qilish
Ish uchun kerakli jihozlar: sekundomer, elektr qo`ng`iroq, ko`zga havo
purkaladigan moslama. Ishni bajarish tartibi. eksperementator bilan sinaluvchi kishi bir biriga qarama qarshi o`tiradi. Sinaluvchiga havo oqimi yuboriladigan nay o`rnatilgan ko`zoynak ramkasini (32 rasm) taqi-ladi. Nayning uchini esa ko`zning shox qavatiga to`g`rilab qo`yiladi. Hamma narsa tayyor bo`lgach, qo`ng`iroq chalinadi va uning ovoziga ko`z yumish bilan javob berilmasligiga ishonch hosil qilinadi. SHundan keyin qo`ng`iroq chalingach 1 – 2 sekund o`tar o`tmas rezina nokni qisib naydan ko`zga havo purkaladi. Tajriba 15 – 20 sekund oralatib 5 – 6 marta takrorlanadi. So`ng havo oqimi yubormasdan faqat qo`ng`iroq-ning o`zi chalinsa ham ko`z o`z o`zidan yumilaveradi. Demak, shartli refleks hosil bo`ladi. keyin refleksni so`ndiriladi, ya`ni yo`qotiladi. Buning uchun ko`zga havo purkamasdan bir necha marta faqat qo`ng`iroqning o`zi chalinadi. Sinaluvchi kishida uning ko`ziga necha marta havo purkalgandan keyin refleks hosil bo`lganini va necha marta faqat qo`ng`iroqning o`zi chalingandan keyin u yo`qolganini yozing. Nazorat savollar. 1. Qanday refleksga shartli refleks deyiladi ? 2. SHartsiz refleks shartli refleksdan asosan nimasi bilan farq qiladi ? 3. SHartli refleks hosil bo`lishida shartli va shartsiz ta`sir-lovchilar qanday ketma ketlikda berilishi kerak ? 4. Tabiiy shartli reflekslar deb qanday reflekslarga aytiladi ? 2- ish. Odamda himoya shartli refleksini hosil qilish Ishdan maqsad: himoya shartli refleksini hosil qilish va uni yana so`ndirish. Nazariy tushuncha. O`zini himoya qilishga bo`lgan shartli refle-kslar turli xil zararli ta`sirotlarga hosil bo`ladi. Ish uchun kerakli jihozlar: sekundomer, induksion g`altak, tok manbai, tok kaliti, elektrodlar, elektr qo`ng`iroq, sim. Ishni bajarish tartibi. Induksion tok zanjirini ishga tayyorlanadi. SHartli ta`sirlovchi sifatida qo`ng`iroq, shartsiz ta`sirlovchi o`rnida esa induksion tokdan foydalaniladi. Sina-luvchi kishi induksion g`altakning klemmalariga yaqin kelib o`tiradi va barmoqlarini elektrodlarga qo`yadi. Etarli ta`sirga ega bo`lgan, ya`ni sezilarli himoya reaksiyasini yuzaga keltiradigan tok kuchi tanlanadi. SHundan so`ng qo`ng`iroq ovozi berib barmoqlarga tok ta`-sir ettiriladi. Har ikkala ta`sirot 5 – 10 cek davom etadi. Tajriba shu tariqa 5–6 marta takrorlanadi. So`ng faqat qo`ng`iroqning o`zi chalinganda ham himoyalanishi yuzaga keladi. Bu shartli refleks hosil bo`lganini ko`rsatadi. SHartli refleks hosil qilgach, uni so`ndirish tajribasi o`tkaziladi. Buning uchun bir necha marta shartli ta`sirot – qo`ng`iroq chalinadi, shartsiz ta`sirot – tok esa berilmaydi, binobarin shartli refleks o`z o`zidan yo`qolib ketadi. Sinaluvchi kishida necha marta ta`sirot berilgandan keyin shartli refleks hosil bo`lganini va necha marta faqat qo`ng`iroqning o`zi chalingandan keyin refleks so`nganini daftaringizga yozing. Nazorat savollar 1. Nima uchun shartli refleksni vaqtincha refleks deyiladi ? 2. SHartli refleks qanday sharoitlarda so`nadi ? 3. SHartli refleks so`nish imkoniyatining qanday biologik ahamiyati bor. Download 109.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling