5- mavzu: Chiqindilar asosida sorbent olish a turli tekistil chiqindilari asosida sorbent olish Ishning maqsadi
Download 52.84 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning nazariy asoslari
- Qisqacha nazariy qism
5- Mavzu: Chiqindilar asosida sorbent olish A)Turli tekistil chiqindilari asosida sorbent olish Ishning maqsadi: Turli tekistil chiqindilari asosida sorbent olishning optimal sharoitlarini o’rganish. Ishda foydalaniladigan asboblar va jihozlar: Chiqindi 100 gr HCl konsentrlangan Distillangan suv Pipetka Kolba 250 Byuxner varonka 100 ml atseton Filtr qog’oz Ishning nazariy asoslari: Sorbentlar (lat. Sorbens - yutuvchi) - gazlarni, bug'larni yoki erigan moddalarni atrof-muhitdan tanlab olib (yutib yuboradigan) qattiq moddalar yoki suyuqliklardir. Sorbtsiyaning xususiyatiga qarab, абсорбентlar - yutilgan modda bilan qattiq yoki suyuq eritma hosil qiluvchi jismlar, adsorbentlar - tashqi yuzasiga bir moddani yutadigan kimyoviy singdiruvchilar(kimyoviy o'zaro ta'sir). Faollashgan ko’mir, silikagel, aluminiy oksidi, kremniy va turli xil ion almashinadigan smolalar, dibutil ftalat va boshqalar keng qo'llaniladi. Qisqacha nazariy qism: Tekistil chiqindilari (kapron, neylon,aralash sintetik mato)asosida sorbent olishning optimal sharoitlarini o’rganish mumkin. Amaliy mashg’ulotni bajarish tartibi: Chiqindi 100 gr miqdorda olinadi va chiqindilarga ishlov berish konsentrlangan HCl yordamida amalga oshiriladi. Konsentrlangan HCl kislota yordamida 100 gr kapronga 60 min davomida inkubatsiya qilish orqali ishlov beriladi.Inkubatsiyadan keyin kapron distillangan suv bilan yuvilgach yarimgranula holatdagi yopishqoq sorbent hosil bo’lganligini guvohi bo’lamiz.Yuqorida qayt etilgan jarayon neylon asosida ham amalga oshirilganda mutloq yopishqoq holatdagi sorbent hosil bo’lishini kuzatishimiz mumkin. Ushbu jarayonni aralash sintetik mato asosida amalga oshirganimizda ya’ni 100 gr aralash sintetik matoga konsentrlangan HCl quyib 60 daqiqa inkubatsiya qilganimizda yarimyopishqoq holatdagi sorbent hosil b o’lganligini ko’rishimiz mumkin. Download 52.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling