5- mavzu. Elektr sxemalarni Kirxgof qonunlari asosida hisoblash Reja
Passiv iste’molchilarning ulanish sxemalarini analizi
Download 73.89 Kb.
|
111111111111111111. Elektr sxemalarni Kirxgof qonunlari asosida hisoblash
Passiv iste’molchilarning ulanish sxemalarini analiziYqorida ko‘rib o‘tilganidek, passiv elementlarning ulanish sxemalari ketma - ket, parallel va aralash bog‘lanishda bo‘lishi mumkin. Ketma - ket bog‘lanish deb, har bir elementdan o‘tayotgan tokning qiymati bir xil bo‘lgan holatdagi bog‘lanishga aytiladi. 5.5-rasm, a,b dagi sxema uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan U1+U2+...+Un=U, yoki R1I+R2I+...+RnI=RekvI, bundan Rekv=R1+R2+...+Rn. (2.15) Ketma-ket ulangan elementlarning ekvivalent qarshiligi, elementlar qarshiligining yig‘indisidan iborat. Zanjirdagi tok I=U/Rekv , (2.16) n - elementning kuchlanishi uchun Un=RnU/Rekv , (2.17) n - elementda iste’mol qilinayotgan quvvat: (2.18) 5.5– rasm. 5.6-rasm, a da elementlar qarshiliklari parallel ulangan sxema berilgan. Hamma elementlar A va V tuguni oralig‘ida joylashgan. Tugunlar orasidagi kuchlanish manba kuchlanishiga teng. SHuning uchun har bir tarmoq toki munosabatlar bilan aniqlanadi. 5.6 – rasm. 5.6-rasm, a dagi sxema uchun Kirxgofning birinchi qonuniga binoan: Iekv=I=I1+I2+...+In , yoki gekvU=g1U+g2U+...+gnU, bu erda gekv = g1+g2+...+gn= , yoki Demak, parallel bog‘lanishda ekvivalent o‘tkazuvchanlik, zanjirdagi barcha tarmoqlar o‘tkazuvchanliklarining yig‘indisiga teng. Ekvivalent qarshilik . Bu qarshilik zanjir tarmoqlaridagi eng kichik qarshilikdan ham kichkina bo‘ladi (5.6-rasm, b). Umumiy qarshilikning kamayishi tokning ortishiga sabab bo‘ladi. Quvvat quyidagicha ifodalanadi: R=UI=U(I1+I2+...+In), yoki R=R1+R2+...+Rn. Zanjirning quvvati alohida tarmoqlar quvvatlarining yig‘indisidan iborat. 5.7 – rasm. Tarkibidagi elementlar aralash ulangan zanjirlarda, ham ketma-ket, ham parallel ulangan uchastkalar mavjud bo‘ladi. 5.7 -rasmda aralash ulangan sxema berilgan. Bunday zanjirlarni hisoblashda ekvivalent almashtirish sxemalaridan foydalaniladi. Zanjir faqat bitta ekvivalent qarshilikdan iborat bo‘lgan holatgacha soddalashtiriladi. Soddalashtirish sxemaning oxiridan boshlanadi. , , . Ekvivalent qarshilik berilgan zanjirdagi umumiy tok I1 ni topish imkonini beradi I1=U/Rekv. Qolgan tarmoqlarning toklari bosqichma - bosqich Om va Kirxgof qonunlaridan foydalanilgan holatda aniqlanadi. Amaliyotda ba’zan shunday sxemalar uchrab turadiki, ular tarkibidagi elementlar o‘zaro uchburchak yoki yulduzcha shaklida bog‘langan bo‘ladi. Ularni, na parallellik, na ketma-ketlik alomatiga qarab ixchamlash imkoniyati bo‘lmaydi. Bunday hollarda uchburchakdan ekvivalent yulduzga, yoki yulduzdan ekivalent uchburchakka o‘tish yuli bilan zanjirni ixchamlash imkoniyati axtariladi (5.8-rasm, a, b). Uchburchakdan yulduzga o‘tish formulalari: 5.8– rasm. YUlduzdan uchburchakka o‘tish formulalari: Download 73.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling