5 ‒ mavzu. Ma’lumotlarni tarmoqli qayta ishlash texnologiyalari
Kompyuter tarmog’ining umumlashgan tuzilmasi
Download 91.48 Kb.
|
5m2$
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoq
- Stansiya
- Kompyuter tarmoqlarining topologiyasi
- Lokal tarmoqlar dasturiy ta’minoti Internetga joylangan asosiy g’oyalar
Kompyuter tarmog’ining umumlashgan tuzilmasi Kompyuter tarmog’i ko’p mashinali assotsiatsiyaning oliy shakli sanaladi. Kompyuter tarmog’ining ko’p mashinali hisoblash kompleksidan asosiy farqini ko’rsatamiz. Birinchi farq — hajm, o’lcham. Ko’p mashinali hisoblash kompleksi tarkibiga odatda bitta biНОДa joylashgan ikkita, ko’pi bilan uchta SHK kiradi. Hisoblash tarmog’i bir-biridan bir necha metrdan tortib o’n, yuz va hatto ming kilometr uzoqda joylashgan o’nlab, yuzlab SHKdan iborat bo’lishi mumkin. Ikkinchi farq — vazifalarning SHKlar o’rtasida bo’linishi. Agar ko’p mashinali hisoblash kompleksida ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni uzatish va tizimni boshqarish bitta SHKda bajarilgan bo’lsa, hisoblash tarmog’ida bu vazifa turli SHKlar o’rtasida taqsimlangan. Uchinchi farq — tarmoqda hisoblarni marshrutlashtirish vazifasini hal etish zarurligi. Tarmoqda xabar bir SHKdan boshqasiga SHKni bir-biri bilan bog’lovchi aloqa kanallarining ahvoliga qarab uzatilishi mumkin. Hisoblash texnikasini, aloqa apparaturalari va ma’lumotlarni uzatish kanallarini bitta kompleksga birlashtirish ko’p mashinali assotsiatsiyaning har bir elementi tomonidan o’ziga xos talablar so’raydi, Shuningdek maxsus atamalarning shakllanishini talab qiladi. Tarmoq abonentlari — tarmoqda axborotlarni yuzaga keltiruvchi yoki iste’mol qiluvchi ob’yektlar. Alohida SHKlar, EHM komplekslari, terminallar, sanoat ishlari, raqamli dastur orqali boshqariladigan stanoklar va hokazo abonent bo’lishi mumkin. Har qanday abonent tarmog’i stansiyaga ulangan. Stansiya — axborotlar uzatish va qabul qilish bilan bog’liq vazifalarni bajaruvchi apparaturadir. Abonent va stansiya majmuini abonent tizimi deb atash qabul qilingan. Abonentlarning o’zaro aloqasini tashkil etish uchun uzatuvchi moddiy vosita kerak. Uzatuvchi moddiy muhit bu aloqa tarmog’i yoki elektr signallari tarqatiladigan kenglik va ma’lumotlarni uzatish apparaturasidir. Bunday yondaShuv har qanday SHK tarmog’ini abonentlar tizimi va kommunikatsiya tarmog’ining majmui sifatida ko’rib chiqishga imkon beradi. Kompyuter tarmoqlarining topologiyasi LHT tarkibiga kiruvchi hisoblash mashinalari hisoblash tarmog’i tashkil etiladigan hududda eng tasodifiy holatda joylashishi mumkin. LHT topologiyasi — bu tarmoq uzellari birlashuvining o’rtachalashtirilgan geometrik chizmasidir. Hisoblash tarmoqlari topologiyasi turlicha bo’lishi mumkin, lekin lokal hisoblash tarmog’i uchun uchta tur umumiy hisoblanadi. Bular: aylanma, shinali va yulduzsimon turlardir. Ba’zan soddalashtirib aylana, shina, yulduz degan atamalar ishlatiladi. Biroq bu atamalar topologiya turi tom ma’noda aylana, to’g’ri chiziqli yoki aynan yulduz shaklida degan fikrni bildirmaydi. Har qanday kompyuter tarmog’ini uzellar majmui sifatida ko’rish mumkin. Uzel tarmoqning uzatish vositasiga ulangan har qanday qurilmadir. Topologiya tarmoq uzellarini ulash chizmasini o’rtalashtiradi. Masalan, ellips, ham yopiq egri, ham yopiq siniq chiziq aylanma topologiyaga, yopiq bo’lmagan siniq chiziq esa — shina topologiyaga mansub. Aylana topologiya — tarmoq uzellarining yopiq egri kabel bilan birlaShuvini hosil qiladi. Uzatish va qabul qilish o’rtasidagi har bir oraliq uzel yuborilgan xabarni retranslyasiya qiladi. Kabul qiluvchi uzel faqat o’ziga yuborilgan ma’lumotlarnigina aniqlaydi va qabul qiladi. Aylanma topologiya tarmog’i. Aylana topologiya nisbatan kichikroq kenglikda Shug’ullanuvchi tarmoq uchun juda mos keladi. Unda markaziy uzel yo’qligi bois tarmoqning ishonchliligini oshiradi. Axborotlarni retranslyasiya qilish uzatish vositasi sifatida har qanday turdagi kabeldan foydalanish imkonini beradi. Bunday tarmoq uzellari xizmat ko’rsatish tartibining ketma-ketligi uning tezkorligini susaytiradi, uzellardan birining ishdan chiqishi aylana butunligini buzadi va axborotlarni uzatish traktini saqlash uchun choralar ko’rishni talab qiladi. Shinali topologiya — eng oddiy turlardan biri . U uzatish vositasi sifatida koaksial kabeldan foydalanish bilan bog’liq. Ma’lumotlar tarmoq uzatish uzelidan shina bo’iicha har ikki tomonga tarqaladi. Oraliq uzellar kelayotgan axborotlarni translyatsiya qilmaydi. Axborot barcha uzellarga kelib tushadi, lekin kimga jo’natilgan bo’lsa, faqat o’shagina qabul qila oladi. Xizmat ko’rsatish tartibi parallel. Shinali topologiya tarmog’i. Bu hol shinali topologiya bilan LHTning tezkor harakatini ta’minlaydi. Tarmoqni kuchaytirish va konfiguratsiyalash, Shuningdek turli tizimlarga moslashtirish oson. SHinali topologiya tarmog’i alohida uzellarning buzilish ehtimolligiga chidamlidir. Ushbu turdagi topologiya tarmog’i hozirda keng joriy etilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, ularning ko’lami kichkina va bir tarmoq doirasida turli xil turdagi kabeldan foydalanish imkonini beradi. YUlduzsimon topologiya markaziy uzel konsepsiyasiga asoslanadi. Unga sirtqi uzellar ulanadi. Har bir periferiya uzel markaziy uzel bilan alohida o’z aloqa tarmog’iga ega. Barcha ma’lumotlar markaziy uzel orqali uzatiladi. Markaziy uzel tarmoqdagi axborotlar oqimini retrans-lyasiya qiladi va yo’lga soladi. YUlduzsimon topologiya LHT uzellarining bir-biri bilan o’zaro ta’sirini osonlashtiradi. Ayni paytda LHTning yulduzsimon topologiya bilan ishlash qobiliyati markaziy uzelga bog’liq. Mavjud hisoblash tarmoqlarida nisbatan murakkab topologiyadan foydalanilishi mumkin. U yoki bu topologiyani tanlash LHTni qo’llash sohasi, uning uzellari geografik joylaShuvi va tarmoq hajmi bilan belgilanadi. Tarmoqlarning asosiy vazifasi foydalanuvchilarga turli xil xizmatlar ko’rsatishdir. Biror xizmatni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minot ushbu xizmat serveri hisoblanadi. Xizmat ko’rsatish va serverlarga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin: faylli server, bosmali server, elektron pochta serveri, kommunikatsion server. Tarmoqli dasturiy ta’minot lokal tarmoqda xizmat ko’rsatish va ishlashning turli variantlarini amalga oshiradi. 5.12 – rasm. Yulduzsimon topologiya. Lokal tarmoqlar dasturiy ta’minoti Internetga joylangan asosiy g’oyalar ISO (International Standard Orqanization — Standartlash bo’yicha Xalqaro tashkilot) ochiq tizimlar (ISO/OSI) o’zaro ta’sir standartini ishlab chiqdi, uning asosiy maqsadi, turli darajadagi tarmoq komponentlarining o’zaro munosabatini tashkil etuvchi tartiblar va turli xildagi darajalardir. ISO modeliga muvofiq har bir darajaning vazifasi quyidagi servisni bajarishdan iborat: 7-daraja — amaliy. U tarmoqda amaliy va tizimli dasturlarning o’zaro aloqasini ta’minlaydi (foydalanuvchi va tarmoq o’rtasida interfeysni ta’minlagan holda). Bu darjada amaliy xizmatlar bajariladi, ya’ni: fayllarni uzatish, olislashgan holda terminalga kirish, elektron pochta va hokazo; 6-daraja — ma’lumotlarni taqdim etish. Bunda ma’lumotlarni uzatishda kodirovkani bir xillashtirish ta’minlanadi. Tarmoqqa birlashtirilgan SHKlar o’rtasida ma’lumotlar almaShuvi uchun foydalaniladigan shaklni belgilaydi. Ma’lumotlarni uzatuvchi SHKda bu daraja amaliy darajadan olingan formatdan ma’lumotlarni oraliq formatlarga qayta aylantirishni amalga oshiradi. Ma’lumotlarni qabul qiluvchi SHKda bu darajasi ma’lumotlarni oraliq daromaddan qabul qiluvchi SHKning amaliy darajasini aniqlaydigan formatga aylantiradi; A kompyuter B kompyuter Etti darajali tarmoq modeli. 5-daraja — seansli. U ikkita gapni turli SHKga joylash, foydalanish va birikishini (seansni) tugallash imkonini beradi. Bu darajada quyidagilar amalga oshiriladi: havfsizlik vositalarini boshqarish; ma’lumotlar almaShuvini sinxronlash; uzilish (to’xtab qolish) natijasida seansni qoldirish. 4-daraja — transportga oid. Ushbu daraja ma’lumotlarni to’g’rila-nishni ta’minlaydi, xatolarni imkon darajasida to’g’rilaydi. Tashish bo’yicha servis xizmati ko’rsatadi; 3-daraja — tarmoqli ikki mashina o’rtasidagi aloqani tashkil etadi. Ma’lumotlarni manzillarga jo’natishga va mantiqiy manzilgohlar va nomlarning jismoniy manzillarga o’zgarishiga javob beradi; jo’natuvchi SHKdan qabul qiluvchi SHKcha bo’lgan marshrutni belgilaydi; tarmoq shartlariga bog’liq holda ma’lumotlarning o’tish yo’lini belgilaydi; 2-daraja — kanalga oid. Tarmoqqa uzatish va tarmoqdan olish uchun ma’lumotlarni to’playdi. Ma’lumotlarni uzatishning jismoniy muhitga kirishini boshqaradi; 1-daraja — hisoblash tarmog’i o’rtasidagi aniq jismoniy aloqani ta’minlaydi. Ko’pchilik zamonaviy tarmoqlar ISO/OSI etalon modeliga faqat yaqindan mos keladi. Bir xil nomdagi darajalar to’g’ridan-to’g’ri o’zaro ta’sir qila olmaydi. Har qanday daraja faqat qo’shni (yuqori yoki pastki) daraja bilangina o’zaro ta’sir ko’rsatadi. Qo’shni daraja bilan o’zaro ta’sir ko’rsatish interfeys deb yuritiladi. Download 91.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling