5 – mavzu. Maxsus fanlarni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish, O’quv maqsadlari va mazmunini belgilash hamda o’qitish vositalari va didaktik materiallar tayyorlash reja


Download 177.6 Kb.
bet3/11
Sana08.03.2023
Hajmi177.6 Kb.
#1254074
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-маъруза

Ko’rgazmali materiallar. Mashg’ulot davomida beriladigan o’quv materiali talabalarga og’zaki usulda yetkazishning imkoni bo’lmaganda uni albatta ko’rgazmali tarzda berish kerak bo’ladi. Bunday didaktik materiallar ko’rgazmali materiallar deyiladi.
Bular axborotlarni auditoriyadagi barcha talabalar uchun umumiy berishga mo’ljallangan. Bunday materiallardan asosan o’qituvchi talabalarga yangi bilimlarni berishda, odatda nazariy mashg’ulotlarda foydalanadi.
Ko’rgazmali materiallar o’quv axborotlarini grafik tasvirlagani uchun talabalarning tushunishlarini osonlashtiradi.
Ko’rgazmali materiallarning bir necha turlari bor. Ularning oddiysidan murakkabiga qarab ko’rib chiqsak. Rasmlar eng oddiy ko’rgazmali material hisoblanib, uni o’qituvchi mavzuga oid ob’yektning umumiy ko’rinishi, qismlari, shakli, nisbiy o’lchamlarini ko’rsatishda foydalanadi. Masalan, texnologik mashinaning tuzilishini, har tomonlama ko’rinishini tashkil etuvchi qismlarini ko’rsatish mumkin.


4-rasm. Oddiy didaktik materiallarning sinflanishi
Sxemalar asosan murakkab ob’yektlarning tuzilishi va ishlash prinsipini soddalashtirilgan holda tushuntirish uchun foydalaniladi. Masalan, texnologik mashina va mexanizmlarning elektrik, pnevmatik, gidravlik sxemalarini olishimiz mumkin.
Chizmalardan mavzuga oid ob’yektlarni chuqurroq o’rganishda foydalanamiz. Masalan, turli detallarning ish chizmalaridan foydalanib, ularning aniq geometrik o’lchamlari va shakli, qanday elementlardan iboratligi kabi ma’lumotlarni olishimiz mumkin.
Jadvallar mavzuga oid bir-biriga bog’liq bir nechta kattaliklarning ma’lum bir tartib asosida joylashtirilgan to’plamlaridir. Ular yordamida kerakli ma’lumotlar hamda kattaliklarni olish va hisoblash tez, oson kechadi. Masalan, jadvaldan foydalanib istalgan markali podshipniklarning o’lchamlarini olishimiz mumkin.
Diagrammalar yordamida bir necha parametrlarning o’zaro nisbatini grafik tasvirlashimiz mumkin. Diagrammalar turli ko’rinishda tasvirlanishi mumkin: doiraviy, ustunli, chiziqli, uch o’lchamli va h.k. Masalan, korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotning turli yillardagi hajmi va undan keladigan daromad miqdorini uch o’lchamli ustunli diagramma yordamida tasvirlash mumkin.
Plakatlar ko’rgazmali materiallarning eng universal turi bo’lib, u o’zida yuqorida keltirilgan barcha turdagi ko’rgazmali materiallarni mujassamlashtirishi mumkin. Shuning uchun yuqorida aytilgan ko’rgazmali materiallar yordamida o’quv materiallarining alohida bir qismi to’g’risida ma’lumot bersak, plakatlardan, butun bir mavzuga oid barcha ma’lumotlarni berishda foydalanishimiz mumkin. Masalan, tokarlik dastgohi to’g’risidagi plakatda dastgohning rasmi, uning kinematik sxemasi, uzatmalar qutisining ish chizmasi, tezliklar va uzatish nisbatlari jadvali, ish unumdorligi grafigi kabi axborotlarning bari joylashgan bo’ladi. Shuning uchun ko’rgazmali materiallarning bu turidan juda keng foydalaniladi.

Download 177.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling