5- mavzu: moliyaviy natijalar to’G’risidagi hisobot


Download 157.32 Kb.
bet5/5
Sana06.02.2023
Hajmi157.32 Kb.
#1171082
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 мавзу масалалар

Ko’rsatkichlar nomi

Satr KODI

O’tgan yilning shu davrida

Hisobot davrida

Daromad (foyda)

Xarajat (zarar)

Daromad
(foyda)

Xarajat (zarar)

Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan sof tushum (9010, 9020, 9030)

010




X




X

Sotilgan tayyor mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning tannarxi (9110, 9120, 9130)

020

X




X




Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishning yalpi foydasi (zarari) (satr. 010-020)

030













Davr xarajatlari, jami
(satr. 05(060+070), shu jumladan:

040

X




X




Sotish xarajatlari (9410)

050

X




X




Ma’muriy xarajatlar (9420)

060

X




X




Boshqa operatsion xarajatlar (9430)

070

X




X




Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (9300)

090




X




X

Asosiy faoliyatning foydasi (zarari)
(satr. 030-040+090)

100













Moliyaviy faoliyatning daromadlari,
jami (satr. 120+130+140+150+160),
shu jumladan:

110




X




X

Dividendlar shaklidagi daromadlar (9520)

120




X




X

Foizlar shaklidagi daromadlar (9530)

130




X




X

Uzoq muddatli ijara (lizing) dan daromadlar (9550)

140




X




X

Valyuta kursi farqidan daromadlar (9540)

150




X




X

Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari (9560, 9590)

160




X




X

Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar
(satr. 180+190+200+210), shu jumladan:

170

X




X




Foizlar shaklidagi xarajatlar (9610)

180

X




X




Uzoq muddatli ijara (lizing) bo’yicha foizlar shaklidagi xarajatlar (9610)

190

X




X




Valyuta kursi farqidan zararlar (9620)

200

X




X




Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar
(9630, 9690)

210

X




X




Umumxo’jalik faoliyatining foydasi (zarari)
(satr. 100+110-170)

220













Favqulodda foyda (9710) va zararlar (9720)

230













Daromad (foyda) solig’i to’langunga qadar foyda (zarar) (satr. 220+/-230)

240













Daromad (foyda) solig’i (9810)

250

X




X




Foydadan boshqa soliqlar va yig’imlar (9820)

260

X




X




Hisobot davrining sof foydasi (zarari)
(satr. 240-250-260)

270













INVENTARLASH, UNING TURLARI VA O’TKAZISH TARTIBI

Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari korxona mol-mulki va uning manbalarining holati hamda harakati tog’risida aniq axborot berishi kerak. Hujjatlardagi ma’lumotlar haqiqatdan mavjud bo’lgan ma’lumotlarga mos bo’lishi lozim. Biroq, ba’zi hollarda muayyan sabablarga ko’ra buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan haqiqiy ma’lumotlar o’rtasida tafovut yuz beradi. Bu hol saqlash chog’idagi tabiiy kamayish (tarqalish, bug’lanib ketish, qurib kamayish, siljish va hokazo) natijasida, hujjatlardagi xatolar tufayli, chalkashtirish yoki noto’g’ri tortish, suiste’mol qilish va o’g’irliklar natijasida yuz berishi mumkin.






Inventarlash deb haqiqatda mavjud bo’lgan mol-mulk va moliyaviy majburiyatlarni ularni muayyan sanadagi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash yo’li bilan aniqlashtirishga aytiladi.


Inventarlash maqsadlari, uni o’tkazish qoidalari, tafovutlarini tartibga solish va inventarlash natijalarini rasmiylashtirish tartibi 19-son BHMS “Inventarlashni tashkil etish va o’tkazish” (O’zR AV tomonidan 02.11.1999 yilda 833-son bilan ro’yhatdan o’tkazilgan) bilan tartibga solingan.

Inventarlashning asosiy maqsadlari mol-mulkning haqiqatda mavjudligini aniqlash, haqiqatda mavjud mol-mulkni buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan qiyoslash, majburiyatlar hisobda to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish.





Quyidagi hollarda inventarlashni o’tkazish shart:

-

mol-mulk ijaraga berilganda, sotib olinganda, sotilganda, davlat tasarrufidan chiqarilganda va xususiylashtirilganda

-

asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklar qayta baholanganda

-

moddiy javobgar shaxslar almashganda

-

o’g’irlik yoki suiste’mol, shuningdek, boyliklarni ishdan chiqarish faktlari aniqlanganda

-

tabiiy ofatlar, yong’inlar, falokatlar yoki g’ayritabiiy sharoitlar yuzaga keltirgan boshqa favkulodda vaziyatlar yuz berganda

-

xo’jalik yurituvchi sub’ekt tugatilganda (qayta tashkil etilganda)

-

yillik moliyaviy hisobotni tuzish oldidan

Tovar-moddiy zahiralar bir yilda kamida bir marta, asosiy vositalar ikki yilda kamida bir marta, kutubxona fondlari besh yilda bir marta, pul mablag’lari va pul hujjatlari, qat’iy hisobdagi blankalar oyda bir marta, yonilg’i-moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari har chorakda inventarlanadi.
Inventarlashni o’tkazish uchun korxona rahbarining buyrugi bilan inventarlash komissiyasi tashkil etiladi, uning tarkibiga bosh (katta) buxgalter kiradi. Komissiyaga korxona rahbari yoki uning o’rinbosari boshchilik qiladi. Inventarlash komissiyasi tarkibiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki audit vakillari kiritilishi mumkin. Inventarlashni o’tkazish chog’ida komissiyaning aqalli bitta a’zosi yo’q bo’lsa, bu hol inventarlash natijalarini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.



Inventarlash va boshqa tekshirishlar paytida
aniqlangan boyliklarning haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi
ma’lumotlaridan farqlari quyidagicha tartibga solinadi:

-

ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari va boshqa mol- mulk kirim qilinishi va tegishlicha korxonaning moliyaviy natijalariga qayd etilishi, keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanishi kerak

-

belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo’qolishi rahbarning farmoyishiga ko’ra ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga o’tkaziladi

-

yo’qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi, shuningdek, boyliklar buzilishidan ko’rilgan talafotlar aybdor shaxslarga yuklanadi

-

boyliklarning yo’qolish va boyliklar buzilishi tufayli talafotlar me’yorlaridan ortiqcha kamomadi, kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari aniqlanmagan hollarda, ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga hisobdan chiqarilishi mumkin. Bunda ana shunday kamomad va talafotlarning oldini olish bo’yicha qabul qilingan choralar ko’rsatilishi kerak

Inventarlash natijalari inventarlash tugagan oydagi hisob va hisobotda, yillik inventarlashda esa yillik moliyaviy hisobotda aks ettirilishi kerak.


6-Mavzuga oid masalalar


(Inventarlash, uning turlari va o’tkazish tartibi)



№ 1 - masala



  1. Inventarizatsiya natijasida korxona omboridan 2000 dona har bir donasi uchun 26 700 so’m bo’lgan idishlar kamligi aniqlandi;

  2. Inventarizatsiya natijasida korxonada narxi har bir litri uchun 5000 so’m bo’lgan 210 litr yoqilg’I yo’qligi aniqlandi;

  3. Korxonada reja bo’yicha o’tkazilgan inventarizatsiya natijasida 14 to’p “Archa” daraxti va qorovulxonada ishlatiladigan “Масленный обогреватель” hamda korxonaga tegishli dam olish maskanida 4 ta (1 komplekt) Italiyadan keltirilgan qiymati 22 800 00 so’mlik mebellar to’plami aniqlanganligi aniqlandi;

  4. “Transport Industrial” MCHJ ga tegishli погрузчик texnikasi boshqa tashkilotga sotilmoqda, погрузчик haydovchiga topshirilganda u bilan birga berilgan asbob uskunalarda kachiliklar aniqlandi (qiymati 1 200 000so’m) hamdan qo’shimcha berilgan shina almashtirib qo’yilganligi ma’lum bo’ldi (qiymati 5 800 000so’m). Direktor buyrug’iga ko’ra jami yo’qotilgan qiymatliklar havdovchining oylik ish haqi(4 500 000so’m)dan ushlab qolish va yetmagan qismini o’z yonidan to’lab berishi tayinlandi;

  5. A.Karimov ombor mudiri bo’lib 15 yildan beri ishlab kelardi, hozirda u pensiyaga chiqadigan vaqt kelganligi sababli omborda topshirish qabul qilish ishlari olib borildi. Buning natijasida ombordagi ehtiyot qismlar kamligi aniqlandi(13 200 000 so’m) hamda 21 000 000 so’mlik ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan bug’doy xom-ashyosi aniqlandi. Direktor buyrug’iga binoan yetkazilgan moddiy zarar ombor mudiri va material hisobchi zimmasiga yuklatildi(mos ravishda ombor mudiri hisobidan(oxirgi ikki oyligi 5 200 000 so’m va olinmagan ta’til puli 2 100 000so’m) yetguncha va yetmagan qismi material hisobchi oyligidan to’lansin). Keyinchalik 6 200 000 va 7 000 000 so’mlik hisob fakturalar material hisobchi tomonidan hisobotda aks ettirilmay qolib ketganligi ma’lum bo’ldi. Buning natijasida direktor ombor mudiriga yetkazilgan zarar qaytarilishi va unga qo’shimcha ravishda oylik ish haqining 50% miqdorida qo’shimcha haq to’lash va bunday vaziyat qayta takrorlanmasligi uchun bosh hisobchiga BHMning 2 barobari va material hisobchiga 5 barobari miqdorida jarima tayinladi va bo’lgan vaziyat bo’yicha tegishli ishlar amalga oshirilib hujjatlar rasmiylashtirilishi belgilandi;

  6. Korxona omborida yong’in chiqqani sababli ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan 15 mln so’mlik xom-ashyo materiallari yo’qotildi, hamda 26,5 mln so’mlik inventor jihozlari yo’qotildi. Bunga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib zarar tan olindi;

  7. Korxonaga tegishli kassada inventarizatsiya o’tkazish vaqtida pul kamomadi aniqlandi va yetkazilgan zarar kassir hisobidan undirildi;

  8. Inventarizatsiya vaqtida hisob raqamda ortiqcha chiqqan pul mablag’lari daromad sifatida tan olindi;

  9. Inventarizatsiya vaqtida aniqlangan kassadagi kamomad yarmi kassirning joriy oydagi maoshidan ushlab qolindi qolgan yaarmi keying oyda ushlab qolish rejalashtirildi;

  10. Inventarizatsiya natijasida korxoan binosiga tegishli suv nasosi yo’qligi anilandi va aybdor topilmaganligi sababli buning uchun moddiy javobgar shaxs zimmasiga yuklandi. Omborxona ham tekshirilganda 12 mln so’mlik tovar moddiy boyliklar yo’qligi aniqlandi va aybdor deb qorovul hamda ombor mudiri etib topildi, biroq qorovulning oilaviy holatini inobatga olib ta’sischi o’z hisobidan to’lab berishni va’da qildi. Bu holat direktorning buyrug’iga binoan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Download 157.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling