15.2.Termokonduktomerli sath o’lchagichlar
Termokonduktomerli sath o’lchagichlar deb shunday sath o’lchagichlarga aytiladiki, ularda elektr zanjirining elementi elektr qarshiligi suyuqlik sathiga bog’liq bo’lgan elektr qarshiligining katta harorat koeffitsentiga ega bo’lgan, tok bilan qizdiriladigan rezistordan iborat. Bunday sath o’lchagichlarning ishlashi suyuqlik va gazlarda Issiqlik almashish sharoitlarining turlichaligiga asoslangan.
Bunday sath o’lchagichlarning sezgir elementi elektr qarshiligi uning harorati bilan aniqlanadigan uzun termorezistordan iborat. Odatda, ular platina yoki volframdan tayyorlanadi, unda o’zgartkich sezgirligi material elektr qarshiligining harorat koeffitsenti ortishi bilan usadi. Termokonduktormetrik o’zgartkich idishga shunday joylashtiriladiki, uning bir qismi suyuqlikda, qolgan qismi – gazli bushliqda bo’ladi. Sath o’zgarishi bilan shu uchastkalar uzunligi ham o’zgaradi.
Termokonduktometrik o’zgartkichning ishlash prinsipi qizdirilgan termorezistordan suyuqlik va gazga Issiqlik o’tkazishining turlichaligidan foydalanishga asoslangan, bunda suyuqlik va gazda joylashgan uchastkalari turli haroratga ega bo’ladi va, demak, turli qarshilikka ega bo’ladi.
Termokonduktometrik o’zgartkichlar, odatda, maxsus himoya qoplamali ingichka simdan tayyorlanadi. Ikkilamchi asbob sifatida termorezistorda kuchlanish tushishini o’lchaydigan asboblar yoki ko’priklardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |