5. 1-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi
Download 164.58 Kb.
|
5.1 Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi. Bozor iqtisodiyotining subyektlari: uy xo’jaliklari, tadbirkorlik sektori, davlat sektori va bank.
5.1-mavzu. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi Reja Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi. Bozor iqtisodiyotining subyektlari: uy xo’jaliklari, tadbirkorlik sektori, davlat sektori va bank. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor tizimining o’z-o’zini tartibga soluvchi mexanizmi. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, ularning umumiy tomonlari va farqlari. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari. Bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy muammolarni hal qilish va resurslardan samarali foydalanish yo’llari. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi. Bozor iqtisodiyotining subyektlari: uy xo’jaliklari, tadbirkorlik sektori, davlat sektori va bank. Oldingi bobda tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonlarining rivojlanishi natijasida pulning vujudga kelganligi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanib, iqtisodiyotning barcha jabhalarini qamrab olganligi, asta-sekin bozor iqtisodiyotining shakllanib kelayotganligi bayon etildi. Ushbu bobda bozor iqtisodiyotining mazmuni, uning asosiy belgilari, subyektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga alohida o’rin ajratilgan. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari, uning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham о ‘rin berilgan. Shuningdek, bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari hamda unsurlarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratilgan. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos boiib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Oldingi bobda ta’kidlanganidek, xususiy mulkchilikning paydo boiishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud boiishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud boiishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim shartlari bo’lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi. Download 164.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling