5-6-Amaliy ish. Tizimda axborot oqimi tahlili. Axborot o’lchovi
Axborot miqdorini aniqlashning turli xil masalalarini hal qilish uchun quyidagilarni yodda tutish lozim:
N=2I
V xabarning umumiy ma'lumot hajmi xabardagi belgilar soni K ning har bir belgi uchun ma'lumot miqdori I ga ko'paytirilganiga teng
V=K*I
Teng ehtimolli hodisalar uchun Shennon formulasi:
I=log2N
Agar alifbo quvvati (alifbodagi barcha simvol belgilar soni) М ga teng bo’lsa, N uzunlikdagi mumkin bo’lgan barcha “so’zlar” (belgilar ketma-ketligi) soni, K=MN ga teng; ikkilik kodlash uchun (alifbo quvvati M-2 belgi) ushbu ma’lum bo’lgan formulani olamiz:
K=2N
Ikkining darajalari N bit yordamida qancha variantni kodlash mumkinligini ko’rsatadi:
N bit
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
K variant
|
2
|
4
|
8
|
16
|
32
|
64
|
128
|
256
|
512
|
1024
|
1 bayt = 8 bit
1 Кbayt = 210 bayt = 1024 bayt
1 Мbayt = 210Kbayt = 1024 КKbayt
Axborot miqdorini hisoblashga doir masalalar
Misol 1.
Har bir belgi (simvol) 2 bayt bilan kodlanishini hisobga olgan holda, Unicode kodirovkasida yozilgan quyidagi xabarning hajmini hisoblang:
Kompyuter – axborotni qayta ishlovchi universal vosita.
Yechish:
Xabardagi belgilar sonini hisoblaymiz (bo’sh joylar ham hisoblanadi) – ular 56 ta;
Demak, 56 ∙ 2 bayt = 112 bayt; bit o’lchoviga o’tkazamiz:
112*8 = 896 bit.
Javob: 896 bit.
Do'stlaringiz bilan baham: |