5. Alken va alkinlarning gidrogenlanishiga oid


Download 13.52 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi13.52 Kb.
#191084
Bog'liq
Alken va alkinlarning gidrogenlanishiga oid. 270420110129


5. Alken va alkinlarning gidrogenlanishiga oid.
1. 20 litr (n.sh.) etin va etendan iborat aralashmaga 80 litr (n.sh.) vodorod qo'shilib platina katalizatori ustidan o'tkazilganda, uning hajmi reaksiya boshlanmasdan oldingi umumiy hajmga nisbatan 25 % ga kamaydi. Boshlang'ich aralashmani to’la yoqish uchun qancha hajm (l, n.sh.) kislorod kerak bo'ladi?

A) 57,5 B) 55 C) 60 D) 69,3

2. 560 ml etilen va atsetilendan iborat aralashmaga 1440 ml vodorod qo'shilib platina katalizatori ustidan o'tkazliganda, uning hajmi reaksiya boshlanmasdan oldingi umumiy hajmga nisbatan 33,6 % ga kamaydi. Boshlang'ich aralashmani to'la yoqish uchun qancha hajm (ml) kislorod kerak bo'ladi?

A) 1328 B) 1624 C) 6720 D) 1344

3. 15 litr (n.sh) etin va etendan iborat aralashmaga 85 litr (n.sh) vodorod qo`shilib pleotina katalizatori ustidan o`tkazilganda. Uning hajmi reaksiya boshlanmasdan oldingi umumiy hajmga nisbatan 25 % ga kamayadi. Boshlang`ich aralashmani to`la yondirish uchun qancha hajm (l, n.sh) kislorod kerak bo`ladi?

A) 39 B) 40 C) 41 D) 49 E) 50

4. 20 litr (n.sh) etin va etendan iborat aralashmaga 80 litr (n.sh) vodorod qo`shilib platina katalizatori ustidan o`tkazilganda, uning hajmi reaksiya boshlanmasdan oldingi umumiy hajmga nisbatan 25 % ga kamaydi. Boshlang`ich aralashmani to`la yondirish uchun qancha hajm (l, n.sh) havo kerak bo`ladi? (γ O2 = 0,2)

A) 57,5 B) 287,5 C) 143,75 D) 287,9

5. 560 ml etilen va atsetilendan iborat aralashmaga 1440 ml vodorod qo`shilib platina katalizatori ustidan o`tkazilganda, uning hajmi reaksiya boshlanmasdan oldingi umumiy hajmga nisbatan 33,6 % ga kamaydi. Boshlang`ich aralashmani to`la yondirish uchun qancha hajm (ml) havo kerak bo`ladi? (γ O2 = 0,2)

A) 8110 B) 8115 C) 8120 D) 1624

6. 15 litr (n.sh) etin va atsetilendan iborat aralashmaga 85 litr (n.sh) vodorod qo`shilib platina katalizatori ustidan o`tkazilganda, uning hajmi reaksiya boshlanmasdan oldingi umumiy hajmga nisbatan 25 % ga kamaydi. Boshlang`ich aralashmani to`la gidrogenlash uchun qo`shilgan vodoroddan qanchasi sarflandi va qanchasi ortib qoldi? A) 25:60 B) 25:65 C) 25:55 D) 25:69

7. 560 ml etilen va asetilendan iborat aralashmaga 1440 ml H2 qo`shib platina katalizatori ustidan o`tkazilganda uning hajmi reaksiya boshlanmasidan oldingi umumiy hajmga nisbatan 33,6 % ga kamaydi. Boshlang`ich aralashmani to`la gidrogenlash uchun kerak bo`ladigan vodorodni qanday massadagi suvni elektroliz qilib olish mumkin? A) 540 mg B) 540 g C) 540 kg D) 54 mg

8. 20 litr (n.sh) etin va etendan iborat aralashmaga 80 litr (n.sh) vodorod qo`shilib platina katalizatori ustidan o`tkazilganda, uning hajmi reaksiya boshlanmasdan oldingi umumiy hajmga nisbatan 25 % ga kamaydi. Boshlang`ich aralashmani to`la gidrogenlash uchun kerak bo`ladigan vodorodni yondirish uchun bo`ladigan kislorod va havoning hajmini (l, n.sh) da aniqlang (γ o2 = 0,2)

A) 12,5; 62,5 B) 62,5; 12,5 C) 12,5; 61,5 D) 11,5; 62,5

9. 20 litr (n.sh) atsetilen va etilendan iborat aralashmaga 80 litr (n.sh) vodorod qo`shilib platina katalizatori ustidan o`tkazilganda, uning hajmi reaksiya boshlanmasdan oldingi umumiy hajmga nisbatan 25 % ga kamaydi. Boshlang`ich aralashmani gidrogenlashdan qolgan vodorodni qanday massadagi rux metalini konsentrlangan xlorid kislota bilan reaksiyasi natjasida olish mumkin?

A) 150,6 g B) 158,6 g C) 159,6 g D) 151,6 g



10. 10 litr (n.sh) atsetilen va etilendan iborat aralashmaga 90 litr (n.sh) vodorod qo`shilib platina katalizatori ustidan o`tkazilganda, uning hajmi reaksiya boshlanmasdan oldingi umumiy hajmga nisbatan 12,5 % ga kamaydi. Boshlang`ich aralashmadagi alkenning hajmi alkinnikiga nisbatan necha marta ortiq?

A) 3 B) 2 C) 4 D) 1
Download 13.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling