5-amaliy ish mavzu: avtomobil yo‘llarini muhandislik jihozlash Ishdan maqsad


Download 248.36 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi248.36 Kb.
#1444217
  1   2
Bog'liq
5-AMALIY ISh (1)


5-AMALIY ISh
MAVZU: AVTOMOBIL YO‘LLARINI MUHANDISLIK JIHOZLASh
Ishdan maqsad: Talabalar berilgan topshiriqqa asosan Avtomobil yo‘lini muxandislik jixozlash sxemasini tuzishadi va xulosa qilib me’yoriy hujjatlarga asosan asoslab berishadi.
Nazariy qism
Avtomobil yo‘llarida yo‘l to‘siqlari transport vositalarini, piyodalarni harakatini tartibga solish va yo‘l - transport hodisalarining oldini olish hamda ularning og‘irlik darajasini pasaytirish uchun o‘rnatiladi. Yo‘l to‘siqlariga qo‘yiladigan talablar ГОСТ 26804-86 “Yo'l to'siqlari, metall to'siq turlari. Texnik shartlar” (Ограждения дорожные, металлические барерного типа. Технические условия) da keltirilgan. Yo‘l sharoitining o‘zgarishiga qarab yo‘l to‘siqlarini qanday vaqtlarda ishlatish shartlari ГОСТ 23457-86 “Yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalari” (Технические средства организации дорожного движения) da keltirilgan.
Yo‘l to‘siqlari YTH vujudga kelish ehtimolini kamaytirish va og‘irlik darajalarini pasaytirish bilan birgalikda, to‘siqlarni o‘ziga kelib urilishi natijasida transport vositalarining ishdan chiqishiga, hatto odamlarning o‘limiga ham sababchi bo‘lishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha yo‘l to‘siqlari o‘rniga xavfsizlikni ta’minlashning boshqa yo‘llarini o‘ylash kerak. Masalan, egrilik radiusini kattalashtirish, ko‘tarma balandligini pasaytirish, yo‘l poyining yon qiyaliklarini yotiq qilish, piyodalar uchun er osti yoki usti yo‘lakchalarini qurish, yo‘l mintaqasidan har xil katta predmetlarni chetlashtirish.
Ishni bajarish bo‘yicha ma’lumotlar
Yo‘l to‘siqlari mustahkam, egiluvchan, sutkaning har qanday vaqtida ko‘rinuvchan, almashtirish oson va iqtisodiy jihatdan arzon bo‘lishi kerak. Yo‘l to‘siqlarini qo‘llash shartlariga qarab 2 guruhga bo‘linadi.

5.1-rasm. 1-guruh yo‘l to‘siqlari


Birinchi guruh yo‘l to‘siqlari I-IV darajali Avtomobil yo‘llarida yo‘l yoqasida quyidagi hollarda o‘rnatiladi: Yo‘l poyi ko‘tarmada qurilganda, uni yon qiyaligi 1:3 va undan tik bo‘lgan hollarda; temir yo‘l izlariga, botqoqliklarga, kanallarga (suvning chuqurligi 2 m va undan ko‘p bo‘lsa), jarlarga va tog‘ daralariga oraliq masofa yo‘lni qatnov qismini chetidan 25 m va undan kam bo‘lmagan hollarda, yo‘l parallel o‘tgan joylarda. har xil sathda kesishgan murakkab chorrahalarda. Rejada yo‘lni yo‘nalishi o‘zgarib ko‘rinish ta’minlanmagan uchastkalarda. Ajratish tasmalarida, ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda, estakadalarda. Birinchi guruh yo‘l to‘siqlari yo‘l yoqasida, yo‘l poyini chetidan 0.5 m masofadan kam bo‘lmagan va 0.85 m ko‘p bo‘lmagan masofada yo‘l to‘sig‘ini bikirligiga qarab joylashtiriladi.




5.2-rasm. 1-guruh yo‘l to‘siqlarini qo‘llash

Xavfsizlik talablariga ko‘proq temir plankalardan yasalgan to‘siqlar to‘g‘ri keladi. Ko‘ndalang kesimi W ko‘rinishida bo‘ladigan plankalar qattiq konsolga mahkamlanadi, konsol esa №12 shvellerga biriktiriladi(5.3-rasm). Ustunlarining orasi 1 m, 2m, 3m va 4m bo‘ladigan, bir tomonli yo‘l to‘siqlari konstruksiyasining (GOST 26804-86 bo‘yicha ) to‘rt xili ishlab chiqilgan. Bu konstruksiyalarning ishlashi quyidagicha bo‘ladi: Avtomobil to‘siqqa urilganda asosiy zarba plankaga tushadi, zarbaning bir qismi o‘tgan ustun esa qiyshayadi. Ustunning qiyalik burchagi taxminan 35° daraja bo‘lganda undagi qattiq konsol ajralib ketadi va shuning uchun plankani tik ushlab uni yerga tushirmaydi, natijada Avtomobilning to‘siqdan oshib ag‘darilib ketishi oldi olinadi. Urilgan vaqtida planka ishlashi uchun «tortilgan ip» qoidasiga muvofiq qilib, 2 m oraliqda o‘rnatilgan ustunlar orasida, to‘siq uchastkasining boshlanish va tugash vositasi ko‘zda tutilgan (har bitta uchastkaning uzunligi 12 m).



5.3-rasm. Bir tomonli metall to‘siq (GOST 26804—86):
a – old ko‘rinishi; б – plan; в – ish uchastkasidagi ustun; г – boshlanish va tugash uchastkalaridagi ustunlar; д – qattiq konsal; e – plankani ustunga biriktirish; L1 – boshlanish uchastkasi; L2 – ish uchastkasi; L3 – oxirgi uchatka; 1 – oxirgi element; 2 – planka; 3 – nurni qaytaradigan element; 4 – diagonal bog‘lash; 5 – ustun; 6 – qattiq konsol; 7 - M10X1.25-8g 30.58 bolt; 8 - MI6X45.58 bolt.



Download 248.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling