5-Amaliy mashg’ulot Domna pechida cho‘yan ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish
Download 37.77 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq5-tajriba
5-Amaliy mashg’ulot Domna pechida cho‘yan ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish. Ishdan maqsad: Ma’ruzada berilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash, cho’yan ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishish. Umumiy ma’lumot: 1. Temir rudalari va ularni boyitish usullari. 2. Metallurgiyada qo’llaniladigan yoqilg’ilar va ularning turlari va ularga bo’lgan talablar. 3. Flyus va o’tga chidamli materiallarning turlari, xossalari va ularni ishlatilish joylari. 4. Domna pechining tuzilishi. 5. Domna pechidan olinadigan mahsulotlar. 6. Domna pechi ishining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini aniqlash. Hozirgi zamon domna pechlari juda katta inshoatlar bo’lib, buyi 70 m (foydali balandligi 35 metrgacha) ga yetadi, hajmi esa 2000...5000 m 3 dan oshadi. Bitta domna pechida sutkasiga q 10000 t dan ko’proq cho’yan ishlab chiqariladi. Domna pechlari, barcha shaxta pechlari kabi, qarshi oqim printsipida ishlaydi, ya’ni yoqilg’i (koks), ruda va flyus domna pechining tepasidan tushiriladi. Ular o’z og’irligi ta’sirida pechning tubiga tomon uzluksiz tushib turadi, pechning tubidan esa yoqilg’ining yonishidan hosil bo’lgan maxsulotlar-yuqori temperaturali gazlar tepaga uzluksiz ko’tarilib turadi. Domna pechi beshta asosiy qismdan, gorn, zaplechik, raspar, shaxta va koloshnikdan iborat. Gorn. Domna pechining bu qismida yoqilgi yonadi, suyuq cho’yan va shlak yig’iladi. Gornning tubi leshchadь deb ataladi, cyyuq cho’yan ana shu leshchadь (1) ga oqib tushadi. Gornda leshchadь sathidan sal balandga cho’yan chiqarish uchun teshik (2), undan yuqoriroqda esa shlak chiqarish uchun teshik qilingan. Hozirgi davrda yer qatlamida 200 dan ortiq turli temir rudasi borligi ma’lum. Asosiy temir rudalariga quyidagilar kiradi: 1. Magnitaviy temirtosh G’e 3 O 4 . 2. Qizil temirtosh G’e 2 O 3 . 3. Qo’ng’ir temirtosh 2G’e 2 O 3 3N 2 O. 4. Temir shpati G’eCO 3 . Ulardan tashqarii tabiatda kompleks rudalar va marganetsli rudalar ham bor. Komplekli rudalarning tarkibida temirdan tashqarii legirlovchi elementlar ham bo’ladi. Marganetsli ruda tarkibidagi marganets miqdori 25-47% bo’ladi. Rudalarni suyuqlantirishga tayyorlashdan oldin quyidagi jarayonlar bajariladi: 1. Maydalash; 2. G’alvirdan o’tkazish; 3. Rudalarni yuvish; 4. Elektromagnitaviy separator usuli; 5. Rudalarni qizdirish; 6. Aglomeratlash; 7. O’rtalash; Domna pechining yangi konstruktsiyalari 8-10 yilgacha kecha-yu kunduz to’xtovsiz ishlaydi. Domna pechining to’xtovsiz ishlash vaqtiga kompaniya davri deb ataladi. Kompaniya davrida domna pechining qanday ishlayotganligi kontrol-o’lchash asboblari yordamida aniqlab turiladi. Domna pechidan suyuq cho’yan nov (1) orqali har 3-4 soatda, suyuq shlak esa nov (2) orqali har 1,5- 2 soatda chiqarib turiladi. CHo’yan chiqarish uchun, o’tga chidamli material bilan urib qo’yilgan teshik (darcha), shlak chiqarish uchun esa teshik ochiladi, buning uchun maxsus asboblardan foydalaniladi. SHlak va cho’yan har gal chiqarilgandan keyin bu teshiklar maxsus asbob yordamida o’tga chidamli material bilan yana berkitib qo’yiladi. Suyuq cho’yan domna pechidan maxsus transport (vagonetka, kovsh va xakozo) larga tushiriladi va shu transportlarda po’lat olish tsexiga yuboriladi yoki kovshlarga solinib, ulardan qoliplarga qo’yiladi. Po’lat olish tsexiga suyuq cho’yan mikser deb ataladigan idishlar orqali to’ldirilib keltiriladi. Gornning yuqoridagi qismida aylana buylab furmalar (3) o’rnatilgan, bu furmalar soni o’n oltita va undan ortiqroq bug’ladi, yoqilg’ining yonishi uchun zarur bo’lgan havo pechga ana shu furmalar orqali haydaladi. qizdirilgai xavo furmalarga halqa truba (10) dan keladi. Gornda temperatura 1800°S dan oshadi. Rudalarni suyuqlantirishga tayyorlashda qaysi boyitish usulidan foydalanish rudaning sifatiga, tarkibiga va uning holatiga ko’ra belgilanadi. Texnikada temir rudalardan tashqarii, metallurgiya jarayonlarida shixta materiallari sifatida tarkibida ko’p miqdorda temir bo’lgan shlakdan, sanoat chiqindilaridan foydalaniladi. Yoqilg’i. Yonish jarayonida yuqori issiqlik energiyasi chiqaradigan organik moddalar yoqilg’i deb ataladi. Metallurgiyada ishlatiladigan yoqilg’i sifatini xarakterlovchi ko’rsatkichlarga asosan quyidagilar kiradi: a) Tarkibida suyuqlantiriladigan metall sifatini yomonlovchi zararli qo’shimchalarning oz- ko’pligi; b) Tabiiy suyuq yoqilg’ilar; c) Tabiiy gaz yoqilg’ilari; d) Sun’iy qattiq yoqilg’ilar (pista ko’mir, koks, antratsit); e) Sun’iy gaz yoqilg’i (generator gazi). Flyus. Metallurgiya jarayonida ruda tarkibidagi qolgan bekorchi jinslar va yoqilg’ilarning yonishidan chiqadigan kuldan qutilish maqsadida domna pechida flyus deb ataluvchi oxaktoshdan (CaCO 3 ), dolomit (CaCO 3 +MnCO 3 ), qum tuproq (SiO 2 ) va boshqa moddalardan ma’lum miqdorda foydalaniladi. Ma’lumki domna pechi devorlari o’tga chidamli materiallardan tayyorlangan g’ishtlardan quyiladi. O’tga chidamli materiallar kimyoviy tarkibiga ko’ra asosan uch gruppaga bo’linadi: 1. kislota xarakterli (dinas g’ishtlari va kvarts qumi); 2. asosli (magnezitli, magnezitxromli); 3. neytral (yuqori tuproqli). Metallurgiya pech devorlarining materialini tanlash uchun, bu pechda ajraluvchi shlak xarakterini bilish lozim. Agarda, asosli pechda kislota xarakterli shlak hosil bo’lsa, yoki, aksincha, kislota xarakterli pechda asosli shlak hosil bo’lsa, u paytda pech devori shlak bilan reaktsiyaga kirishib, tezda yeyiladi va jarayonning borishi buziladi. Domna pechining mahsulotlari xalq xo’jaligida va sanoatda qo’llaniladi. Download 37.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling