5-Amaliy mashg’ulot Domna pechida cho‘yan ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish


Download 37.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.10.2023
Hajmi37.77 Kb.
#1731645
  1   2
Bog'liq
5-tajriba



5-Amaliy mashg’ulot 
 
Domna pechida cho‘yan ishlab chiqarish jarayonlarini o‘rganish. 
Ishdan maqsad: Ma’ruzada berilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash, cho’yan ishlab chiqarish 
texnologiyasi bilan tanishish. 

Umumiy ma’lumot:
1. Temir rudalari va ularni boyitish usullari. 
2. Metallurgiyada qo’llaniladigan yoqilg’ilar va ularning turlari va ularga bo’lgan talablar. 
3. Flyus va o’tga chidamli materiallarning turlari, xossalari va ularni ishlatilish joylari. 
4. Domna pechining tuzilishi. 
5. Domna pechidan olinadigan mahsulotlar. 
6. Domna pechi ishining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini aniqlash. 
Hozirgi zamon domna pechlari juda katta inshoatlar bo’lib, buyi 70 m (foydali 
balandligi 35 metrgacha) ga yetadi, hajmi esa 2000...5000 m
3
dan oshadi. Bitta domna pechida 
sutkasiga q 10000 t dan ko’proq cho’yan ishlab chiqariladi. Domna pechlari, barcha shaxta pechlari 
kabi, qarshi oqim printsipida ishlaydi, ya’ni yoqilg’i (koks), ruda va flyus domna pechining tepasidan 
tushiriladi. Ular o’z og’irligi ta’sirida pechning tubiga tomon uzluksiz tushib turadi, pechning 
tubidan esa yoqilg’ining yonishidan hosil bo’lgan maxsulotlar-yuqori temperaturali gazlar tepaga 
uzluksiz ko’tarilib turadi. Domna pechi beshta asosiy qismdan, gorn, zaplechik, raspar, shaxta 
va koloshnikdan iborat. 
Gorn. Domna pechining bu qismida yoqilgi yonadi, suyuq cho’yan va shlak yig’iladi. Gornning tubi 
leshchadь deb ataladi, cyyuq cho’yan ana shu leshchadь (1) ga oqib tushadi. Gornda leshchadь 
sathidan sal balandga cho’yan chiqarish uchun teshik (2), undan yuqoriroqda esa shlak 
chiqarish uchun teshik qilingan. 
Hozirgi davrda yer qatlamida 200 dan ortiq turli temir rudasi borligi ma’lum. Asosiy temir 
rudalariga quyidagilar kiradi:
1. Magnitaviy temirtosh G’e
3
O
4
.
2. Qizil temirtosh G’e
2
O
3
. 
3. Qo’ng’ir temirtosh 2G’e
2
O
3
3N
2
O. 
4. Temir shpati G’eCO
3
. 
Ulardan tashqarii tabiatda kompleks rudalar va marganetsli rudalar ham bor. Komplekli 
rudalarning tarkibida temirdan tashqarii legirlovchi elementlar ham bo’ladi. Marganetsli ruda 
tarkibidagi marganets miqdori 25-47% bo’ladi. 
Rudalarni suyuqlantirishga tayyorlashdan oldin quyidagi jarayonlar bajariladi:
1. Maydalash; 
2. G’alvirdan o’tkazish; 
3. Rudalarni yuvish
4. Elektromagnitaviy separator usuli; 
5. Rudalarni qizdirish; 
6. Aglomeratlash; 
7. O’rtalash; 
Domna pechining yangi konstruktsiyalari 8-10 yilgacha kecha-yu kunduz to’xtovsiz ishlaydi. 
Domna pechining to’xtovsiz ishlash vaqtiga kompaniya davri deb ataladi. Kompaniya davrida 
domna pechining qanday ishlayotganligi kontrol-o’lchash asboblari yordamida aniqlab turiladi. Domna 
pechidan suyuq cho’yan nov (1) orqali har 3-4 soatda, suyuq shlak esa nov (2) orqali har 1,5-


2 soatda chiqarib turiladi. CHo’yan chiqarish uchun, o’tga chidamli material bilan urib 
qo’yilgan teshik (darcha), shlak chiqarish uchun esa teshik ochiladi, buning uchun maxsus 
asboblardan foydalaniladi. SHlak va cho’yan har gal chiqarilgandan keyin bu teshiklar maxsus 
asbob yordamida o’tga chidamli material bilan yana berkitib qo’yiladi. 
Suyuq cho’yan domna pechidan maxsus transport (vagonetka, kovsh va xakozo) larga tushiriladi 
va shu transportlarda po’lat olish tsexiga yuboriladi yoki kovshlarga solinib, ulardan qoliplarga 
qo’yiladi. Po’lat olish tsexiga suyuq cho’yan mikser deb ataladigan idishlar orqali to’ldirilib 
keltiriladi. 
Gornning yuqoridagi qismida aylana buylab furmalar (3) o’rnatilgan, bu furmalar soni o’n oltita va 
undan ortiqroq bug’ladi, yoqilg’ining yonishi uchun zarur bo’lgan havo pechga ana shu furmalar orqali 
haydaladi. qizdirilgai xavo furmalarga halqa truba (10) dan keladi. Gornda temperatura 1800°S 
dan oshadi. 
Rudalarni suyuqlantirishga tayyorlashda qaysi boyitish usulidan foydalanish rudaning sifatiga, 
tarkibiga va uning holatiga ko’ra belgilanadi.
Texnikada temir rudalardan tashqarii, metallurgiya jarayonlarida shixta materiallari sifatida 
tarkibida ko’p miqdorda temir bo’lgan shlakdan, sanoat chiqindilaridan foydalaniladi. 
Yoqilg’i. Yonish jarayonida yuqori issiqlik energiyasi chiqaradigan organik moddalar yoqilg’i deb 
ataladi. Metallurgiyada ishlatiladigan yoqilg’i sifatini xarakterlovchi ko’rsatkichlarga asosan 
quyidagilar kiradi:
a) Tarkibida suyuqlantiriladigan metall sifatini yomonlovchi zararli qo’shimchalarning oz-
ko’pligi; 
b) Tabiiy suyuq yoqilg’ilar; 
c) Tabiiy gaz yoqilg’ilari; 
d) Sun’iy qattiq yoqilg’ilar (pista ko’mir, koks, antratsit); 
e) Sun’iy gaz yoqilg’i (generator gazi). 
 
Flyus. Metallurgiya jarayonida ruda tarkibidagi qolgan bekorchi jinslar va yoqilg’ilarning 
yonishidan chiqadigan kuldan qutilish maqsadida domna pechida flyus deb ataluvchi oxaktoshdan 
(CaCO
3
), dolomit (CaCO
3
+MnCO
3
), qum tuproq (SiO
2
) va boshqa moddalardan ma’lum 
miqdorda foydalaniladi. 
Ma’lumki domna pechi devorlari o’tga chidamli materiallardan tayyorlangan g’ishtlardan 
quyiladi.
O’tga chidamli materiallar kimyoviy tarkibiga ko’ra asosan uch gruppaga bo’linadi:
1. kislota xarakterli (dinas g’ishtlari va kvarts qumi); 
2. asosli (magnezitli, magnezitxromli); 
3. neytral (yuqori tuproqli). 
Metallurgiya pech devorlarining materialini tanlash uchun, bu pechda ajraluvchi shlak 
xarakterini bilish lozim. Agarda, asosli pechda kislota xarakterli shlak hosil bo’lsa, yoki, aksincha, 
kislota xarakterli pechda asosli shlak hosil bo’lsa, u paytda pech devori shlak bilan reaktsiyaga 
kirishib, tezda yeyiladi va jarayonning borishi buziladi.
Domna pechining mahsulotlari xalq xo’jaligida va sanoatda qo’llaniladi. 





Download 37.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling