5-Amaliy mashg’ulot. Homilador, tug‘ruq va emizikli ayollar uchun moijallangan ratsional oziq-ovqat mahsulot turlarini o‘rganish
Odam va sigir sutida uchraydigan to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalarining
Download 30.93 Kb.
|
5-amaliy (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘yingan yog‘ kislotalari
- To‘yinmagan yog‘ kislotalari
Odam va sigir sutida uchraydigan to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalarining
foiz hisobidagi miqdori.
Ona suti tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalarining serob bo‘lishi bola organizmi uchun muhimdir, chunki bu hol bir tomondan moddalar almashinuvini yaxshilasa, ikkinchi tomondan immunologik xususiyatini kuchaytiradi. Sut tarkibidagi yog‘larning turi va miqdori tez o‘zgaruvchan bo‘lib, bu ko‘rsatgich iste'mol qilinadigan ovqatga bog‘liq bo‘ladi. Uglevodlar sutda asosan sut shakari-laktoza ko‘rinishida uchraydi. Laktoza yoki sut shakari odam sutida sigir sutiga nisbatan bir muncha ko‘p bo‘lib, uning energetik manbaligi o‘suvchi organizm uchun muhim. U ingichka ichakda laktaza fermentining ta'sirida parchalanib, nerv tolalari uchun zarur mielin po‘stining yuzaga kelishida hamda biriktiruvchi to‘kimalarda glikoproteinlarning hosil bo‘lishi uchun kerak bulgan glyukoza va galaktozaga aylanadi. Laktaza fermentining faolligi organizmning sut bilan oziklanishi davrida yukori darajada bulib, mustakil ovkatlanishga utgandan sung va ayniksa katta odamlarda ancha pasayadi. Ba'zi xollarda bu faollik umuman yukolib, laktaza yetishmovchiligi yuzaga keladi. Bunda iste'mol kilingan sut tarkibidagi laktoza xazm bulmaydi. Bu kasallik laktoza intolerantligi deb ataladi va kupincha issik iklimli mamlakatlarda yashovchi dexkonlar orasida uchraydi. Laktozaning yana bir xususiyati shundan iboratki, u sutda ma'lum osmotik bosimni yuzaga keltiradi. Shu narsa diqqatga sazovorki, sut tarkibidagi laktoza bilan undagi tuzlar konsentratsiyasi bir-biriga teskari proporsional miqdorda (ma'lum vaqtgacha) bo‘lar ekan. Masalan, sut berish davrining oxirlariga kelib, sutda laktoza kamaygani sari tuzlar konsentratsiyasi oshadi. Sut tarkibidagi mineral moddalar haqida gapirganda, shuni e'tiborga olish kerakki, ularning jamiki miqdori sigir sutida anchagina ko‘p. Shuning uchun ham sigir sutidan tayyorlangan sut o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni bolalarga berishda bu holga e'tibor berish kerak. Chunki bunday mineral moddalarga boy mahsulotalar bolalarda qon bosimini oshirib yuborishi mumkin. Bu fikr tajriba yo‘li bilan hayvonlarda isbotlangan. Odam sutida fosforning miqdori sigirnikiga qaraganda 6 marta kam bo‘ladi. Bu holat ona suti bilan yetarli darajada oziqlanadigan bolalarda kalsiy va fosforning ma'lum nisbati yuzaga kelib suyaklarning shakllanishiga ijobiy ta'sir qiladi. Agar bola ona suti o‘rniga sigir sutidan yoki undan tayyorlangan mahsulotlardan ko‘proq iste'mol qilsa, ba'zan tetaniya (qaltirash) kasalligiga mubtalo bo‘ladi (kalsiy fosfor nisbatining buzilishi oqibatida). Sut tarkibida oz miqdorda bo‘lsa-da: vitamin A (0,05 mg%), vitamin B1 (0,05 mg%), vitamin B2 (0,!9 mg%), vitamin C (2 mg%), vitamin D (0,02 mkg %), vitamin E (90 mkg %), vitamin B 12 (0,2-0,5 mkg %), vitamin H (5-7 mkg %) kabi ko‘pgina vitaminlar mavjud. Sutning eng muhim xususiyati energiya beruvchi yoki tarkibidagi aminokislotalar, yog‘, makro-mikroelementlar va vitaminlari bilan hujayra va to‘qimalarning o‘sishi, yangilanishi uchun kerak bo‘ladigan tengi yo‘q taomgina bulmay, balki o‘zida barcha ichki sekretsiya bezlari tomonidan qonga ishlab chiqariladigan gormonlar, hamda bir qator biologik faol moddalarga ega bo‘lgan murakkab suyuqlik ekanligidir. Endi tug‘ilgan organizmning har tomonlama yetuk bo‘lib rivojlanishi uchun u emadigan sutda oziq moddalardan tashqari gormonlar va bir qator biologik faol moddalar bo‘lib ular o‘lg‘aymagan organizmda mustaqil ishlab chiqarilmaydi yoki nihoyatda kam miqdorda bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda qayd qilinishicha sut tarkibida 30 ga yaqin gormon va gormonga o‘xshash biologik faol moddalar borligi aniqlangan. Bu moddalarning sutdagi miqdori va nisbati laktatsiya davri, iste'mol qilinadigan ovqat tarkibi hamda biologik turga qarab o‘zgarib turadi. Sutdagi gormonlarning ko‘pchiligi endi tug‘ilgan organizmning oshqozon-ichak tizimidan qonga o‘zgarishsiz so‘rilib ketishini muhim biologik ahamiyati bor. Sababi bola organizmi, qachonki, o‘zining shaxsiy gormonlariga ega bo‘lmaganida ona tanasidan o‘tgan gormonlar hisobidangina barcha fiziologik va biokimiyoviy jarayonlarni me'yorida olib boradi. Chaqaloqning oshqozon-ichak tizimida gormonlarning qonga bu ahvolda so‘rilishi uchun ma'lum sharoit bor, ya'ni ularda hali oqsilli va peptidli gormonlarni parchalab yuboradigan proteolitik fermentlar faolligi yetarli bo‘lmaydi. Buning ustiga sut tarkibida proteolitik fermentlarning ingibitorlari (ferment faolligini pasaytiradigan maxsus modda) ham bo‘lib, ular gormonlarning parchalanishini yuzaga keltiradigan ferment ta'sirini yo‘qotadi. Bu holat go‘sht bilan sut aralashtirib iste'mol qilinganida hazm bo‘lishning qiyinlashtirilishiga sabab bo‘ladigan vaziyatni tushuntirishga yordam qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, odatda go‘sht va sut birgalikda iste'mol qilinmaydi. Download 30.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling