№5 amaliy mashg‘ulot mavzu: Uch fazali transformatorlarni hisoblash. Mashg‘ulot maqsadi
Download 105,08 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy
№5 - AMALIY MASHG‘ULOT MAVZU: Uch fazali transformatorlarni hisoblash. Mashg‘ulot maqsadi. Uch fazali transformatorlarni liniya kuchlanishi, FIK va aktiv quvvatlarini hisoblab topish Parallel ulangan transformatorlar orasida yuklama quyidagicha taqsimlanadi: bunda u qtI va u qtII — birinchi va ikkinchi transformatorlar qisqa tutashishdagi nisbiy kuchlanishlari. Masalalar 1.Uch fazali transformator quyidagi nominal parametrlarga ega S nom = 25 kV • A, U lnom = 660 V, U 2nom = 220/380 V;U 2s.ish = 230/400 V,salt ishlashdagi quwat isrofi Ps.ish= 180 Vt, qisqa tutashishdagi isrof P q.t. = 260 Vt, qisqa tutashishdagi nisbiy kuchlanish U q.t. = 4%U 1nom . Chulg'amlar yulduz va uchburchak usulda ulanganda faza va liniya transformatsiya koeffitsientlarini toping. Yuklanish koeffitsienti β=0,8 va aktiv yuklama bo'lganda ikkilamchi kuchlanishning maksimal o'zgarishini aniqlang. Yechish. Uch fazali sanoat transformatorlarining yuqori kuchlanish chulg'amlari yulduz usulda ulanadi, ya’ni transformator kirishida faza kuchlanishi Ulf = U lnom /√3 = 380 V. Binobarin faza kuchlanishlarining transformatsiya koeffitsienti k = U 1f /U 2f = 1,73. Transformatoming ikkilamchi chulg'amlari yulduz usulda ulanganda chiqishidagi liniya kuchlanishi U2= 400 V va liniya kuchlanishlarining transformatsiya koeffitsienti к = U 1lin /U 2lin = 1,73. Ikkilamchi chulg‘amlar uchburchak usulda ulanganda liniya kuchlanishi faza kuchlanishiga teng, shuning uchun k=U 1 /U 2 ikkilamchi kuchlanishni aktiv yuklamada maksimal o‘zgarishi (7.10) formula bo'yicha ∆u = βU q.t 0,8 • U 2nom = 3,2%U 2nom • Yulduz usulda ∆ = 12,75 V, uchburchak usulda esa ∆u = 7,34 V . Transformatorning FIK ni yuqoridagi formula yordamida aniqlaymiz. η = 97,9%. 2.Liniya kuchlanishi 6000 V li uch fazali tarmoqqa faza koeffitsienti k f =26 ga teng bo‘lgan uch fazali transfonnatoming chulg‘amlari qanday usulda ulanganda ikkilamchi liniya kuchlanishi 230 V bo‘ladi? 3.Nominal quwati 160 kV∙A li uch fazali transfonnatoming po'lat va misdagi quwat isroflari P s.ish = 510 Vt va P q t = 2650 Vt va har bir fazaning quwat koeffitsienti cosφ = 0,8 bo'lsa, uning maksimal FIK va yuklamaning aktiv quwati aniqlansin. 4.Faza chulg‘amlari w 1 = 1200 va w 2 = 80 bo‘lgan uch fazali trans formator liniya kuchlanishi 6 kV bo‘lgan uch fazali tarmoqqa Y/Y -12 va Y/∆ — 11 bo'yicha ulangan. Ikkilamchi liniya kuchlanishlarini aniqlang. Download 105,08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling