5-amaliy mashg`ulot. Mitoz va meyoz fazalarini doimiy prеparatlarda o`rganish Mavzuning masqadi


Download 0.78 Mb.
bet1/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#221698
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
d8uXD6PAbSo9aSqxg5MFbskRooKt2IXR (2)


5-AMALIY MASHG`ULOT.

Mitoz va meyoz fazalarini doimiy prеparatlarda o`rganish
Mavzuning masqadi. YAdro va hujayraning bo`linishini o`rganish.

Kеrakli jihozlar: mikroskop, lanset, pinset, pipetka, filtr qog`oz,

buyum va qoplag`ich oynalar, suv, gliserin, sudan III eritmasi, osmiy kislotasi,

piyoz ildizi va doimiy preparatlar.

Ish tartibi: Piyoz ildizining o`sish konusidan uzunasiga kesib olingan kesmada meristema to`qimasini ko`rish mumkin. Bu to`qima yadrosida kariokinetik bo`linish hodisasining hamma fazasi ro`y beradi. Mikroskopning kichik qilib ko`rsatadigan ob`ektivi orqali qaralganda ildizning uchi konussimon ildiz g`ilofi bilan qoplanganligini ko`ramiz. G`ilof ostida meristema to`qimaning parenxima hujayralari bir qator bo`lib zich joylashgan. Bu hujayralar yadrosi yirik va sitoplazmasi ancha quyuq bo`ladi, ularning ba`zilari tinch holatda, ba`zilari esa

bo`linishning har xil fazalarini kechirayotgan bo`ladi. Mikroskopning katta qilib

ko`rsatadigan ob`ektivi orqali bo`linayotgan hujayralardan 4 (profaza, metofaza, anafaza va telofaza)larni ko`rish mukin. YUqorida auitilgan fazalarni rasm daftarga

chizib olinadi.

1. Amitoz bo`linish

2. Mitoz bo`linish

Hujayra oddiy usulda, ya`ni bo`linib ko`payadi. Bunda bitta ona hujayradan 2 ta qiz hujayra hosil bo`ladi.

Hujayralar uch xil: to`g`ri, ya`ni amitoz, noto`g`ri, ya`ni mitoz va reduksion, ya`ni meuoz uo`l bilan ko`payadi.

Amitoz bo`linish ayrim tuban o`simliklarda (bakteriyalar va zamburug`lar) sodir bo`ladi. Uning mohiyati shundan iboratki, dastlab hujayraning yumaloq yadrosi cho`zilib, uzunchoq shaklga kiradi. Kеyin belidan ingichkalashib ikkiga bo`linadi. So`ngra sitoplazma ham xuddi shunday bo`linadi.

Mitoz (kariokinez) vegetativ hujayralarga va ko`pgina tuban o`simliklarga xosdir. U to`rt faza: profaza, metafaza, anafaza va telofazaga bo`linadi.






Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling