5-amaliy mashg`ulot o’lchamlarni qo’shimcha sozlash orqali avtomatik tekshirish


-rasm.Aktiv tekshirish qurilmalari


Download 318.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana16.03.2023
Hajmi318.78 Kb.
#1278930
1   2   3
Bog'liq
5-amaliy mashg\'ulot ABA

3-rasm.Aktiv tekshirish qurilmalari: 
a — himoya-blokirovkalash qurilmasi; b — ishlov berish jarayonida tekshirish 
qurilmasi; v — ishlov berilib bo’lgandan so’ng tekshirish qurilmasi; g — o’zi 
sozlanadigan qurilma. 
Detallarga ishlov berilib bo’lgandan so’ng ularning o’lchamlarini avtomatik 
tekshiruvchi qurilmalar (3-rasm, v) ishlov berilgan har bir detalning o’lchamlarini 
o’zgartkich 1 vositasida tekshiradi hamda tekshirish natijalari asosida stanokning 
qo’shimcha sozlash mexanizmlariga ta’sir yetadi yoxud yaroqsiz detal 3 (brak « + 
») yoki 4 (brak «—») paydo bo’lganda stanokni to’xtatadi. Yaroqli detallar 2, 
masalan, yig’ish joyiga keladi. 
Yuqorida aytib o’tilganidek, bunday qurilmalar qo’shimcha sozlovchi 
qurilmalar (sozlagichlar) deb yuritiladi. 
Qo’shimcha sozlagichlar ishlov berilgan detallarnigina emas, balki asbob 
kesuvchi hirrasining, jilvirtosh kesuvchi sirtining holatini ham tekshirishi mumkin. 
Qo’shimcha sozlagichlar jilvirlash stanoklaridan tashqari, tokarlik, tish kesish va 
boshqa stanoklarda ham keng ishlatiladi. 
Ishlov berish jarayonida ho’shimcha sozlash bilan birga tekshirish ishlarini 
ham bajaradigan avtomatik yordamchi sozlagichlar (8.17-rasm, g) ahamiyatga 
molikdir. O’zgartkich 1 ishlov berish jarayonida detallar 2 o’lchamlarini avtomatik 
ravishda tekshiradi, o’zgartkich 3 esa ishlov berilgan detal 4 ning o’lchamlarini 


haytadan tekshiradi va shu tarzda birinchi o’zgartkichning ishini tekshiradi va 
zarur bo’lsa, uni qo’shimcha sozlaydi. 
Avtomat liniyalarda passiv va aktiv tekshirish qurilmalari ishlatiladi. Hozirgi 
paytda buyumlarni berilgan dastur bo’yicha tekshirish tobora keng qo’llanilmoqda. 
Ichi bo’sh silindr, yarimsfera, konus tipidagi detallarni, sirti egri chiziqli detallarni, 
shuningdek teshiklar, chiqiqlar va o’yiqlar oralig’ini tekshirish uchun koordinat 
o’lchash 
mashinalaridan 
foydalaniladi. 
Bu 
mashinalarda 
har bir 
koordinata fotoelektrik qurilmalar yordamida o’lchanadi va o’lchash golovkalari 
berilgan dastur bo’yicha avtomatik ravishda. suriladi. 

Download 318.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling