5-amaliy mashg’ulot. O’t o’chirish vositalari


Download 1.94 Mb.
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi1.94 Mb.
#1058473
  1   2   3
Bog'liq
9-Amaliy mashg\'ulot

9-amaliy mashg’ulot. O‘t o‘chiruvchi vositalarni o‘rganish.

Yong’inni o’chirish usullari va moddalari. Ishning maqsadi. Birlamchi o’t o’chirish vositalarining tuzilishi va ishlashini o’rganish.

  • Yong’inni o’chirish yonish jarayonini pasaytirish va to’xtatishdan iboratdir. Amalda bu ish hozirgi vaqtda quyidagi usullar bilan olib boriladi:
  • 1. Yonish o’chog’iga oksidlovchi kirib borishini (konsentratsiyasini)pasaytirish yoki umuman to’sish;
  • 2. Yonish o’chog’ining temperaturasini o’z-o’zidan alangalanish temperaturasidan yoki yonuvchi modda temperaturasini alangalanish temperaturasidan past darajaga tushirish;
  • 3. Yonish o’chog’iga yonuvchi modda kirib borishini kamaytirish yoki umuman bartaraf etish;
  • 4. Yonuvchi moddalarni yonmaydigan moddalar bilan aralashtirish;
  • 5. Yonish jarayonidagi kimiyoviy reaksiyalar tezligini jadal susaytirish;
  • 6. Alangani mexanik ta’sir (kuchli suv yoki gaz oqimi) bilan yo’qotish .
  • Yong’inni o’chirishda juda keng miqyosda suv, suv bug’i, kimyoviy va mexanik ko’pik, galoid uglevodorodlarning suvli emulsiyalari, karbonat angidirid,inert gazlar, siqilgan havo va har xil poroshoklar qo’llaniladi.

Yong'in - bu nazorat qilib bo'lmaydigan hodisa bo'lib, bebaho moddiy va madaniy boyliklarni bir daqiqada yo'q qiluvchi, atrof muhitni izdan chiqaruvchi ofat, ayniqsa u fuqarolarning joniga kulfat keltiruvchi favquloddagi vaziyatdir.
Yong'inning kelib chiqishi uch omilning bir vaqtda, bir joyda duch kelishining oqibatidir, ya'ni:
- yonuvchan modda (neft, qog'oz, yog'och va boshqalar);
- havo harorati (issiqlik);
- uchqun-alanga (gugurt, uchqun, elektr simining qisqa tutashuvi).
Predmetlar yonishining quyidagi turlari mavjud: alangalanish, yonish, o‘z-o‘zidan alangalanish va o‘z-o‘zidan yonish.
1. Ot olish - bu suyuq yoki qattiq materiallaming bug‘ fazasidagi yonishidir. O‘t olish tez yonuvchan (45°C gacha) va yonuvchan suyuqliklarga (45°C dan yuqori) bo‘linadi. Tez yonuvchilarga: atseton skipidar, spirt, benzin, kerosin, serouglerod va solyar moyi, sekin yonuvchilarga esa - mineral surkov moylari, tormoz suyuqliklari kiradi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling