5-amaliyot Mavzu: Telekommunikatsiyalarda apparat va dasturiy ta’minotni loyihalash Tarmoq qurilmalari uchun dasturiy ta’minot yaratish. Ishdan maqsad : Javaservlet asosida veb ilovalarni yaratishni o’rganish


Download 0.81 Mb.
Sana16.03.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1273210
Bog'liq
TDS 5-amaliyot


5-amaliyot
Mavzu: Telekommunikatsiyalarda apparat va dasturiy ta’minotni loyihalash Tarmoq qurilmalari uchun dasturiy ta’minot yaratish.
Ishdan maqsad :Javaservlet asosida veb ilovalarni yaratishni o’rganish.

Nazariy qism:


Web - bu formatlangan hujjatlarni qo’llab-quvvatlaydigan Internet-serverlar tizimi hisoblanadi. Hujjatlar HTML (HyperText Markup Language) tili yordamida formatlanadi va grafikalar, audio va video fayllar va havolalarni qo’llab- quvvatlaydi.
Servlet - bu klient so’rovlarini bajaradigan va servlet interfeysini amalga oshiradigan server tomonidagi Java dasturiy moduli. Ular har qanday so’rovga javob berishi mumkin va odatda veb-serverlarda joylashgan ilovalarni kengaytirish uchun ishlatiladi.

13.1-rasm. Klient serverda ma‘lumot almashish
Servlet, birinchi navbatda, oddiy Java interfeysi bo'lib, uni amalga oshirish serverning funksionalligini kengaytiradi.
Servlet so'rov-javob tamoyili orqali mijozlar bilan o'zaro aloqada bo'ladi. Servletlar har qanday so'rovga xizmat qilishi mumkin bo'lsa-da, ular odatda veb- serverlarni kengaytirish uchun ishlatiladi. Bunday ilovalar uchun Java Servlet texnologiyasi HTTP-ga xos servlet sinflarini belgilaydi.
HttpServlet mijoz-server aloqasi turi bo'yicha, ya'ni HTTP protokolidan foydalangan holda servlet yozish uchun mo'ljallangan.
HTTP (HyperText Transfer Protocol - gipermatnni uzatish protokoli) - bu amaliy qatlam ma‘lumotlarini uzatish protokoli hisoblanadi.
Ma’lumki, HTTP protokolida ma'lumotlarni uzatishning 7 ta metodi mavjud:

  • DELETE

  • HEAD

  • GET

  • OPTIONS

  • POST

  • PUT

  • TRACE

Ammo ulardan faqat ikkitasi juda mashhur, ya'ni GET va POST. GET usulini chaqirish oson, brauzerda havolani kiriting va unga amal qiling, lekin POST-ni bajarish unchalik oson emas, eng oddiy usullardan biri buning uchun amalni belgilash uchun forma tegidan foydalanishdir.
Vaqtincha va doimiy servlet
Servletlarni har bir mijoz so’rovi uchun boshlash va to’xtatish mumkin. Bundan tashqari, ular veb-serverning boshida ishga tushishi va to’xtab turmasidan oldin mavjud bo’lishi mumkin. Vaqtinchalik servletlar talabga binoan yuklanadi va kamdan-kam ishlatiladigan funktsiyalar uchun server resurslarini tejash uchun yaxshi usul. Turg’un serverlar veb-serverning boshida o’rnatiladi va to’xtab qolguncha mavjud bo’ladi.
Quyida veb ilovalarni yaratish dasturini kodi keltirib o’tilgan.
Ushbu ishda kvadrat yuzini hisoblash tarmoq dasturini yaratish keltirib o’tilgan. Buning uchun NetBeans IDE muhitini ishga tushuring va «Файл‖ menyusidan «Создать проект‖ ni tanlang. Paydo bo’lgan oynaning «Категории‖ qismidan «Java Web‖ni va «Проекты‖ bo’limidan «Веб-приложение‖ni tanlab
«Далее‖ tugmasini bosing. Hosil bo’lgan oynadagi «Имя проекта‖ maydoniga
«Webdastur‖ni kiritib «Далее‖ tugmasini bosaming. Keying oynadan veb serverni tanlang va «Готово‖ tugmasini bosing.
Keying qadamda esa «Веб-страницы‖ bo’limi ustiga sichqonchaning o’ng tugmasini bosing va paydo bo’lgan kontekst menyudan «Новый‖ → «HTML...‖ni tanlang.
New HTML oynasida «Имя файла HTML‖ maydoniga nomni yani
«Kvadrat‖ni kiriting va «Готово‖ tugmasini bosing. So’ngra yaratilgan Aylana.html fayliga HTML kodni kiriting.




13.2-rasm. Kvadrat dastur kodi


Keying qadamda Endi Servletni yaratib olinadi. Buning uchun «Пакеты исходных кодов‖ menyusiga sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi va paydo bo’lgan kontekst menyudan «Новый‖ → «Сервлет‖ tanlanadi. So’ngra «New Сервлет‖ oynasining «Имя класса‖ maydoniga «Kvadratservlet‖ni kiritib

»Готово‖ tugmasi bosing. Hosil bo’lgan oynaga dastur kodini kiriting.
13.3-rasm. Kvadratservlet dastur kodi

Dastur kodi kiritib bo‘lingandan so’ng natijani ko‘rish mumkin
13.4-rasm. Dastur natijasi
Topshiriq: Quyidagi variant asosida dasturiy ta‘minotini yarating

    1. Uchburchak yuzini topish

    2. Trapetsiya yuzini topish

    3. Doira yuzini topish

    4. To’g‘ri to’rtburchak yuzini topish

    5. Uchburchak peremetrini toppish

    6. Kvadrat yuzini topish

    7. Konus yuzini topish

    8. Silindr yuzini toppish

Savollar

  1. Servletni tushuntiring.

  2. Servletni qanday yaratib olinadi?

  3. Servletning qanday turlari bor?

  4. Verb serverning vazifasi qanday?

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling