5-amalyot. Neft va neft mahsulitlari neft


yilda respublika bo‘yicha jami 275ta neft va gaz konlari ochilgan bo‘lib, ularning umumiy zaxirasi 2,4 mlrd. tonna shartli yonilg‘ini tashkil qiladi


Download 99.79 Kb.
bet4/4
Sana14.05.2023
Hajmi99.79 Kb.
#1460616
1   2   3   4
Bog'liq
5-amalyot (2)

2019 yilda respublika bo‘yicha jami 275ta neft va gaz konlari ochilgan bo‘lib, ularning umumiy zaxirasi 2,4 mlrd. tonna shartli yonilg‘ini tashkil qiladi.


"O‘zbekneftgaz" matbuot xizmatiga ko‘ra, respublikada uglevorod xomashyo bazasi barqarorligini ta'minlash, qazib olinayotgan neft va gaz mahsulotlari o‘rnini to‘ldirish maqsadida, Ustyurt, Buxoro-Xiva, Hisor, Surxondaryo va Farg‘ona neft-gazli hududlarida geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Prezidentning 2017 yil 3 noyabrdagi PQ-3372 qarori doirasida amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlar natijasida, 2017-2018 yillar hamda joriy yilning 9 oyi mobaynida 16 ta neft va gaz konlari ochildi va yer osti uglevodorod zaxiralari 171 mln. tonna shartli yonilg‘i hajmida o‘stirildi.
Ma'lumot uchun: 16 ta kondan, 4 tasi Ustyurt mintaqasida (Beshqala, Quyi Surgil, Kushkair, Oraliq), 2 tasi Farg‘ona mintaqasida (Uchtepa, Chakar), 10tasi Buxoro-Xiva mintaqasida (Topichaksoy, Marvarid, Shortak, Chordarbaza, To‘maris, Andakli, Janubiy Kulbeshkak, Yormoq, Do‘ltatepa, Shorkum).
2019 yil yakuni bilan yer osti uglevodorod zaxiralarini 53 mln. tonna shartli yonilg‘i hajmida o‘stirilgan, bu borada bugungi kunda geologiya qidiruv ishlari Ustyurt mintaqasining markaziy qismida (Alpomish, Ultan, Arslon va b.q), Buxoro-Xiva mintaqasining g‘arbiy qismida (To‘maris, Andakli, Janubiy Kulbeshkak, Sharqiy Xatar va b.sh), Farg‘ona mintaqasining janubiy qismida (Uchtepa, Chakar, Quyi Qashqarqir va b.sh) jadal ravishda olib borilmoqda.
Ma'lumotda aytilishicha, 9 oy mobaynida 5ta yangi kon ochildi (Kushkair, Oraliq, Chakar, Do‘ltatepa, Shortak) va yer osti uglevodorod zaxiralari 31 mln. tonna shartli yonilg‘i hajmida o‘stirildi.
Download 99.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling