5-dars. Bolalar uchun kerakli ko’nikmalar


Download 25.87 Kb.
Sana21.10.2023
Hajmi25.87 Kb.
#1714972
Bog'liq
5-dars.bolalar


5-dars.Bolalar uchun kerakli ko’nikmalar
O'zbekistonda bolalar ta’limini rivojlantirish xususida bir qator ishlar olib borilmoqda. Xususan chet tillarini erta yoshdan o’rgatishni yo’lga qo’yish zamon talabiga aylanib bormoqda. Bu yoshdagi bolalardan asosan talaffuz ko’nikmalari talab etiladi. Chunki bu yoshdagi bolalar bilan faqat og’zaki tarzda dars mashg’ulotlari olib boriladi. Talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish.Talaffuz materialining taqdimoti. Talaffuzni o‘rgatish chog‘ida ko‘p narsa o‘quvchilarni talaffuz birligi bilan „tanishtirish“ tushunchasining metodik izohini bilishga bog‘liq. Tanishtirish deganda, fonetik birlikni muallimning aytishi va o‘quvchilaming eshitishi tushuniladi. Talaffuz birligini yolg‘iz, so‘zda yoki gapda taqdim etish usullari muammosini xolisona hal qilish talaffuz ko‘nikmasini shakllantirishda muhimdir. Ushbu usullarning o‘ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor.
O‘zbek maktablarida chet tildagi talaffuzni o‘rgatishda muallim umumiydan xususiyga qarab faoliyat yuritishi, O‘quvchi esa xususiydan umumiyga o'tishi tajribada isbotlangan optimal metodik yo‘ldir. Ingliz tili materiali asosida o‘tkazilgan eksperimental tadqiqot ko‘rsatishicha, tovushlarni talaffuz qilish jarayonida o‘quvchilar quyidagi tartibda ish tutishlari ma’qul: 1. Tovushlarni yolg‘iz aytish: ,,o‘xshamaydigan“ undoshlar [0, S, r, w, f, v] ,,o‘xshamaydigan“ unlilar [0, u, ou, ai, еэ, иэ] ,,yaqin“ unlilar [ae, о:, а:, и:, Л, э:, э] 2. So‘zda aytish:
so‘z oxiridagi jarangli undoshlar [b, d, g, z, v, 6, d3, 3]; ,,o‘xshash“ unlilar [i:; i; e; ei; ai, au, oi]; oppozitsion qiyinchilik tug‘diradigan tovushlar (unlilar va undoshlar);Jumlada aytish: ,,o‘xshash“ undoshlar [m, 3, g, J, b, s,
/., n, d, p, t, k] (bundan so‘z oxirida uchraydigan jarangli undoshlar istisno); ,,o‘xshash“ undoshlar [b, d, g, z] (so‘z oxiridagi [d3] dan tashqari).
Keltirilgan tartib faqat tovushning dastlabki taqdim etilishiga taalluqlidir. Keyingi bosqichlarda ya’ni ko‘nikma va malaka hosil qilish jarayonida tovushning qo‘llanilishi nutq amaliyoti bilan chambarchas bog‘lanadi.
Xullas, taqdim etish usullari uchta: yolg‘iz, so‘zda va jumlada aytish va eshitish. Talaffuzni o‘rgatish usullari tovushning oson/qiyinlik darajasi bilan bog‘liq. Chunonchi, o‘quvchi ona tilisi (yoki til tajribasi) nuqtayi nazaridan ,,o‘xshash“,
,,yaqin“, ,,o‘xshamaydigan“ birliklami farqlash mumkin.Yolg‘iz aytiladigan unli va undoshlar o‘ta qiyin, so‘zda aytiladigan unli, undosh fonetik hodisalar o‘rtacha qiyinlikda bo‘lib, jumlada aytiladigan unli va undoshlar oson fonetik
birliklami tashkil etadi. Qiyin hisoblanadigan yangi tovush talaffuzining o‘rgatilishi quyidagi ta’limiy bosqichlardan o‘tadi.
1. Muallim ijrosida nutq namunasining aytilishi va O‘quvchilar tomonidan eshitish bosqichi. O‘quvchilar diqqati jumla mazmunini va undagi yangi so‘zning ma’nosini tushunib olishga qaratiladi. Yangi tovushni muallim, awalo, jumlada,
so‘ngra so‘zda aytadi, o‘quvchilar tinglab idrok etishadi.
2. Fonetik birlikning sintetik (yaxlit) tarzda idrok etishdan analitik (qismlarga bo‘lib) tinglashga o‘tiladi. Muallim so‘zdagi yangi tovushni ajratib aytadi hamda uning artikulatsiyasini lo‘nda qilib tushuntirib beradi, ya’ni qisqa qoida-ko‘rsatmani bayon etadi. (Talaffuzga doir qoida haqida quyida ma’lumot beriladi.) Muallim ko‘rsatmasiga binoan o‘quvchilar nutq organlarini mazkur tovushni aytishga tayyorlaydilar. Muallimning talaffuzi va tushuntirishlari bungako‘maklashadi. Ikkinchi bosqich — tovushni ovoz chiqarib aytishga tayyorgarlik — uni ichki nutqda aytishni ta’minlaydi.
3. Eshitib idrok etish va ichda aytishdan ovoz chiqarib talaffuz qilishga o‘tish bosqichi. Yangi tovush namunasini muallim aytib ko'rsatadi, o‘quvchilar birgalikda va yakka-yakka bo‘lib takrorlaydilar. Shunday qilib, tahlil va taqlid yo‘li bilan yangi tovushning yolg‘iz holdagi talaffuzi o‘rganiladi.
4. Yangi tovushni boshqalari bilan biriktirib aytish bosqichi. Tovush o'rganilgan tovushlar bilan birikmalarda aytiladi. Imkon boricha unli va undosh birikmalari mashq qilinadi.
5. Yangi tovush so‘zda aytiladi. Muallimdan ibrat olib,
O‘quvchilar xor va yakka-yakka bo‘lib talaffuz etadilar. Mabodo so‘zda ikkita yangi tovush bo‘lsa, ulardan bin awal puxta o‘zlashtiriladi, so‘ngra ikkinchisi aytiladi (qiyinchiliklami tarqatib berish mezoniga amal qilinadi). Oxirida so‘z talaffuz qilinadi. Bu bosqich tovushning ma’no anglatish xususiyati (fonema)ni o‘rgatishga bag'ishlanadi.
6. Endi yangi tovush jumla tarkibida talaffuz etiladi. Muallim boshlaydi, o‘quvchilar taqlidan qaytaradilar. So‘zning tovush va ma’no ifodasi bevosita jumlada shakllanadi. Bu bosqichda jumlalarni aytish — axborot almashish darajasida mashq qilish demakdir.
7. Yangi o‘zlashtirilgan tovushni mustahkamlash bosqichi. Turli talaffuz sharoitida, ya’ni kichik va katta kontekstda, shuningdek, yolg‘iz, so‘zda va gapda o‘rganilayotgan tovush erkin qo‘llanadi.
8. O‘quvchilar til tajribasida mavjud tovushlar bilan yangi tovushni chalkashtirmasliklari uchun mashqlar bajarish lozim (ona tili va ikkinchi til tovushi bilan qiyoslash va ilgari o‘zlashtirilgan chet tildagi tovushlar bilan solishtirish kabilar). Qiyoslash va solishtirish yolg‘iz, so‘zda va jumlada aytiladigan
tovushlar asosida mashq qilinadi. Ushbu yakuniy bosqichda ham muallim rahnamoligida mashqlar bajariladi.Bajariladigan mashqlar tegishli nutq vaziyatlarida o‘tadi. Ulardan kuzatiladigan birlamchi maqsad axborot olish yoki
yetkazish sanaladi, qo‘shimcha vazifa muayyan tovushni aytish hisoblanishi mumkin.Tavsiya etilgan yangi tovush talaffuzini o‘rgatishning
sakkiz bosqichli taqdimot pallasini quyida inglizcha [w] fonetik birligi orqali namoyish etiladi.Muallim What is your name? jumlasini aytadi. Mashqda
what so‘zini bir necha bor takror talaffuz qiladi. Jumla mazmuni va so‘z ma’nosi ochilgandan keyin, ushbu so‘zdagi yangi tovushni bir necha bor ajratib aytadi. Muallim talaffuzida tovush namunasini tinglash orqali o‘quvchilarda tovushning dastlabki eshitish tasavvuri paydo bo‘ladi. Muallim oddiygina qilib tovushning artikulatsiyasi haqida amaliy ko‘rsatma beradi: lablar dumaloq holda oldinga cho‘chchaytiriladi. Shu paytning o‘zida tovushni takror-takror aytib
ko‘rsatadi. O‘quvchilar muallim taklifi bilan lablarini talaffuz holatiga keltirishni mashq qilishadi.
Muallimga taqlidan ergashib o‘quvchilar tovushni xor bilan va yolg‘iz aytadilar, ya’ni tovush artikulatsiyasi amalini egallaydilar.
Yangi tovushni muallim, so‘ngra o‘quvchilar [wo] tovushlar birikmasida aytadilar. Endi so‘z ishtirokida mashq bajariladi (keyinchalik twelve, twenty so‘zlari taqdimoti davrida, avvalo, we, we!, wen, twel, twen ... kabi undosh+unli,
undosh+undosh birikmalami aytish maqsadga muvofiqdir).Navbatdagi bosqichda yangi tovush jumla tarkibida o‘rganiladi. Muallim unda rahbarlik qiladi.
Yangi tovush ishtirokida qiyoslash-solishtirish mashqini bajarish bilan oxirgi bosqich yakunlanadi. Ilgari o‘rganilgan give so‘zidagi [v] undoshi bilan yangi tovush qiyosan talaffuz etiladi. O‘quvchilaming e’tibori ikkala undosh orasidagi farqni, ya’ni lab ishtirokini ilg‘ab olishga qaratiladi; [v] tovushini
aytganda pastki lab va yuqoriqi tishlar qatnashadi, [w] tovushida esa faqat lablar harakatga keladi (oddiy ko‘rsatma-qoida yordamida nutq organlari faoliyati uyg‘unlashtiriladi).Ona tili (yoki ikkinchi til) tovushlari bilan chet tildagi
tovushni solishtirish mashqi o‘tkaziladi. Ularning farqini fahmlab olish uchun muallimning [w] — [v, u] tovushlarini bir ikki namunali talaffuzi kifoya qiladi.
Yangi tovushning mustahkamlanishiga W hat is yourname? jumlasini og‘zaki nutq mashqlarida aytilishi tufayli erishish maqbuldir. O‘quvchilar savol-javob mashqlari bajarishganda (— What is your name? — M y name is N.) ushbu tovushni yakuniy mustahkamlashga qo‘shimcha imkoniyat tug‘iladi.
Yangi tovush taqdimoti sakkiz bosqichli bo‘lishidan cho‘- chimaslik kerak. Birinchidan, kam sonli o‘ta qiyin tovushlargina bunchalik ko‘p bosqichli taqdimotga loyiq, xolos. Qolaversa, ularning amaliyotda bajarilishi aytarli ko‘p vaqt talab qilmaydi. Har bir bosqich navbatdagisi bilan o'quvchilarga
unchalik sezdirmasdan almashinadi. Bir tovushni taqdim etish oldin o‘rganilgan talaffuz, leksik va grammatik materiallami takrorlash va nutqiy mashqlami bajarish jarayonida kechadi.
Qiyin tovushni taqdim etish davrida muallim talaffuziga taqlidi va artikulatsion tahlili keng qo‘llanadi. Chet tildagi yangi tovushning taqdimoti taqlidiy va tahliliy
ish turlarini talab etadi. Ular metodika ilmida talaffuz o‘rgatishning imitatsiya (taqlid) va analiz (tahlil) metodlari nomlari bilan yuritiladi (bu o‘rinda ,,metod“ usul ma’nosini ifodalamoqda).Taqlidiy metod — tabiiy va sodda. Lekin u tilni, jumladan, uning talaffuz tomonini ongsiz o‘zlashtirishga asoslanadi. Fonetik birliklami anglab yetmasdan yaxlit tarzda biron-bir namunaga binoan (mas. rriuallimga ergashib) o'zlashtirish metodiga taqlid nomi berilgan. Tovushlar monandligi (analogiya)ga suyanib, uning fahmiga bormasdan idrok etilsa yoki
aytilsa, taqlidiy o‘rganish sodir bo‘ladi.Taqlid muallimdan ibratli talaffuzni, o‘quvchidan o‘tkir eshitish qobiliyatini talab qiladi.Tahliliy metod, aksincha, ong ishtirokida ish ko‘rishni taqozo etadi, natijada bir yo‘la o‘quvchilarning mantiqiy
tafakkurini rivojlantiradi. Talaffuz birliklarini anglab, fahmiga yetib idrok etish va aytish tahlil orqali bajariladi. O‘quvchi til tajribasidagi fonetik birlikka o‘xshamaydigan chet tildagi tovush yoki talaffuz hodisasini o‘rgatishda muayyan ma’lumot (qoida, tahlil)ni qo‘llash maqbuldir.
Ma’lumki, biror namunaga asoslanish tufayligina ko‘nikmani shakllantirish mumkin. Namunaviy talaffuz muallim (yoki ayrim hollarda, mas. intonatsiyani namoyish etganda, diktor) nutqida kuzatiladi. Namuna o‘quvchilar uchun suyanchiqdir. Faoliyat muqaddimasida doimo kimgadir suyanish kerak bo'ladi. Biroq suyanchiq — muvaqqat vositadir, u mustaqillik sari borishga yordamchi pog‘ona bo'lishi mumkin. Mustaqil faoliyat ko'rsatish onglilik bilangina amalga oshadi.
Binobarin, chet tildagi talaffuzni egallashga tahliliy metod yordamida erishiladi. Taqlidiy metod amal qilganda o‘quvchi til tajribasida to‘plangan ko'nikmaga tayaniladi, demak, ko‘nikmaning ijobiy ko‘chish holatiga duch kelinadi.
Taqlidiy metod yolg‘iz o‘zi qo‘llanilishi mumkin, qachonki mavjud talaffuz ko‘nikmasi ijobiy ta’sir etganda, biroq tahliliy metodning bir o‘zi hech qachon yetarli bo‘lmay, hamisha taqlid ishtirok etadi.Tovush qiyinchiligi darajasi uni tinglaganda qoldiradigan eshituv taassuroti bilan o‘lchanadi. Qiyinchilikning quyidagi belgilarini ko‘rsatish mumkin: eshitganda ona tili (yoki ikkinchi til) tovushlaridan hamda o‘rganib olingan chet tildagi yaqin tovushdan farqining yaqqolligi; ko‘rish va nutqiy a’zo muskullari sezgilariga qay darajada suyanib ish tutish imkoniyati; nutq organlarining ona tili (yoki ikkinchi til)dagi harakat tarzi chet tildagi tovush talaffuzi uchun mos kelishi hamda ikkalasining tafovutini tez fahmlay olish kabilar.
Chet tildagi tovushning taqdimotida uning bilan tanishtirish turlicha bo‘lishi mumkin: ba’zi tovushlarga eshituv taqlidini, ayrimlariga ko‘ruv tahlili va boshqalariga aytilishining verbal tahlili singari metodik yo‘l-yo‘riqlar qo‘llanadi. Shu munosabat bilan taqlid yoki tahlil metodlaridan foydalanish
zaruriyati kelib chiqadi.Tovushlaming qaysi toifaga kirishi talaffuz o‘rgatish metodini belgilovchi omil bo‘ladi. Mas. o‘xshash fonetik birliklarni o‘rgatayotganda tahlilga hojat sezilmaydi, ular taqlidan o‘zlashtiriladi. Yoki chet tilning talaffuz birligi o‘quvchilar til tajribasidagidan jiddiy tafovut qilsa, shubhasiz, tahlil metodi qo‘l keladi.
Taqlid metodidan ,,o‘xshash“ undosh va unlilar taqdimotida foydalaniladi. Ikkinchi toifadagi tovushlar — ,,o‘xshamaydigan“ unli va undoshlar tahlil yo‘li bilan taqdim etiladi.
Uchinchi turdagi fonetik birliklar — ,,yaqin“ unlilar taqdimoti tahlil-taqlid metodi yordamida amalga oshiriladi, to‘rtinchi qismdagi tovushlar — ,,yaqin“ undoshlar esa taqlid+tahlil metodlari bilan o‘rgatiladi.
Tovush birikmalari va fonetik hodisalarning taqdimoti
alohida izoh talabdir. Ularni o'rgatishda qo‘llaniladigan metodlar o‘ziga xos tartibni yuzaga keltiradi.
Tahlil metodi quyidagilami o'rgatishda amal qiladi: 1) so‘z
oxiridagi jarangli unlilar; 2) undoshlar tizmasi (biroq so‘z
ichida ikki undosh qator kelgan holatda taqlid ishlatiladi). Unli
va undoshlar oppozitsiyasi tahlil+taqlid qo‘shma metodi ko‘-
magida o‘igatiladi.
So‘z o‘rtasida uchraydigan ikki undosh tizmasini va qator
kelgan unlilami o‘rgatish chog‘ida taqlid metodining afzalligi
bilinadi.
Download 25.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling