5 Isajon Sultonning,,Alisher Navoiy’’romanida Intertekstuallik
Download 29.83 Kb. Pdf ko'rish
|
5-7 Isajon Sultonning ,,Alisher Navoiy’’romanida Intertekstuallik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Information about the authors Salomova Guljamol
Journal of Education, Ethics and Value Vol. 2, No. 2, 2023 ISSN: 5 Isajon Sultonning ,,Alisher Navoiy’’romanida Intertekstuallik Annotatsiya: Mazkur maqolada O’zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton qalamiga mansub ,,Alisher Navoiy’’romaniga munosabat bildirilgan.Yozuvchining badiiy mahorati masalalariga e’tibor qaratilgan. Tayanch so’zlar: Isajon Sulton ijodi, ,,Alisher Navoiy’’ romani, intertekstuallik, yozuvchi mahorati. Information about the authors Salomova Guljamol Termiz davlat universiteti 3-bosqich talabasi Bugungi zamonaviy o’zbek adabiyotining yetakchi vakillaridan biriga aylanib ulgurgan Isajon Sulton asarlarining mavzu ko’lami,voqealar xilma-xilligi, g’oyalar ifodasining dolzarbligi bilan o’qirmanlar orasida o’z asl kitobxonlarini topgan yozuvchilardan biridir.Ijodkor 1967-yilda Farg’ona viloyati,Rishton tumanidagi Avazboy qishlog’ida tavallud topgan.Mustaqillik yillaridan so’ng yaratilgan ,,Oydinbuloq’’, ,,Boqiy darbadar’’, ,,Ozod’’, ,,Bog’i Eram’’, ,,Bilga xoqon’’, ,,Genetik’’kabi qator kitoblari adabiyot ixlosmandlari tomonidan iliq kutib olinishi bilan birga xalqaro tanlovlarda ham oliy o’rinlarga munosib ko’rilmoqda.Bundan tashqari adib asarlari dunyoning ko’plab tillariga tarjima qilinishi bilan birga,o’zi ham mahoratli tarjimon sifatida J.Neru,Ryunoske Akutagava,Y.Kavabata,D.Rutssati,U.Sayfiddin asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi. Isajon Sultonning ,,Alisher Navoiy’’romani hazrat bobomiz hayot yo’llarining barcha davrlarini qamrab olgan romandir.Yozuvchi Xayriddin Sulton roman qo’lyozmasini o’qib,Isajon Sultonga yozgan maktubida shunday fikrlarni bayon etadi:,,Ochig’i, bu qo’lyozma qo’limga tushganida ,dastavval ko’nglimda bir xavotir tug’ilgani rost:jannatmakon Oybek domla ,,Navoiy’’romanini yozgan bo’lsa,shu nomad go’zal badiiy film va drama yaratilgan bo’lsa,xassos yozuvchi Mirkarim Osim ajoyib qissa va hikoyalar bitgan bo’lsa,Vohid Zohidov,Izzat Sulton,Aziz Qayumov,Suyima G’aniyeva kabi zabardast adabiyotshunoslarimiz teran badiiy-ilmiy tadqiqotlar yaratgan bo’lsa,bu mavzuda yangi so’z aytib bo’larmikin?Bu borada badiiy kashfiyot yaratishga imkon qolganmikin?(1.505)degan savollarni ko’ndalang qo’yadi va asar o’qib tugatilgandan so’ng anglagan xulosasini ham keltirib o’tadi:,,Xayriyat,qo’lyozmani o’qiy boshlashim bilan bu hadik va xavotirlar tumanday tarqab ketdi.Va buyuk mutafakkir shoirimiz haqida yangi,muhtasham va original roman yaratilganligiga tobora amin bo’la bordim’’(1.506) Biz kitobxonlar ham asarni o’qir ekanmiz, bu roman I.Sultongacha yaratilgan Navoiy hazratlari haqidagi asarlardan ohoriyligi,originalligi,tarixiy voqealarni go’zal badiiylashtirish xususiyatlarining yuqoriligi bilan ajralib turganligini anglaymiz. Adabiyotshunoslik ilmida intertekstuallik degan adabiy atama ham mavjudki,uning ma’nosi,(lot.inter- aro,textum- to’qima,mato,matn)(2.120)- matn ma’nosining boshqa matn orqali shakllanishidir.(3.85)Adabiyotshunos Bahodir Karim romandagi intertekstuallikka qisqacha to’xtalib:,,Adibning ,,Alisher Journal of Education, Ethics and Value Vol. 2, No. 2, 2023 ISSN: Download 29.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling