5. Issiqlik almashinish uskunalari Reja


Download 30.43 Kb.
bet1/4
Sana31.01.2024
Hajmi30.43 Kb.
#1831835
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu 5


5. Issiqlik almashinish uskunalari
Reja:
5.1. Umumiy tushunchalar
5.2.Issiqlik almashgichlar turlari


5.1. Umumiy tushunchalar
Neft va gazni kompleks tayyorlash va qayta ishlash sanoatida suyuqlik va gazlarni isitish va sovitish, bug‘larni kondensatsiyalash kabi issiqlik jarayonlari keng tarqalgan. Bunday jarayonlar issiqlik almashinish uskunalarida amalga oshiriladi.
Issiqlik almashinish jarayonlarida qatnashuvchi moddalar issiqlik tashuvchi agentlar deb yuritiladi. Yuqori haroratga ega bo‘lib, o‘zidan issiqlikni isitilayotgan muhitga beruvchi moddalar isituvchi agentlar deb yuritiladi. Sovitilayotgan muhitga nisbatan past haroratga ega bo‘lgan va o‘ziga muhitdan issiqlikni oluvchi moddalar sovituvchi agentlar deb ataladi.
Neft va gazni tayyorlash va qayta ishlash texnologiyasida ko‘pincha bevosita issiqlik manbasi sifatida yoqilg‘ilarning yonishidan hosil bo‘lgan gazlar va elektr energiyasi ishlatiladi. Bunday bevosita issiqlik manbalaridan issiqlik olib, o‘zining issiqligini uskunalarning devorlari orqali isitilayotgan muhitga beruvchi moddalar oraliq issiqlik tashuvchi agentlar deb ataladi. Oraliq issiqlik tashuvchi agentlar qatoriga suv bug‘i, issiq suv va yuqori haroratli issiqlik tashuvchi moddalar (qizdirilgan suv, mineral moylar, organik suyuqliklar va ularning bug‘lari, suyultirilgan tuzlar, suyuq metallar va ularning qotishmalari) kiradi.
Oddiy haroratgacha (10÷30 °S) sovitish uchun suv va havo kabi sovituvchi agentlar keng ishlatiladi.
Issiqlik almashinish uskunalarida issiqlikni berish yoki olish uchun qo‘llaniladigan agentlarni tanlashda ularning quyidagi xossalariga ahamiyat beriladi: 1) kerakli muhitni isitish yoki sovitish darajasi va uni boshqarish imkoniyati; 2) minimal massaviy va hajmiy sarflarda yuqori issiqlik almashinish tezligiga erishish; 3) qovushoqligi kam, zichlik, issiqlik sig‘imi va bug‘ hosil bo‘lish issiqligi yuqori; 4) yonmaydigan, zaharsiz, issiqlikka chidamli bo‘lgani ma’qul; 5) issiqlik almashinish uskunasi tayyorlangan materialni buzmasligi kerak; 6) kamyob bo‘lmasligi va arzon bo‘lishi zarur.
Ko‘pchilik sharoitlarda isituvchi agentlar sifatida ishlab chiqarishdan chiqayotgan mahsulotlar, yarim mahsulotlar va chiqindilarning issiqliklaridan foydalanish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir.
Sanoatda issiqlik almashinish jarayonlari quyidagi maqsadlar uchun olib boriladi: 1) jarayon haroratini berilgan darajada ushlab turish; 2) sovuq mahsulotlarni isitish yoki issiq mahsulotlarni sovitish; 3) bug‘larni kondensatsiyalash; 4) eritmalarni quyiltirish va hokazo. Bu jarayonlar alohida olingan issiqlik almashinish uskunalarida yoki texnologik uskunalarning o‘zida amalga oshiriladi.



Download 30.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling