5. Issiqlik almashinish uskunalari Reja


Issiqlik almashgichlar turlari


Download 30.43 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2024
Hajmi30.43 Kb.
#1831835
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu 5

5.2.Issiqlik almashgichlar turlari
Neft va gazni tayyorlash va qayta ishlash texnologiyasida qobiq-quvurli, zmeyevikli, qo‘sh quvurli, namlovchi, plastinali, spiralsimon, g‘ilofli, qirrali issiqlik almashinish uskunalari keng ishlatiladi.
Qobiq quvurli issiqlik almashgichlar. Bunday uskunalar sanoatda eng ko‘p tarqalgan. Qobiq-quvurli issiqlik almashgichlar qobiq ichiga joylashgan quvurlar to‘plamidan iborat bo‘lib, quvurlarning uchlari to‘rlarga mahkamlangan bo‘ladi (1.1-rasm). Uskunalarning yuqorigi va pastki





1.1-rasm. Bir yo‘lli qobiq-quvurli issiqlik almashinish uskunasi:
1-qobiq; 2-quvur to‘rlari; 3-quvurlar; 4-qopqoq; 5,6-issiqlik tashuvchi agentlar(I va II) kiradigan va chiqadigan shtutserlar; 7-bolt; 8-qistirma
qismlarida qapqoq flanets yordamida quvur to‘riga biriktiriladi. Yuqorigi va pastki qopqoqlarda isitilayotgan yoki sovitilayotgan agentlarni berish uchun shtutser mo‘ljallangan. Quvurlar to‘rlarga razvalsovka, payvandlash, salnikli qistirma qo‘yish va boshqa usullar yordamida biriktirilishi mumkin (3.2-rasm). Issiqlik tashuvchi agentning birinchisi quvurlarning ichida, ikkinchisi esa quvurlar va uskunaning ichki devori oralig‘idagi bo‘shliqda harakat qiladi.
1.1-rasmda bir yo‘nalishli qobiq-quvurli issiqlik almashinish uskunasi ko‘rsatilgan. Bunda isitiluvchi gaz yoki suyuqlik qopqoqdagi patrubka orqali bitta quvurdan kirib, o‘sha quvurdan chiqib ketadi. Ko‘pincha, bu turdagi isitkichlarda isitilayotgan va issiqlik berayotgan muhitlar bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda harakat qiladi. Isituvchi agent doim isitkichning yuqorigi qismidan va isitilayotgan muhit esa uskunaning pastki qismidan quvurlar ichiga beriladi. Bu muhitlarning yo‘nalishi isitkichdagi yo‘nalishga mos keladi, chunki isitilayotgan vaqtda harorat ortishi va kamayishi bilan ularning zichliklari o‘zgaradi. Masalan, bug‘ o‘z issiqligini berib sovishi natijasida uning zichligi oshib, pastga qarab harakat qiladi. Bundan tashqari, muhitlarning bu yo‘nalishida ularning tezliklari bir xil taqsimlanib, uskunaning ko‘ndalang kesimida








Download 30.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling