5-Labaratoriya ishi Mavzu: Serverning dhcp dynamic Host Configuration Protocol xizmatini o’rganish


IP-manzillarda niqoblardan foydalanish


Download 0.82 Mb.
bet2/3
Sana09.11.2021
Hajmi0.82 Mb.
#172493
1   2   3
Bog'liq
5-laboratoriya ishi

IP-manzillarda niqoblardan foydalanish. Internetda manzillar oralig‘ini ajratuvchi element tarmoq osti tarmoq deb ataladi. Tarmoq osti tarmoq bu - ko‘plab tarmoqlar to‘plami bo‘lib, boshqa tarmoq osti tarmoqlar bilan kesishmaydi. Bu shuni bildiradiki, tashkilotning tarmog‘i kismlarga ajratilgan bo‘lib, bularning xar biri tarmoq osti tarmoqlardan tashkil topgan bo‘ladi. Xar bir tarmoq osti tarmoq fizik jixatdan lokal tarmoqga mos keladi (misol uchun, Ethernet). Tarmoq osti tarmoq fizik jihatdan tarmoqda kabel uzunligi va kompyuterlar soni cheklanganligi tufayli tashkil qilinadi. Masalan: ingichka Ethernet segmentining maksimal uzunligi 185 metr va 32 tagacha tugunlarni ulash mumkin. Eng kichik tarmog‘ S sinfi bo‘lib 254 tugundan iborat bo‘ladi. Bu natijaga erishish uchun bir nechta fizik segmentlarni birlashtirish zarur. Buni fizik qurilmalar (misol uchun, takrorlagichlar) yordamida yoki shlyuz-mashinalar yordamida amalga oshirish mumkin. Birinchi holatda mantiqiy tarmoq bir butundek ko‘ringani uchun tarmoq osti tarmoqga bo‘lish shart emas. Shlyuzni ishlatganda tarmoq tarmoq osti tarmoqlarga bo‘linadi.

Tarmoqning tarmoq osti tarmoqlarga bo‘linishda IP -manzilning kompyuter raqamiga birlashtirilgan qismini ishlatadi. Tarmoq admistratori IP -manzilning bir qismini niqoblashi mumkin va uni tarmoq osti tarmoqlarni raqamlash uchun qo‘llashi mumkin. Amalda manzilning ikkiga bo‘linish usuli kompyuter manziliga tarmoq osti tarmoqlarga bo‘lishni amalga oshiradigan tarmoq IP -manzili tomonidan qo‘llanadi.

Tarmoq osti tarmoq niqobi - bu tarmoq osti tarmoq raqamini olish uchun IP -manzilga biriktiriluvchi 4 baytli ma’lumot. Masalan: 255.255.255.0 niqobi V sinf tarmog‘ini 254 tarmoq osti tarmoqga, xar biriga 254 tagacha tugun ulash imkonini beradi. Tarmoq osti tarmoqlar nafaqat muammolarni hal etadi balki, bir qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. Masalan, manzillarning yo‘qolishi sodir bo‘ladi. Bu jarayon fizik cheklovlar sababli emas balki, tarmoq osti manzillarini qurish vaqtida yuzaga keladi.

Tarmoqning standart sinflari uchun niqoblar quyidagi qiymatlarga ega:

Sinf A- 11111111. 00000000. 00000000. 00000000 (255.0.0.0);

Sinf B- 11111111. 11111111. 00000000. 00000000 (255.255.0.0);

Sinf C- 11111111. 11111111. 11111111. 00000000 (255.255.255.0).

Xar bir IP-manzilni niqoblab manzillar sinflari atamasidan voz kechish mumkin va manzillashtirish tizimini mustahkamlash mumkin. Misol uchun 185.23.44.206 manzil 128-191 oraliqga tushadi bu manzil V sinfga tegishli. Mos tarzda tarmoq raqami ikkita nol qo‘shilgan birinchi ikki bayt - 185.23.0.0 bo‘lib, tugun raqami esa - 0.0.44.206 bo‘ladi. Agar bu manzilga 255.255.255.0 ko‘rinishdagi niqobni qo‘llasak, tarmoq osti raqami 185.23.0.0 emas balki 185.23.44.0 bo‘ladi.

Niqoblarda tarmoq raqamini chegarasini aniqlovchi birlar soni ketma ketlikda manzilni baytlarga bo‘lishni qaytarish uchun 8 likda keltirilgan bo‘lishi majburiy emas. Olaylik 129.64.134.5 IP-manzil uchun 255.255.128.0 niqob ko‘rsatilgan bo‘lsin, bu esa ikkilik ko‘rinishda:

IP-manzil 129.64.134.5 – 10000001.01000000.10000110.00000101

Niqob 255.255.128.0 – 1111111.11111111.10000000.00000000

Agar tarmoq raqami chegarasini aniqlash uchun niqob qo‘llanilsa, IP-manzilda “joylashtirilgan” niqobdagi 17 ta ketma ket birlar ikkilikdagi tarmoq raqami sifatini aniqlaydi:

10000001.01000000.10000000.00000000 yoki o‘nlik ko‘rinishda– tarmoq raqami 129.64.128.0, tugun raqami 0.0.6.5.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling