5-laboratoriya ishi (2 soat) Ishni nomi: Dizel dvigatellarning ta’minlash tizimi. Ishdan maqsad


Download 39.07 Kb.
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi39.07 Kb.
#1780988
  1   2   3
Bog'liq
5-Laboratoriya.ATK


5-laboratoriya ishi (2 soat)
Ishni nomi: Dizel dvigatellarning ta’minlash tizimi.
Ishdan maqsad: Dizel dvigatellarning ta’minlash tizimi, benzinli dvigatellarning ta’minlash tizimidan farqini tushuntirish. Dizel dvigatellarining ta’minlash tizimining tuzilishi, ishlash prinsipi, shuningdek ta’minlash tizimiga kiruvchi asboblarning vazifalari va ularning konstruktsiyalarini o‘rganishdan iborat.
Umumiy ma’lumotlar: Dizel dvigatellarining ta’minlash tarmog‘i yuqorida ko‘rib o‘tilgan karbyuratorli dvigatellarning yonilg‘i aralashmasini tayyorlash usulidan tubdan farq qiladi. Dizellarda yonilg‘ini purkash xavo bilan ish aralashmasini silindr bo‘shlig‘ida harakatlantirish usuli yonilg‘i yuborish qurulmalari hamda yonish bo‘linmasining konstruktsiyasiga bog‘liq. YaMZ va KamAZ dizellarida yonilg‘ini purkash tarmog‘i yuqori bosim nasosi va har bir silindrga yopiq xolda o‘rnatilgan forsunkadan iborat.
Dizel dvigatelining ta’minlash tizimi:
silindrlarni tozalangan yonilg‘i va havo bilan ta’minlaydi;

  • dvigatelning ish rejimiga qarab kerakli yonilg‘i miqdorini silindrga mayda to‘zitilgan holda purkaydi;

  • silindrni ishlatilgan gazlardan tozalaydi va tashqi muhitga ovozini so‘ndirib chiqaradi.

Bu dvigatellarning ta’minlash tarmog‘i asosiy ikkita: past va yuqori bosim shaxobchalaridan iborat. Past bosim shaxobchasi yonilg‘ini bakdan yuqori bosim nasosiga uzatadi. Yuqori bosim shaxobchasi esa ma’lum miqdordagi yonilg‘ini ma’lum vaqtda dvigatelning silindrlariga uzatadi.
Laboratoriya mashg‘ulotni bajarish uchun kerakli jihozlar va tavsiya etilgan adabiyotlar.

  1. «GM O‘zbekiston» va «Samarqand avtomobil zavodi» avtomobillari dvigatellarining qirqimi ko‘rsatilgan stendlar.

  2. Yuqori bosim yonilg‘i nasosining qirqimdagi o‘quv stendi.

  3. Dizel dvigatellarining ta’minlash tizimi bo‘yicha plakatlar.

9 .1-rasm. Dizel dvigatelining ta`minlash tizimi.
1-yuqori bosim yonilg`i nasosi, 2-yonilg`i baki, 3-qabul qilgich, 4,6,7,11-15-yonilg`i trubkalari, 5-dag`al tozalash filtri, 8-haydovchi nasos, 9-rukoyatka, 10-mayin tozalash filtri, 16-forsunka, 17-havo filtri, 18-silindr.

1-yonilg‘i baki, 2-yuqori bosimli yonilg‘i nasosi, 3-yonilg‘i filtri, 4-yonilg‘ini YuBYoN dan bakka qaytarish shtutseri, 5-yonilg‘ini taqsimlash umumiy reykasi, 6-yonilg‘i bosimini rostlagich, 7-forsunka, 8-elektron boshqarish bloki, 9, 10, 15-klemmalar, 11-yonilg‘i taqsimlash reykasini EBB bilan bog‘lovchi klemma, 12,13-datchiklar, 14 – pedal a-yonilg‘i uzatish past bosim naychalari, b-yonilg‘i uzatish yuqori bosim naychalari, c-yonilg‘ini bakka qaytarish naychalari, d-impuls uzatuvchi klemmalar, e-ma’lumot olish klemmalari.


Zamonaviy dizel dvigatellarida Common Rail yonilg‘i tizimi keng tarqalmoqda. Bunday dvigatellar yuk va yengil avtomobillariga o‘rnatilmoqda. Purkash tizimining afzalliklari: - Dvigatelning turli ish rejimlarida optimal yonilg‘i bosimini yaratadi; - 1800 – 2000 bar bosimini yaratish imkoniyati yonilg‘ini juda mayda purkashni, yonilg‘i aralashmaning sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi; - Purkashni nozik moslanuvchan boshqarish mumkin, bu yonilg‘i tejamkorligini yaxshilaydi, chiquvchi gazlarning zararini kamaytiradi, dvigatel shovqinini pasaytiradi. Common Rail – yuqori bosimda “Akkumulyator – rampada” yig‘iladigan yonilg‘ini purkash tizimidir. Bu tizimda yuqori bosim nasosi yonilg‘ini akkumulyatorga, rampaga uzatadi. U yerda doimiy yuqori bosim saqlab turiladi. Yonilg‘ini forsunkalar orqali silindrlarga purkash davriy amalga oshiriladi. Mazmunan, forsunkalar yagona yonilg‘i yuqori bosim rampasiga ulangan. Bu tizimda yonilg‘i bosimini yaratish va purkash jarayonlari o‘zaro bog‘liq emas. Yuqori bosimli yonilg‘i nasosi 1800-2000 bar yonilg‘i bosimini hosil qiladi. Yuqori bosimli yonilg‘i nasosi quvvatni dvigatel validan tishli tasma orqali oladi. Yuqori bosimdagi dizel yonilg‘isi rampa 8 ichiga yig‘iladi. Bosimning me’yordan oshmasligini yuqori bosimli yonilg‘i nasosidagi saqlagich klapani 5 ta’minlaydi. Forsunkalar purkash jarayoni elektromagnit klapani bilan boshqariladi. Klapan ochilishida rampadan yonish kamerasiga miqdori me’yorlangan yonilg‘i purkaladi. Elektr signali yordamida klapan tezkor ishlaydi, va bir siklda yonilg‘ini bir necha bor qism-qism purkash mumkin. Masalan, MAN avtomobiliga o‘rnatilgan dvigatellarda bir siqish va ish taktlarida silindrga yonilg‘i uch marta purkaladi. Ba’zi Yengil avtomobillarda besh martagacha purkaladi. Bu dvigatelning yonilg‘i tejamkorligini yaxhsilaydi.




Download 39.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling