5-laboratoriya ishi Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar select ma’lumotlarni tanlash operatori
Download 242.39 Kb.
|
MB LAB 5
5-laboratoriya ishi Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar SELECT ma’lumotlarni tanlash operatori Ma’lumotlarni tanlash SELECT operatori yordamida bajariladi. Bu SQL tilining eng ko‘p qo‘llaniladigan operatori xisoblanadi. SELECT operatorini sintaksisi quyidagicha: SELECT [ALL/DISTINCT] FROM [WHERE [ORDER BY < atributlar ro‘yxati >] [GROUP BY < atributlar ro‘yxati >] [HAVING [UNION< SELECT operatorli ifoda>] Kvadrat qavslarda operatorni yozishda qatnashishi shart bo‘lmagan elementlar ko‘rsatilgan. ALL kalit so‘zi natijaga shartni qanoatlantiruvchi barcha satrlar, shuningdek takrorlanuvchi satrlar ham kirishini bildiradi. DISTINCT kalit so‘zi natijaga takrorlanuvchi satrlar kiritilmasligini bildiradi.Keyin boshlang‘ich jadvaldagi atributlar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Bu atributlar natijaviy jadvalga kiritiladi. * simvoli natijaviy jadvalga boshlang‘ich jadvalning barcha atributlari kiritilishini bildiradi. Operatorda qatnashishi shart bo‘lgan so‘zlardan FROM so‘zi xisoblanadi. Bu so‘zdan keyin tanlov bajariladigan jadvallar nomi ko‘rsatiladi. Tanlash ifodasida WHERE kalit so‘zidan keyin jadval satrlarini tanlab olish sharti ko‘rsatiladi. Bunda natijaviy jadvalga WHERE ifodasidagi shart rost qiymat qabul qiladigan satrlar kiritiladi. SELECT jadvallarga murojaat bo’lmagan ifodalarni ham hisoblashi mumkin: SELECT 1 + 1; Jadvaldagi barcha ma’lumotlarni tanlashga misol: SELECT * FROM Products; Jadvaldagi qandaydir ustunlar bo’yicha ma’lumotlarni tanlash: SELECT id_st, surname FROM student Ustundagi ma’lumotlar qaysidir ustunning qiymati bo’yicha olinishi shart emas balki bu ifoda bo’lishi ham mumkin: SELECT ProductName, Price * ProductCount FROM Products; Chiquvchi ustun nomini AS operatori yordamida o’zgartirishimiz mumkin: SELECT ProductName, Price * ProductCount AS Totalsum FROM Products; Operatorsiz ustun nomini o’zgartirish uchun probel bilan ajratishimiz mumkin: SELECT columna columnb FROM mytable; SELECT ProductName, Price * ProductCount AS Totalsum FROM Products; SELECT CONCAT(last_name,', ',first_name) full_name FROM mytable; Biron bir ustundagi har xil qiymatlarni tanlash uchun SELECT DISTINCT komandasidan foydalanamiz; SELECT DISTINCT column_name FROM table_name; Biz yana mijoz degan jadvaldan foydalanamiz. Bu yerda SELECT * FROM ‘mijoz’ deb yozganimizda mijozdagi hamma elementni ko’rsatadi (tepadagi rasm namuna). Bu rasmda esa biz mijoz jadvalidagi Manzili “Urganch(Xorazm)” bo’lgan elementni Ismini ko’rsat deb yozdik va ELYOR , AHMAD degan Ismlar chiqdi. Bu yerda esa mijoz jadvalidagi ID si 7 ga teng bo’lgan elemantlarni Ismi va Familiyasini ko’rsat deb yozdik va AHMAD BOBOJONOV chiqdi. Endi esa DISTINCTni qo’lladim bunda meni mijoz degan jadvalimda 2 ta bir xil manzil bor edi shuning uchun mijoz degan jadvaldagi Manzillarni takrorlamasdan ko’rsat deb yozdim va javobi to’g’ri chiqdi. Download 242.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling