5 laboratoriya ishi


- tаjribа. Asetilenning kimyoviy хоssаlаri


Download 263.8 Kb.
bet5/5
Sana07.05.2023
Hajmi263.8 Kb.
#1437945
1   2   3   4   5
Bog'liq
5 - laboratoriya ishi....

4 - tаjribа. Asetilenning kimyoviy хоssаlаri.
a) Asetilenning bromli suv bilan elektrofil birikish reaksiyasi.


Ishning borishi: Oldindan probirkaga quyib qo‘yilgan 2-3 ml bromli suv orqali hosil qilin-gan asetilen gazi otkaziladi. Bunda asetilen molekulasidagi - bog‘lanishlarning uzilishi hisobiga asetilenga brom birikadi. Shuning uchun bromli suv rangsizlanadi:

CH  CH + Br2  HCBr = BrCH + Br2  HCBr2 – CHBr2




b) Asetilenning KMnO4 ning suvli eritmasi bilan oksidlanish reaksiyasi (Vagner reaksiyasi).


Ishning borishi: Probirkaga 1 ml KMnO4 eritmasidan solib, unga shuncha hajm Na2CO3 eritmasi qo‘shiladi va aralashma orqali asetilen gazi o‘tkaziladi. Bunda KMnO4 rangsizlanib, MnO2 ning qo‘ng‘ir rangli cho‘kmasi hosil bo‘ladi, asetilen esa kislorodli organik moddalargacha oksidlanadi:
CH  CH + 2 KMnO4 + H2O  COOH – COOH +2KOH + 2MnO2


v) Asetilenning yonish reaksiyasi.


Ishning borishi: Gaz chiqarish nayining uchini tik holda ushlab, unga gugurt chaqib, asetilen yondiriladi. Asetilen tarkibida uglerod miqdori ko‘proq bo‘lganligi sababli, u dud hosil qilib yonishi kuzatiladi.
CH  CH + 2,5 O2  2 CO2 + H2O


g) Asetilenning o‘rin olish reaksiyasi. Kumush asetilenid hosil bo‘lishi.


Ishning borishi: Probirkaga 0,5 % li AgNO3 ning suvdagi eritmasidan 2 - 3 tomchi solinadi. Unga 1 - 2 tomchi natriy ishqorining 10 % li eritmasidan qo‘shilsa, dastlab och - sariq rangli kumush gidrooksid cho‘kmasi hosil bo‘ladi va unga ammoniy gidroksidning konsentrlangan eritmasidan 2 - 3 tomchi ta’sir ettirilsa, hosil bo‘lgan cho‘kma erib ketadi:

AgNO3 + NaOH  AgOH + NaNO3
AgOH + 2NH4OH  [Ag(NH3)2] OH + H2O

Kumush gidroksidning ammiakli eritmasi orqali asetilen o‘tkaziladi. Bunda qo‘nqir rangli kumush asetilenid cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Reaksiya quyidagi tenglama bo‘yicha boradi:


CH  CH + 2 [Ag(NH3)2] OH + H2O  Ag – C  C – Ag  + 4 NH4OH
Download 263.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling