5-laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: Biologiyani o'qitishda veb-kvest (web-quest) texnologiyalaridan foydalanish metodikasi Laboratoriya mashg’ulotining ta’limiy maqsadi


Download 248.5 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi248.5 Kb.
#1406612
1   2   3   4
Bog'liq
5-laboratoriya Web-quest AKT

Veb – kvest ma’lum bir mavzular bo‘yicha va turli xil veb – sahifalarga o‘tish gipermatnlari mavjud bo‘lgan, o‘quvchilarning (odatda guruh holida) mustaqil tadqiqotchilik ishlariga bag‘ishlangan ta’lim saytidan tashkil topgan. Web quest strukturasi quyidagi bir nechta zaruriy bo‘limlardan tashkil topadi [Ya.Bixovskiy, 1999; N.V.Nikolaeva, 2002]. Quyida veb-kvest strukturasining umumiy ko‘rinishi beriladi (10-rasm):


Veb-kvestlarning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, qaysidir mavzu o‘rganilayotganda, o‘qituvchi keng ko‘lamdagi axborotlarni internet manbadan ishga soladi.
Ikkinchidan, veb-kvestni bajarayotganda talaba o‘zi uchun qulay bo‘lgan tempni tanlashi, o‘zi yakka yoki jamoaviy ishlayotganligidan qat’iy nazar.
Uchinchidan, veb-kvest qo‘shimcha axborotni izlashda mavzu bo‘yicha, lekin aniq o‘qituvchi bergan mavzu bo‘yicha ishlashi mumkin. O‘qituvchi tomonidan tanlangan saytlar bilan ishlashga yo‘l qo‘ymaydi. Multimedia tarzida berilgan axborotlar, darslikda berilgan axborotlardan boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi. O‘qituvchi internet-manbalardan talabalarning tayyorgarligini hisobga olgan holda tanlashga to‘g‘ri keladi.
Veb-kvest texnologiyasi quyidagi bosqichlarda bo‘ladi:
Qisqa kirish qismi, bu еrda ishtirokchilarning rollari va ssenariy aniq ko‘rsatilgan, birlamchi ish rejasi, butun kvestning mazmun-mohiyati.
Jadval ko‘rinishdagi topshiriqlar jadval topshiriqlaridan, baholanish shkalasi, savol va javob variantlari, yordam uchun javoblardan iborat. Topshiriqlar jadvali alohida bir talaba yoki butun jamoaga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
Topshiriqlarni bosqichma-bosqich bajarishda:o‘qituvchi bergan materiallarni talabaning mustaqil o‘rganishi;o‘qituvchining veb-kvestni mazmuni borasidagi yoki taqdimoti haqidagi maslaxati;talabalar tomonidan topshiriqlar jadvalini to‘ldirilishi;yakka holda bajarilgan ish natijalarini talabalar o‘rtasida muzokarasi;jamoa a’zolari tomonidan yakuniy taqdimot uchun biron bir materialni tanlab olinishi;o‘qituvchining elektron manbalardan foydalanish uchun taklifi;o‘qituvchining yakuniy taqdimot uchun uni jihozlash uchun rasmlar, ovozli va chiroqlarni qo‘llagan holdagi taklifi, fikrlari. Agar talabalar o‘zlarini sayt-varaqlarini ochishda texnik qiyinchiliklar tug‘ilsa, ularga “ko‘rsatma”lar veb-kvestni yaratish uchun.
Yakunda orttirilgan tajribalar talabalar o‘rtasida “aylana stol” atrofida umumlashtiriladi.
Veb-kvestlardan foydalanish uchun talabalardan ma’lum darajada tilni bilishi talab etilib, Internet manbalardan haqqoniy axborotlardan foydalanishi talab etiladi.
Veb-kvestlarni bajarish jarayonida talabalar yomon o‘zlashtirilgan materiallarga yakka holda qayta murojaat qilishlari mumkin. Veb-kvestdan foydalanish talabalarni mustaqillikka, har qanday hayotiy muammolarni еchishga, ijodiy ishlashga, axborot makonida to‘g‘ri harakat qilishga, tanqidiy fikrlashga o‘rgatadi.
Tajriba-sinov ishlari uchun talabalar ikki guruhga ajratildi (nazorat va tajriba guruhlariga). Nazorat guruhi an’anaviy (test va og‘zaki suhbat) tarzida, tajriba guruhini o‘qitishda esa veb-kvest texnologiyasidan (Microsoft Power Point taqdimoti va veb-kvest loyihasida ijodiy ishlash usullaridan) foydalangan holda sinovdan o‘tkazildi.
Tajriba guruhi talabalariga an’anaviy auditoriya ishdan tashqari veb-kvest doirasida loyiha topshiriqni bajarish, mustaqil ijodiy ish ham topshirildi.
Veb-kvestni bajarishda talabalar 6 ta bo‘limdan foydalandi.
Har bir sahifaga mavzuga xos rasmlar yuklash mumkin. Hamma sahifa to‘ldirilgandan so‘ng, veb-kvest tayyor va uni e’lon qilish mumkin. Kvest e’lon qilingandan (taqdim qilingandan) so‘ng hammaga ma’lum bo‘ladi.
Veb-kvest srukturasi quyidagi bir nechta zaruriy bo‘limlardan tashkil topadi:
Kirish (bunda loyihaning mavzusi shakllantiriladi, loyihaning qimmati asoslab beriladi);
Topshiriq (maqsad, sharoitlar, masala va optimal yеchimlar;
Jarayon (ish jarayonining bosqichlar bo‘yicha tavsiflanishi, rollarning taqsimlanishi, har bir ishtirokchining javobgarligi, axborot resurslarining ro‘yxati (elektron ko‘rinishda – kompakt-disklarda, video, audio manbalarda, qog‘oz ko‘rinishida, Internet–resurslariga o‘tish lavhalari, mavzu bo‘yicha sayt manzillari);

Download 248.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling