5-laboratoriya topshiriqlari Mavzu: Fayllar bilan ishlash funksiyalarini o’rganish


Download 15.01 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi15.01 Kb.
#1056040
Bog'liq
Laboratoriya-5 RI


Tuzuvchilar: Z.Dj.Yusupova, “Matematika va AT” kafedrasi dots.v.b., PhD
D.M.Sotvoldiyev, “Matematika va AT” kafedrasi dots.v.b., PhD

Raqamli iqtisodiyot yo’nalishi talabalariga “Iqtisodiyotda dasturlash” fanidan


5-laboratoriya topshiriqlari
Mavzu: Fayllar bilan ishlash funksiyalarini o’rganish

  1. Matn faylini o’qish uchun ochish va undagi belgilar sonini aniqlash dasturini tuzing.

  2. Matn faylining o’rtasiga ism, sharifingizni yozish dasturini tuzing.

  3. Matn faylining har bir so’zidan iborat ro’yhat hosil qiling.

  4. Matn faylida talabalar ism, shariflari ”#” belgisi bilan ajratilib ketma-ket yozilgan bo’lsin. Ulardan kortej hosil qilish dasturini tuzing.

  5. Berilgan matn faylidagi eng oxirgi so’zni ekranga chiqarish dasturini tuzing.

  6. Matn faylida nechta probel belgisi ishlatilganligini sanash dasturini tuzing.

  7. Berilgan matn fayli davomiga klaviaturdan kiritilgan ism, sharifingizni qo’shib qo’yish dasturini tuzing.

  8. Matn faylida nechta so’z mavjudligini aniqlash dasturini tuzing.

  9. Matn faylidagi sonlarni ajratib ko’rsatish dasturini tuzing.

  10. Berigan matn faylida juft qatorlarda turgan satrlardan yangi matn faylini hosil qilish dasturini tuzing.

  11. Berilgan matn faylidagi eng oxirgi satrni ekranga chiqarish dasturini tuzing.

  12. Berilgan matn faylidagi barcha probellarni o’chirish dasturini tuzing.

  13. Toshkent shaxri tumanlari nomlaridan iborat kortej berilgan bo’lsin. Berilgan matn faylida qaysi tuman nomi necha marta yozilganligini aniqlash dasturini tuzing.

  14. Matn faylidagi barcha sonlar yig’indisini fayl oxiriga yozib qo’yish dasturini tuzing.

  15. Klaviaturadan kiritilgan so’zni berilgan matn faylidan o’chirish dasturini tuzing. Necha marta uchrasa barchasi o’chirilsin.

  16. Berilgan matn faylida quyidagi formatda talabalar ma’lumolari yangi satrlarda yozilgan bo’lsin: FIO#Adres#Baho#. Ularni o’qib olib, konteyner hosil qilish dasturini tuzing.

  17. Fayldagi har bir so’zdan keyin ‘,’ belgisini kiritish dasturini tuzing.

  18. Ikkita matn faylini solishtiring va bir hilligini xabar beruvchi dastur tuzing.

  19. Talabalar ism, sharifi, adresi va baholaridan iborat konteyner berilgan bo’lsin. Baholarini kamayish tartibida matn fayliga yozish dasturini tuzing.

  20. Matn faylining o’rtasidagi qatorni o’chirish dasturini tuzing.

  21. Ikkita matn faylini birlashtirish dasturini tuzing. Bunda birinchi fayl davomiga ikkinchi fayl tarkibini qo’shish talab etiladi.

Download 15.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling