5. Linzada tasvir yasash. Linza formulasi. Mavzuga doir test topshiriqlari
Download 124.94 Kb.
|
оптика
5. Linzada tasvir yasash. Linza formulasi. Mavzuga doir test topshiriqlari. 1. Yig’uvchi linzadan buyumgacha masofa 1 m, tasvirdan linzagacha 50 sm. Linzaning fokus masofasi qanchaga (sm) teng bo’ladi? A) 12,5 B) 15 C) 20 D) 33 2. Yig’uvchi linzadan buyumgacha masofa 1 m, tasvirdan linzagacha 20 sm. Linzaning optik kuchini (dptr) toping. A) 6 B) 2 C) 3 D) 4 3. Buyumning tasviri 2 dptr optik kuchi bo’lgan linzadan 50 sm uzoqlikda, buyum turgan tomonda hosil bo’ldi. Buyum linzadan qancha masofada joylashgan (m)? A) 1 B) 0,5 C) 0,2 D) 0,25 4. Qandaydir buyum fokus masofasi 7,5 sm bo’lgan yig’uvchi linzadan 30 sm masofada joylashgan. Uning tasviri linzadan qanday masofada hosil bo’ladi? A) 40sm B) 10sm C) 15sm D) 20sm 5. Linzadan 5 sm masofada joylashgan buyumning to’g’ri, kattalashgan tasviri buyumdan 5 sm masofada hosil bo’ldi. Linzaning optik kuchini toping (dptr). A) -5 B) 10 C) -3 D) 15 6. Linzadan 50 sm uzoqlikda turgan buyumning 5,5 marta kichraygan mavhum tasviri hosil bo’ldi. Linzaning optik kuchini toping (dptr). A) -9 B) -5 C) -8 D) -2 7. Biror buyum fokus masofasi 12 sm li linzadan 16 sm uzoqlikda qo’yildi. Linzaning kattalashtirishi qanchaga teng bo’ladi? A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 8. Jism optik kuchi 10 dptr bo’lgan qavariq linzadan 20 sm masofada turibdi. Linzaning kattalashtirishini toping. A) 0,5 B) 1 C) 0,8 D) 1,5 9. Agar kattalashtirishi k ga teng bo’lgan yig'uvchi linzada hosil bo’lgan tasvirdan buyumgacha bo’lgan masofa l ga teng bo’lsa, linzadan tasvirgacha bo’lgan masofa nimaga teng? A) B) C) D) 10. Optik kuchi -9 dptr bo’lgan sochuvchi linzadan 1 m masofada joylashgan buyumning tasviri linzadan qanday masofada hosil bo’ladi? A) 1 m B) 0,4 m C) 20 sm D) 10 sm 11. Rasmdagi buyumning sochuvchi linzadagi tasviri qanday bo’lishini aniqlang A) mavhum, to’g’ri, kattalashgan B) haqiqiy, teskari, kattalashgan C) haqiqiy, teskari, kichraygan D) mavhum, to’g’ri, kichraygan 12. Optik kuchi 2,4 dptr bo’lgan linzada buyumning 5 marta kattalashgan tasviri hosil bo’ldi. Buyumdan linzagacha bo’lgan masofa nimaga teng (m)? A) 0,5 B) 0,6 C) 0,8 D) 0,4 13. Buyumni fokus masofasi F ga teng bo’lgan yig’uvchi linzadan qanday masofaga qo’yganda, uning tasviri o’ziga teng bo’ladi? A) 4F B) 3F C) 2F D) F 14. Agar optik kuchi 2 dptr bo’lgan linzada buyumning 5 marta kattalashgan mavhum tasviri hosil qilinayotgan bo’lsa, linzadan tasvirgacha bo’lgan masofani aniqlang (m). A) 2 B) 1,5 C) 1 D) 0,5 15. Agar buyum bilan tasvir orasidagi masofa 1,5 m va tasvir buyumdan 4 marta katta bo’lsa, linzaning fokus masofasi qancha bo’ladi (sm)? A) 6 B) 18 C) 22 D) 24 16. Agar buyumni yiguvchi linzadan 25 sm masofaga qo’ysak, uning tasviri linzadan 50 sm narida hosil bo’ladi. Buyum shu linzadan 0,2 m masofaga qo’yilsa, tasvir linzadan qanday masofada hosil bo’lishini aniqlang (sm). A) 40 B) 100 C) 20 D) 35 17. Mavhum tasvir linzadan 50 sm masofada hosil bo’ldi. Agar buyumdan linzagacha bo’lgan masofa 20 sm bo’lsa, linzaning optik kuchini (dptr) aniqlang. A) 4 B) -2 C) 3 D) 2 18. Buyumdan sochuvchi linzagacha bo’lgan masofa linzaning fokus masofasidan m marta katta bo’lsa, tasvir buyumdan necha marta kichik bo’ladi? A) m+1 B) m-1 C) m/(m+1) D) m/(m-1) 19. Ikkita nuqtaviy yorug’lik manbalari orasidagi masofa 24 sm. Fokus masofasi 9 sm bo’lgan yig’uvchi linza manbalar orasiga shunday joylashtirildiki, ularning tasvirlari bir nuqtada hosil bo’ldi. Manbalardan linzagacha bo’lgan masofalarni aniqlang (sm). A) 6; 18 B) 7; 17 C) 8; 16 D) 4; 26 20. Linzadan 50 sm uzoqlikdagi jismning mavhum tasviri 5,5 marta kichiklashgan holda hosil bo’ldi. Shu linzaning optik kuchini (dptr) hisoblang. A) -8 B) -9 C) -10 D) 8 21. Qandaydir buyum optik kuchi 1 dptr bo’lgan sochuvchi linzadan 4 m uzoqlikda turibdi. Tasvir linzadan qanday masofada hosil bo’ladi (m)? A) 0,8 B) 1,25 C) 1,33 D) 0,16 22. Sistema fokus masofasi 30 sm bo’lgan uchta yig’uvchi linzadan iborat. Linzalar markazlari orasidagi masofa ham 30 sm ga teng. Buyum chap tomondagi linzadan 60 sm uzoqlikda joylashgan. Buyumning tasviri qayerda va qanday bo’lishini aniqlang. A) O’rtadagi linza o’rnida, mavhum B) O’ng tomondagi liizadan 60 sm uzoqlikda, haqiqiy C) O’rtadagi linza o’rnida, haqiqiy D) Chap tomondagi linza o’rnida, haqiqiy 23. Buyum yig’uvchi linzadan ikkilangan fokus masofadan ortiqroq masofada joylashgan. Uning linzadagi tasviri qanday bo’ladi? A) mavhum va kattalashgan B) mavhum va kichiklashgan C) haqiqiy va kattalashgan D) haqiqiy va kichiklashgan 24. Yupqa yig’uvchi linza fokusidan buyumgacha bo’lgan a masofa bilan ikkinchi fokusdan haqiqiy tasvirgacha bo’lgan b masofa ko’paytmasi (ab)ni linzaning fokus masofasi F orqali ifodalang. A) F2 B) 2F2 C) F3 D) F2/2 25. Berilgan buyumning mavhum tasviri buyumning uzidan 2 marta kichik bo’lishi uchun buyumni fokus masofasi F bo’lgan sochuvchi linzadan qanday d masofaga qo’yish kerak bo’ladi? A) d < F B) d= F C) F < d < 2F D) d =2F 26. Bosh fokus masofasi 50 sm bo’lgan yig’uvchi linzadan predmetni qanday masofaga joylashtirganda (sm), 4 marta kattalashgan tasvir hosil qilish mumkin? A) 75 B) 50 C) 62,5 D) 25 27. Quyidagi optik asboblarning qaysi birida buyumning kattalashgan haqiqiy tasvirini hosil qilish mumkin? A) yassi oyna B) shisha plastinka C) yig’uvchi linza D) sochuvchi linza 28. Biror buyumning sochuvchi linza berayotgan haqiqiy tasviri o’zidan 2 marta kichik bo’lishi uchun, buyumni linzadan qanday masofada joylashtirish kerak? (F-linzaning fokus masofasi). A) F/2 B) F C) 3F/2 D) bu mumkin emas 29. Biror buyumning to’g’ri tasviri bo’lishi uchun buyum optik kuchi 2 dptr bo’lgan yig’uvchi linzadan ko’pi bilan necha metr masofada bo’lishi kerak? A) 0,4 B) 0,5 C) 0,8 D) 4 30. Bosh fokus masofasi F bo’lgan ikki yoqlama botiq linza yordamida buyumning haqiqiy tasvirini olish mumkinmi? A) mumkin emas B) mumkin, agar buyum F dan kichik masofada joylashgan bo’lsa C) mumkin, agar linza optik zichligi linzanikidan kattaroq, bo’lgan shaffof muhitda bo’lsa D) mumkin, agar buyum F va 2F masofalar orasida joylashgan bo’lsa. 31. Toza kvartsdan (n=1,7) yasalgan F1 fokus masofali yig’uvchi linza suvga (n=1,3), so’ngra anilinga (n=1,59) tushirildi va mos ravishda F2 va F3 fokus masofalar o’lchandi. Fokus masofalar orasidagi to’g’ri munosabatni ko’rsating. A) F1= F2= F3 B) F1< F2 32. Parallel nurlar dastasi ikki linzadan o’tgach, parallelligicha qoldi. Agar bu linzalarning ikkalasi ham yiguvchi bo’lsa, ular qanday joylashgan? A) bir-biriga bevosita tegib turadi B) bir linzaning orqa fokal tekisligi ikkinchi linzaning oldingi fokal tekisligi bilan mos tushadi C) linzalar orasidagi masofa fokus masofalar yig’indisidan ancha katta D) javob fokus masofalar nisbatiga bog’liq. 33. Sochuvchi linza yordamida buyumning haqiqiy tasvirini olish mumkinmi? Agar mumkin bo’lsa, buyumni qaerga joylashtirish kerak? A) yo’q, mumkin emas B) ha, 2F dan uzoqda C) ha, F va 2F orasiga D) ha, linza bilan uning fokusi opasiga 34. Biror sochuvchi linzaning fokus masofasi F. Buyumning tasviri buyumning o’zidan 2 marta kichik bo’lishi uchun uni linzadan qanday d masofada joylashtirish kerak? A) d>F B) F 35. Ikkita S1 va S2 shamlar orasiga yig’uvchi linza shunday qo’yilganki, S1 ning tasviri S2 turgan joyda hosil bo’ldi va aksincha. Bu hol shamlar orasida d masofa qanday bo’lganda yuz berishi mumkin? A) d = 2F B) F < d < 2F C) d > 2F D) d > 4F 36. Yig’uvchi linzaning bosh fokus masofasi F ga teng. Linzaning kattalashtirishi 2 ga teng bo’lishi uchun buyum undan qanday masofada qo’yilishi kerak bo’ladi? A) F B) 1,5F C) 2F D) 0,5F 37. Yig’uvchi linza yordamida ekranda elektr lampochkaning haqiqiy tasviri hosil bo’ldi. Agar linzaning o’ng tomonini to’sib qo’ysak, tasvir qanday o’zgarishini aniqlang. A) tasvirning o’ng qismi yo’qoladi B) tasvirning chap qismi yo’qoladi C) tasvir chapga siljiydi D) tasvir xiralashadi 38. Agar buyumdan linzagacha bo’lgan masofa 15 sm bo’lganda, linzaning kattalashtirishi 4 ga teng bo’lsa, linzaning fokus masofasini toping (sm). A) 10 B) 30 C) 12 D) 7,5 39. Agar buyumdan linzagacha masofa d ga, kattalashtirish k ga teng va tasvir mavhum bo’lsa, linzaning fokus masofasini javoblardan toping. A) B) C) D) 40. Linzaning fokus masofasi F, linzadan buyumgacha masofa d ga teng bo’lsa, linzaning kattalashtirish ifodasin toping. A) B) C) D) 41. Fokus masofasi F bo’lgan ikkita bir xil linza bir-biridan biror l masofaga qo’yilgan. Ulardan biriga parallel nurlar dastasi tushmoqda. Bu dasta 2-linzadan o’tgandan so’ng parallelligicha qolishi uchun, l qanday bo’lishi kerak bo’ladi? A) l=F/2 B) l=F C) l=2F D) l=4F 42. Rasmdagi qavariq-botiq linza gorizontal qo’yildi va unga suyuqlik quyildi. Bunda linzaning optik kuchi qanday o’zgarishini toping. A) ortadi B) kamaydi C) o’zgarmadi D) javob suyuqlik turiga bog’liq 43. Parallel yorug’lik dastasi fokus masofalari F1 va F2 bo’lgan ikki linzadan iborat sistemadan o’tmoqda. Bu sistemadan chiqqanda dasta nurlari parallelligicha qolishi uchun, linzalar orasidagi masofa qanday bo’lishi kerak bo’ladi? A) F1 B) F2 C) (F1+F2)/ 2 D) F1+F2 44. Chizmadagi sochuvchi linzaning vaziyati, uning bosh optik o’qi, fokuslari va MN buyum ko’rsatilgan. Buyumning linza hosil qiladigan tasviri qaysi sohada joylashgan bo’ladi? A) 2 B) 5 C) 4 D) 3 45. Yig’uvchi linzada yorug’ nuqtaning tasviri hosil qilindi. Bunda linzadan nuqtagacha bo’lgan masofa 50 sm, linzadan tasvirgacha masofa 12,5 sm. Linzaning fokus masofasini toping(sm). A) 25 B) 37,5 C) 62,5 D) 10 46. Fokus masofasi F bo’lgan yig’uvchi linza yordamida ekranda tasvir hosil qilish uchun buyum va ekran orasidagi masofa kamida qancha bo’lishi kerak? A) 2F B)5F C) 3F D)4F 47. Buyumdan sochuvchi linzagacha bo’lgan masofa linzaning fokus masofasidan n marta katta. Tasvir buyumdan necha marta kichik bo’ladi? A) n-1 B) n C) n+1 D) 1/(n+1) 48. Fokus masofasi F bo’lgan yig’uvchi linzada o’lchami a ga teng bo’lgan buyumning haqiqiy tasviri hosil qilindi. Agar linzadan tasvirgacha bo’lgan masofa f bo’lsa, tasvir o’lchamini aniqlang. A) B) C) D) 49. Buyumning kichiklashgan va teskari tasviri linza yordamida hosil qilindi. Bu qanday linza va buyum qaerda joylashtirilgan? A) botiq linza, buyum linzadan ixtiyoriy masofada B) botiq linza, buyum linzaning ikkilangan fokus masofasidan uzoqda C) qavariq linza, buyum linza bilan fokus orasida D) qavariq linza, buyum linzaning ikkilangan fokus masofasidan uzoqda 50. Fokus masofasi 20 sm bo’lgan linzadan 15 sm uzoqlikda buyumning kichiklashgan mavhum tasviri hosil bo’ldi. Buyum linzadan qanday masofada joylashgan (sm)? A) 30 B) 60 C) 75 D) 8,6 51. Fokus masofasi 36 sm bo’lgan linzada 18 sm uzoqlikda joylashgan buyumning kattalashgan mavhum tasviri linzada qanday masofada hosil bo’ladi (sm)? A) 9 B) 18 C) 36 D) 12 52. Linzadan 12,5 sm masofada joylashgan buyumning 2 marta kattalashgan mavhum tasviri hosil bo’lsa, linzaning optik kuchini toping (dptr). A) 2 B) -2 C) 6 D) 4 53. Fokus masofasi 10 sm bo’lgan linzadan 15 sm masofada joylashgan buyumning mavhum tasviri linzadan qanday masofada hosil bo’ladi (sm)? A) 30 B) 20 C) 6 D) 7,5 54. Fokus masofasi 24 sm bo’lgan linzadan 12 sm masofada joylashgan buyumning kichiklashgan mavhum tasviri linzadan qanday masofada hosil bo’ladi (sm)? A) 24 B) 18 C) 12 D) 8 55. Linzadan 10 sm masofada joylashgan buyumning 2 marta kichiklashgan mavhum tasviri hosil bo’ldi. Linzaning optik kuchini aniqlang (dptr). A) 5 B) 10 C) -10 D) -5 56. Buyum yupqa yig’uvchi linzadan 2F masofada joylashgan bo’lsa, uning tasviri qanday bo’ladi? A) to’g’ri, mavhum, kichiklashgan B) teskari, haqiqiy, kichiklashgan C) teskari, haqiqiy, kattalashgan D) teskari, haqiqiy, o’zining kattaligida 57. Optik kuchi 12 dptr bo’lgan yig’uvchi linzadan 50 sm masofada joylashgan buyumning tasviri linzadan qanday masofada hosil bo’ladi (sm)? A) 10 B) 25 C) 60 D) 12 58. Buyumdan linzagacha bo’lgan masofa d ga va linzaning fokus masofasi F ga teng bo’lsa, uning chiziqli kattalashtirishi nimaga teng bo’ladi? A) B) C) D) 59. Fokus masofasi 50 sm ga teng bo’lgan linza yordamida 5 marta kattalashtirilgan haqiqiy tasvir hosil qilish uchun buyumni linzadan qanday masofaga qo’yish kerak? A) 0,6 m B) 0,4 m C) 1 m D) 1,24 m 60. Buyum yiguvchi linzadan masofada joylashgan bo’lsa, linza bilan tasvir orasidagi masofani aniqlang. A) B) C) D) 61. Buyumni fokus masofasi 1 m bo’lgan yig’uvchi linzadan qanday masofaga joylashtirsa, uning mavhum tasviri linzadan 3 m masofada hosil bo’ladi (m)? A) 0,75 B) 1 C) 1,25 D) 2 62. Qavariq linzadan buyumgacha masofa d va linzaning fokus masofasi F qanday munosabatda bo’lganda, linzaning katttalashtirishi 0,5 ga teng bo’ladi? A) B) C) D) 63. Yig’uvchi linzadan buyumgacha bo’lgan masofa fokus masofadan uch marta katta bo’lsa, kattalashtirish koeffitsientini aniqlang. A) 0,5 B) 2 C) 3 D) 1,5 64. Yorug’lik manbai fokus masofasi F ga teng bo’lgan sochuvchi linzaning fokusida turibdi. Uning tasviri linzadan qancha masofada hosil bo’ladi? A) F/4 B) F C) F/2 D) 2F 65. Agar buyum fokus masofasi F ga teng bo’lgan yig’uvchi linzadan cheksiz uzoqlikda joylashgan bo’lsa, uning tasviri linzadan qancha uzoqlikda hosil bo’ladi? A) F B) 2F C) F/2 D) 1,5F 66. Yig’uvchi linza buyumning 8 marta kichiklashtirilgan tasvirini hosil qildi. Agar buyumdan linzagacha bo’lgan masofani 10 sm ga qisqartirsak buyumning 4 marta kichiklashtirilgan tasviri hosil bo’ladi. Linzaning fokus masofasini toping (sm). A) 8 B) 5 С) 2 D) 2,5 67. Sochuvchi linzadan 1 m masofadagi buyumning tasviri linzadan 25 sm masofada joylashgan. Linzaning optik kuchini dioptriyalarda aniqlang. A) -6 B) -4 C) -3 D) 5 68. Yig’uvchi linza yordamida mavhum tasvir hosil qilish uchun buyum. ... joylashgan bo’lishi kerak. A) linza va fokus orasida B) ikkilangan fokusdan keyin C) linza fokusida D) linza va ikkilangan fokus masofasi orasida. 69. Agar linzaning yarmini karton bilan berkitsak, tasvirda qanday o’zgarish bo’ladi? A) tasvirning o’lchami o’zgarmaydi, bir oz xiralashadi B) tasvir yo’qoladi C) tasvirning yarmi yo’qoladi D) tasvirning o’lchami 2 marta kichrayadi. 70. Yig’uvchi linzaning bosh fokus masofasi F ga teng. Linzaning kattalashtirishi 2 dan katta, ammo 3 dan kichik bo’lishi uchun, buyumni undan qanday uzoqlikda qo’yish kerak? A) B) C) D) 71. Qavariq linzadan jism qanday masofada joylashtirilganda, tasvir kattalashgan, mavhum, to’g’ri bo’lishini aniqlang. A) d 72. Quyidagi rasmda ko’rsatilganidek fokus masofasi bo’lgan linzaga parallel tushgan nur fokus masofasi bo’lgan linzadan chiqib yana parallel holda tarqalmoqda (rasm). Shu ikki linza o’rtasidagi masofa qancha bo’ladi? A) B) C) D) 2f>2f> Download 124.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling