5-Ma’ruza. Boshqarish usullari
Boshqarish usullari to‘g‘risida tushuncha
Download 24.8 Kb.
|
5-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqarish usullari
- Funksiyaonal tizim-osti ob’yektlarini boshqarish usuli
5.2. Boshqarish usullari to‘g‘risida tushuncha
Usul- bu tadqiqot qilish yoki ta’sir ko‘rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob’yektini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan usullari , ya’ni. sistema (tizim)li yondoshuv; kompleks yondoshuv; tarkibiy yondoshuv; integrasion yondoshuv; modellashtirish; iqtisodiy-matematik yondoshuv; kuzatish; eksperiment; sosiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi. Ta’sir ko‘rsatish nuqti nazaridan esa usul deganda boshqarish funksiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob’yektiga ta’sir o‘tkazish usullari tushuniladi. funksional timosti ob’yektlarini boshqarish usuli; boshqarish funksiyalarini bajarish usullari; boshqaruv farorlarini qabul qilish usullari. Boshqarish usullari – bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoatlariga ta’sir ko‘rsatish usulari bo‘lib, bu usullar qo‘yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoatlarning faoliyatini uyg‘unlashtirishni nazarda tutadi. Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatitish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob’yektiv tarzda kelib chiqadi. Funksiyaonal tizim-osti ob’yektlarini boshqarish usuli boshqariladigan ob’yektning tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, uning tarkibidagi bo‘limlarni boshqarishda qo‘llaniladigan o‘ziga xos usullarni o‘z ichiga oladi. Ularni quyidagi tizimosti bo‘limlar misolida ko‘rish mumkin. Muammoni qo‘yish bosqichida qo‘llaniladigan uslublar muammoni batafsil yoritishga, muammoga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi oillarni aniqlashga, vaziyatni baxolashga va shu asosda muammoli vaziyati ifodalashga imkon yaratadi. Bu usular tarkibiga: ma’lumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlash va tahlil qilish usullari; muhim vofealarni qayd qilish usullar; qiyoslash usullari; dekompozitsiya va modellashtirish usullariga muhim o‘rin beriladi. Muammoni hal qilish, ya’ni echim variantlarini ishlab chiqish bosqichida ham ma’lumotlarni yig‘ishda qo‘llaniladigan usullardan foydalaniladi. Ammo bu usullarni qo‘llashga “Nima sodir bo‘ldi” va qaysi sababalar ta’siri ostida bo‘ladi. Degan muammoni hal qilishiga emas, balki muammoni qay tarzda hal qilish, qanday boshqaruv usulini qo‘llash lozim, degan savolga javob topish nuqtai nazardan yondoshiladi. Qarorni tanlash bosqichida, eng avvalo tanlash me’yor (kriteriya) larini shakllantirishga e’tibor beriladi. Bu yerda so‘z ko‘pincha maksimumlashtiradigan yoki minimumlashtiridigan maqsadli funksiya to‘g‘risida boradi. Odatda bunday tanlovni optimallashtirish deb ataladi. Optimallashtirish kriteriyalariga quyidagilar misol bo‘la oladi. foydani, daromadni, mehnat unumdorligini , samaradorlikni maksimumlashtirish; harajatni, qo‘nimsizlikni, unumsiz ish vaqtlari va hakozalarni minimumlashtirish; harajatni, ko‘nimsizlikni, unumsiz ish vaqtlari va hakozolarni minimumlashtirish. Download 24.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling