Ionizatsion vakuummetr va manometrlar
Qizigan katodli ionizatsion vakuummetr 133,3 dan 133,3*10
-5
MPa
diapazondagi
vakuumni o`lchashga mo`ljallangan. Vakuummetrning ishlash printsipi
gaz molekulalarining
qizigan katod yoki nurlanuvchi raoaktiv elementdan chiqayotgan
elektronlar oqimi tomonidan
ionlashuviga asoslangan.
Birinchi holatda, o`zgartkich sifatida uch
elektrodli manometrik lampa
xizmat qiladi. Uning balloni 1 o`lchanayotgan muxit bilan ulangan (rasm 15.7).
Ballonda volfram
sim 2 (katod) to`r 3 va anod-kollektor 4 joylashgan. Katoddan uchib chiqayotgan elektronlar musbat
zaryadlangan anod tomonidan tortiladi. Tortilish jarayonida elektronlar gaz bosimiga bog`liq
ravishda ko`proq yoki kamroq miqdordagi molekulalarni ionlashtiradi. Ionlar kollektorda yig`iladi
va tok xosil qiladi, tok kuchi I
k
anod tokining kuchi va gaz bosimiga to`g`ri proportsional. Ikkinchi
holatda
α-nurlanishni qo`llash
samaraliroq xisoblanadi, chunki u zarralarni ko`proq
ionlash
qobiliyatiga ega.
Rasm 15.7
Ionizatsion kamerali vakuummetr sxemasi
Rasm 15.8
1-ionizatsion kamera, 2-radioaktiv izotop, 3-
kollektor, 4va5-ekran, 6-taqsimlovchi, 7-o`lchash
asbobi