5-maruza: infuzoriyalar infusoria, ciliophora


Bir hujayralilar filogeniyasi


Download 45.23 Kb.
bet6/6
Sana13.04.2023
Hajmi45.23 Kb.
#1350673
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-MARUZA

Bir hujayralilar filogeniyasi. Hayvonot dunyosi evolyutsiyasida bir hujayrali hay-vonlar eng avval paydo bo’lgan va tuban tuzilgan hayvonlar hisoblanadi. Evolyutsiya jarayonida bu hayvonlarning tuzilishi tobora murakkablasha borgan. Xilma-xil yashash muhitiga moslanishi natijasida turlar soni ham orta borgan. Bir hujayralilarning (masalan, infuzoriyalarning) progressiv yo’l bilan rivojlanishi hozir ham davom etmoqla.
Ayrim zoologlarning fikricha sarkodalilar, xususan chig’anoqsiz amyobalar eng qadimiy hayvonlar hisoblanadi. Chunki bir qancha organoidlar (og’iz, poroshitsa, pellikula)ning rivojlanmaganligi, tana shaklining doimiy bo’lmasligi hamda harakatlanish organoidining ixtisoslashmagan soxta oyoqlardan iborat ekanligi ularni morfologik jihatdan eng sodda hayvonlar ekanligini ko’rsatadi. Lekin 1941 yilda Pasher dastlabki organizmlar atrof muhitning anorganik moddalari bilan oziqlangan bo’ lishi kerak, shuning uchun dastlabki organizmlar o’simliklarga o’xshash autotrof oziqlangan degan fikrni o’rtaga tashlaydi. Keyinchalik bu fikrni boshqa bir qancha zoologlar ham quvvatladi. Ular fikricha ko’pchilik sarkodalilar o’z taraqqiyot sikli davomida xivchinli stadiyalarni o’tadi. Masalan, foraminiferalar va radiolariyalar xivchinli gametalar hosil qiladi. Buni sarko-dalilarning qadimiy ajdodlari tuzilish belgilarining takrorlanishi deb tushuntiriladi. Ayrim aralash oziqlanadigan miksotrof xivchinlilarning avtotrof (fotosintez) oziqlanishdan osonlikcha geterotrof (saprofit) oziqlanishga o’tishini yuqoridagi fikrning isboti taraqasida ko’rsatiladi. Xivchinlilarning xivchini prokariot organizmlar (bakteriyalar)ning xivchini bilan tenglashtiriladi. Keltirilgan dalillarga ayeoslanib, sarkodalilar eng kadimgi geterotrof xivchinlilardan kelib chiqqan; xivchinlilar barcha sodda hayvonlar, shu-ning bilan birga butun hayvonot dunyosining ajdodi hisoblanishi zarur bo’ladi. Lekin elektron mikroskopda olib borilgan tekshirishlar xivchinlilarning xivchini ancha murakkab tuzilganligi, ular morfologik va fiziologik xususiyatlariga ko’ra prokariot bakteriyalar xivchinidan katta farq qilishini ko’rsatdi. Yuqorida keltirilgan dalillar hozirgi xivchinlilar yoki sarkodalilarni barcha sodda hayvonlarning ajdodlari emasligini ko’rsatadi5.
A. I. Oparin o’zining yerda hayotning paydo bo’lishi haqidagi gipotezasida organik moddalar tirik organizmlar paydo bo’lishidan oldin nobiologik yo’l bilan sintez bo’lgan deyiladi. Dastlabki



5 И.Х. Шарова ЗООЛОГИЯ БЕСПОЗВОНОЧНЫХ. Москва, ”Владос”, 2004.-592 s. 81-98 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
Download 45.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling