5-Ma’ruza. Latexda hujjatlarni tayyorlash tizimi va undan foydalanish


Download 28.45 Kb.
bet1/12
Sana29.03.2023
Hajmi28.45 Kb.
#1308734
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-Ma’ruza. Latexda hujjatlarni tayyorlash tizimi va undan foydal-fayllar.org


5-Ma’ruza. Latexda hujjatlarni tayyorlash tizimi va undan foydalanish

5-Ma’ruza. Latexda hujjatlarni tayyorlash tizimi va undan foydalanish.



5-Ma’ruza. Latexda hujjatlarni tayyorlash tizimi va undan foydalanish.
Reja:

  • Tex va Latex matn muharriri haqida ma’lumot.

  • Tex va Latex matn muharririda ishlash.

  • Matematik formulalar bilan ishlash.

  • Grafik imkoniyatlari.


LaTeX — turli xil koʻrinishdagi hujjatlarni yaratish va tahrirlash uchun moʻljallangan makropaket boʻlib, TeX dasturi asosida ishlaydi. Shuningdek, nashriyot tizimlarida ham qoʻllaniladi.
Ushbu paket yordamida turli koʻrinishdagi maqolalar, hisobotlar, taqdimotlar, bundan tashqari butun boshli kitoblarni yozish mumkin. Unda turli matematik formulalarni yozish juda qulay, shuningdek, jadvallar yaratish, havolalar bilan ishlash, raqamli va belgili roʻyxatlar hosil qilish kabi amallar avtomatlashtirilgan. Bundan tashqari, yana boshqa qoʻshimcha paketlar ham bor boʻlib, ularning yordamida hujjat yaratish birmuncha oson va qiziqarli koʻrinishga keladi.
Paketning ilk versiyasi 1984-yilda Lesli Lemport tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi versiyasi LaTeX2ε deb nomlangan boʻlib, 1994-yilda yaratilgan.
Ushbu paket yordamida yaratilgan fayl kengaytmasi *.tex kengaytmaga ega boʻladi.
Hozirgi kunda zamonaviy analitik sistemalar, masalan, MapleMathematicaMaxima yoki Reduce kabilarda yaratilgan hujjatni *.tex formatga oʻtkazish imkoniyati mavjud.
Umuman olganda, dastur imkoniyatlari cheklanmagan (yangi makroslarni dasturlash imkoniyati tufayli). Quyida uning CTAN serveridan yuklab olish mumkin boʻlgan imkoniyatlari keltirilgan:

  • Hujjatni tarkibiy qismlarga ajratish;

  • Xatboshi, soʻzlar orasidagi boʻsh joylarni avtomatik aniqlash;

  • Graflar, diagramma va sxemalarni chop etish;

  • Organik kimyo va Noorganik kimyoga tegishli kimyoviy formulalar va molekulyar bogʻlanishlarni tasvirlash;

  • Matematik formulalar, tenglamalar, tenglamalar sistemasi, operatorlarni tasvirlash;

  • Bibliografiyalar hosil qilish va ularni tahrirlash;

  • Formula, rasm, jadvallar uchun havolalar yaratish va tahrirlash;
    va hokazo.



Download 28.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling