5-ma’ruza. Lokomotivlarning asosiy mexanik qismlari va ularning vazifalari


Download 1.37 Mb.
bet5/6
Sana18.11.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1783465
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-ma’ruza. Lokomotivlarning asosiy mexanik qismlari va ularning

Ressora osmasi

  • Ressora osmasi elektrovozning olgan zarblarini yumshatish uchun, notekis yo’llardagi tebranishlarni ressora usti qurilmalarigacha yetib bormasligi uchun va g’ildirak juftliklari hamda g’ildiraklar orasidagi yuklanishlarni teng taqsimlash uchun xizmat qiladi. Elektrovozda ikki bosqichli ressora qo’llaniladi: Birinchi bosqichli listli ressoralar, balansirlar va prujinalar arava ramasi buksasini g’ildirak juftligiga tayanishida yordam beradi; Ikkinchi bosqichli ressoralar – markaziy va yon tayanchlar kuzovni aravaga tayanishida yordam beradi.
  • Ressora osmasi listli ressora 1, slindrsimon prujina 2, balansirlar 4, tayanch 6, birlashma 9, sterjenlar 5, valiklar 7 va boshqalardan tashkil topgan. Ressora 10 ta 55S2 yoki 60S2 markali, yuzalari o’lchami 16x120 mm li bo’lgan staldan yig’ilgan bo’lib, homut 8 va buksaga valik 5 orqali osilgan.

VL60 Elektrovozi ressora osmasi

Ressora osmasining mexnik ko’rsatkichlar


- Ressora osmasining umumiy statik egilishi, mm 108
- Bitta aravada ressora osmasining
qattiqligini kamayishi, N/mm (kgs/mm) 8310 (848)
Prujinalar
Ishlatilmagan holatdagi balandligi, mm 236
Prujina detali diametri, mm 40
Ishchi o’ramlar soni 3,5
Umumiy o’ramlar soni 5
Bitta prujina qattiqligi, N/mm (kgs/mm) 1746 (178)
Prujinaning statik egilishi, mm 23,9
Stal markasi 60S2XFA

G`ildirak juftliklari soni bo`yicha aravachalar ikki o`qli, uch o`qli va to`rt o`qli turlarga bo`linadi. Mamlakatimizda faqat ikki va uch o`qli aravachalar ishlatiladi (uch o`qli aravachalarning kichik radiusli burilishlar bo`ylab harakatlanishi murakkabroq). Tortuv motorlari soniga ko`ra aravachalar xususiy va guruhiy yuritmali bo`lishi mumkin. Xususiy yuritmada har bir o`q xususiy tortuv motori yordamida aylantiriladi, guruhiy yuritmaga esa aravachada bitta tortuv motori mavjudligi xos, mamlakatimizda foydalanishda bo`lgan lokomotivlarda xususiy yuritma qo`llaniladi. Kuzov bilan bo`ylama bog`lanish tizimiga ko`ra aravachalar shkvornyali va shkvornyasiz turlarga bo`linadi (VL80 elektrovozlarining barcha turlari shkvornyali bog`lanishga ega). Ishlab chiqarish usuliga ko`ra aravachalar listli, bru­sli, quyma va payvandlab tayyorlangan ramali bo`lishi mumkin. G`ildirak juftligini aravacha ramasi bilan bog`lanishi turiga ko`ra aravachalar jag`li va jag`siz bo`lishi mumkin.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling