5-ma’ruza. Ma`lumotлар modeli. Relyatsion ma`lumotlar modeli va relyatsion algebra. Ma`lumotlarning modeli
Download 1.28 Mb.
|
Маълумотлар базаси 5-лекция узб
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mohiyat - aloqa modeli.
- Yarimtuzilgan ma`lumot modeli.
Munosabat modeli. Jadvallarni va ulardagi ma`lumotlarni o`zaro bog`lanish munosabatlarini tasvirlash uchun foydalaniladi. Har bir jadvalning bir necha ustunlari va har bir ustunning yagona takrorlanmas nomi bo`ladi. Bu model MBni boshqarish tizimida juda keng foydalaniladi.
Mohiyat - aloqa modeli. Bu modeldan asosan obektlarning yig`indisini va ular o`rtasidagi bog`liqlikni tasvirlaydi. Mohiyat bu biror narsa yoki obekt haqiqiy dunyodagi boshqa obektlardan farqlaydi. Bu modeldan MB tuzilmasida keng foydalaniladi. Ob`ekt-baza ma`lumot modeli. Ob`ektga yo`naltirilgan dasturlash dasturlash metodlari ichida ustuvor hisoblanadi. Ob`ektga yo`naltirilgan ma`lumot modelida tayyor ob`ektlardan foydalaniladi. Yarimtuzilgan ma`lumot modeli. Bu model ma`lumotlarning o`ziga xos xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Bu model yuqorida keltirib o`tilgan modellarga zid ishlaydi. Bunda har bir ma`lumot qismini o`ziga xos xususiyati o`rnatilgan bo`lishi kerak. Ma`lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish uchun ma`lumotlarni turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash axborotlar bazasini yaratayotgan foydalanuvchining zimmasiga yuklatilgan bo`lib, u ko`plab omillardan bog`liq. Bu omillar qatoriga mavjud texnik va dasturiy ta`minot avtomatlashtirilayotgan masalarning murakkabligi va axborotning xajmi kabilar kiradi Ma`lumotlar modeli quyidagi tarkibiy qismdan iborat: Foydalanuvchining MBga munosabatini namoyish etishga mo`ljallangan ma`lumotlar tuzilmasi. Ma`lumotlar tuzilishida bajarilish mumkin bo`lgan operatsiyalar. Ular ko`rib chiqilayotgan ma`lumotlar modeli uchun ma`lumotlar tilining asosini tashkil etadi. Yaxshi ma`lumotlar tuzilmasining o`zigina yetarli emas. Ma`lumotlarni aniqlash tili (MAT) va ma`lumotlar bilan amallar bajarish tilining (MABT) turli operatsiyalari yordamida bu tuzilma bilan ishlash imkoniga ega bo`lish zarur. Yaxlitlikni nazorat qilish uchun cheklashlar. Ma`lumotlar modeli uning yaxlitligini saqlash va ximoya qilishga imkon beruvchi vositalar bilan ta`minlangan bo`lishi lozim. Quyida Shunday cheklanishlarning namunalari keltirilgan: a) har bir "kichik daraxt" tugunga ega bo`lishi kerak. Ma`lumotlarning ierarxik bazalarida birlamchi tugunsiz "tug`ma" tugunlarni saqlash mumkin emas. b) ma`lumotlarning relyatsion bazasiga nisbatan bir xil kortejlar bo`lmaydi. Fayl uchun bu cheklash barcha yozuvlarning yagonaligini talab etadi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling