5-ma’ruza: Marketingni ichki va tashqi muhiti Reja
-chizma. Korxonaning tashqi muhiti (makro-muhit)
Download 36.89 Kb.
|
5 2 soat
11-chizma. Korxonaning tashqi muhiti (makro-muhit)
Mamlakatdagi siyosiy muhit asosan davlatning mustaqilligi va bevosita siyosiy yondashuvlar va yo‘nalishlarni mustahkamlash bilan bog‘liq tendensiyalar, boshqa tomondan esa bozor munosabatlariga o‘tish va o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish bilan tavsiflanadi. Siyosiy muhitga ijro etuvchi davlat hokimiyatining omillari bilan bir qator muhim omillar ham kiradi. Ular ichida mulkchilik, tadbirkorlik, iste’molchilar huquqlarini muhofaza qilish va reklama munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik va qonunlarni ko‘rsatish mumkin. Huquqiy tartibga solishning samarali yo‘nalishlarini izlash davom etmoqda. Jamiyat iqtisodiy muhitining ahvoli asosan korxonalar daromadlarining darajasi va aholining harid qobiliyati kabi ko‘rsatkichlar bilan, shuningdek, inflyatsiya, kredit stavkalari, soliq solish stavkalari, aholining joriy daromadlari, jamg‘armalarining darajalari, iste’mol savatining qiymati bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi talabda nafaqat miqdoriy, balki tarkibiy siljishlarga ham olib keladi. 1991 -yilda mustaqillikka erishilgandan buyon O‘zbekistonda rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga asta-sekin o‘tish siyosati o‘rnatildi. 90-yillarning birinchi yarmida iqtisodiy ishlab chiqarishning tushishi kuzatilgan bo‘lsa ham, makroiqtisodiy barqarorlashtirish va tarkibiy islohotlar 1996 -yildan boshlab iqtisodiy yaxshilanishga asos soldi. Daromadlarning oshishi qishloq xo‘jaligida 5,8% va sanoatda 2,2% ga daromadlarning o‘sishini o‘z ichiga oladi. Bozor munosabatlari rivojlanishida, iqtisodiyot sohalari va ijtimoiy himoyalash sohasida o‘sishlar ko‘zga ko‘rinmoqda. Kichik korxonalarni xususiylashtirish keng miqyosda amalga oshirildi, o‘rta va yirik korxonalarning ommaviy xususiylashtirilishi esa donor tashkilotlar tomonidan saqlab turildi. Davlat xususiy sektorning, xususiylashtirishning, mehnat va kapital bozorlarining rivojlanishini yo‘naltirishda bozor iqtisodiyoti rivojlanishining bosqichli yondoshuvini tanlashi orqali nisbatan kuchli mavqeni egallab kelmokda. 1991—1995 -yillar davomida mustaqillikkacha bo‘lgan davrga nisbatan aholi jon boshiga daromadning salmog‘i 20% ga pasaydi. Hududlar bo‘yicha, qishloq va shahar zonalari o‘rtasida va turli xil ijtimoiy guruhlar daromadlari o‘rtasidagi farqning ancha o‘sishi ro‘y berdi. 1977 -yilda aholining 22%i (oilalarning 16%i) kambag‘alllik darajasiga teng yoki undan ham past aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromadga ega edi. Davlat, ayniqsa, aholining eng ko‘p salmog‘i yashaydigan va kambag‘allik darajasi yuqoriroq bo‘lgan qishloq joylarda aholining bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berish orqali bu masalani hal qildi. Aholini ijtimoiy himoyalash eng asosiy vazifa sifatida belgilangan va bu maqsadlarga davlat byudjeti mablag‘larining uchdan bir qismiga yaqini ajratilgan edi. Biroq ijtimoiy himoya bo‘yicha yondoshuvlar asta-sekin aholini ijtimoiy xizmatlarni passiv oluvchilari sifatida ishlatishdan ularning daromad olishda faol qatnashuvini rag‘batlantirishga tomon o‘zgardi. Download 36.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling