5-ma’ruza. Mavzu. Qolip va armatura ishlarini bajarish Reja


Yig‘ma – monolit konstruksiyalar


Download 1.06 Mb.
bet11/12
Sana19.04.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1361878
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5-ma\'ruza

18. 2. Yig‘ma – monolit konstruksiyalar
1- Suv o‘tkazgich; 2-balkalar; 3- betonning birichi yarusi; 4- betonning ikkinchi yarusi 5- yuqorigi ko‘ndalang armatura; 6-yuqorigi bo‘yma armatura; 7- pastki ko‘ndalang armatura; 8- pastki bo‘ylama armatura; 9- armofer-malar; 10- armaturalar payvandlash ulamalari; 11- temir beton segment; 12- tortgichlar; ;13- oldingi yotqizilgan beton; 14- tayanch bo‘g‘in; 15- tayanch inventar ustunlar; 16- beton; 17- bog‘lovchi engil armofermalar; 18-ishchi armatura; 19- armofermalar; 20- armatura setkalar; 21- tekis armopa-nellar; 22- zatvorlar uchun paz konstruksiyalar; 23- metalkonstruksiya elementlari; 24- ustun kallagi armopaneli.
18.2. - rasmda yig‘ma-monolit konstruksiyalar ko‘rinishidan namunalar ko‘rsatilgan.
So‘rish quvurlarini yig‘ma-monolit qoplamalarini balkalar yordamida qoplanganda asosan ko‘ndalang armaturalar hisobi inobatga olinadi.
( 18.2, a – rasm ) Setka (to‘r) shaklidagi bo‘ylama armaturalar balkalar ustiga o‘rnatiladi va shundan so‘ng monolit beton bilan birinchi yarus qoplamasi quriladi. Birinchi yarus betoni qotgandan so‘ng ikkinchi yarus betoni yotqiziladi. Qoplamalar uchun balkalar asosan qurilish maydonidagi poligonlarda tayyorlanadi va maxsus transport vositalarida inshootga olib kelinib, kranlar yordamida yig‘iladi.

18.2.b - rasmda so‘ruvchi quvurning armofermali yig‘ma-monolit qoplamasi ko‘rsatilgan. Bunda pastki qism bo‘ylama armaturalari yig‘ish jarayonida payvandlash orqali bog‘lanadi. Betonlashtirish jarayoni ikki yarusda olib boriladi. Ushbu holatda ham yig‘ma temir-beton elementlari qurilish maydonidagi poligonlarda tayyorlanishi mumkin.


18.2.v - rasmda so‘ruvchi quvurning kirish qismi konstruksiyasi ko‘rsatilgan. Bu erda asosan egri chiziqli balkalar yoki armofermalar shaklidagi temir-beton segmentlardan foydalaniladi.
Inshootning vertikal qismlarida armatura-qolip panellardan foydalaniladi. Ular asosan ishchi va tarqatuvchi armaturalar bilan jihozlangan, sirti silliq, qalinligi 10-20 sm bo‘lgan yig‘ma temir-beton plitalardan iborat. Bunday yig‘ma temirbeton konstruksiya va elementlarini qo‘llashning yana bir foydali tomoni qo‘shimcha ravishda qoliplash ishlarini bajarish zaruriyati bo‘lmaydi.
Gidrotexnik inshootlarning asosiy qismlaridan biri bo‘lgan, zatvorlar o‘rnatiladigan va ularning ish jarayonini ta’minlovchi konstruksiyalari pazlar o‘rnatilgan va ishlov berilgan maxsus ustunlar shaklida quriladi.
To‘liq yig‘ma konstruksiyalar - gidrotexnik, gidroenergetik inshoatlarning yuqori qismlarini tashkil etadi va ularning asosiy qismini yig‘ma temir-beton elementlari tashkil etadi va ularni yig‘ish jarayonida birlashmalarni monolit (xolis) beton bilan yopiladi.
Yig‘ma temirbeton elementlari o‘lchamlari va og‘irligini belgilashda, asosiy e’tibor yig‘ish ishlarida qo‘llanishi ko‘zda tutilgan kran qurilmalari harakteristikalariga qaratiladi. Element va konstruksiyalar og‘irligi, yig‘ish ishlarini bajaradigan kranning yuk ko‘tarish qobiliyatidan katta bo‘lmasligi shart. CHunki yig‘ish ishlari uchun, alohida yuk ko‘tarish qobiliyati yuqori bo‘lgan kranlarni o‘rnatish va ulardan foydalanish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo‘ladi. Ba’zi xollarda, loyihaviy konstruksiyaning og‘irligi asosiy yig‘ish ishlarini bajaradigan kran yuk ko‘tarish qobiliyatidan katta bo‘lsa, konstruksiya ishchi chizmasiga o‘zgartirish kiritish mumkin, ya’ni konstruksiyani ikki yoki undan ortiq elementlarga bo‘lib tayyorlash va yig‘ish jarayonida ularni belgilangan texnologiyada birlashtirish mumkin. Ammo, shuni ham qayd qilib o‘tish kerakki, gidrotexnik inshootlar konstruksiyalarini mayda yig‘ma temir-beton konstruksiyalaridan tiklansa, yig‘ish ishlarida mehnat sarfi ancha yuqori bo‘ladi. CHunki elementlar birlashgan joylariga ishlov berish, betonlash va pardozlash ishlari hajmi ko‘payadi va ko‘p vaqt talab qiladi. SHuningdek, elementlar birlashmalari inshootning ojiz qismi bo‘lishi va keyinchalik ulardan suv sizib o‘tish holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Gidrotexnika qurilishida yig‘ma temirbeton konstruksiyalari va elementlarini qo‘llash tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ularni asosan inshootlarning gorizontal konstruksiyalarini tiklashda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bunday holatda ular barcha texnik ko‘rsatkichlari samarali bo‘ladi va oddiy qurilish poligoni sharoitida tayyorlash imkoniyati borligi, ulardan iqtisodiy jihatdan samarali foydalanishga olib keladi. Inshootlarning vertikal konstruksiyalarida, ishchi armaturalarga ega bo‘lgan armopanellar, plitalar, ustunlar va hakazo shakllardagi yig‘ma temirbeton elementlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling