5-ma’ruza. Mineral oziqlanish fiziologiyasi Reja


Download 327.89 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi327.89 Kb.
#1382700
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-m


5-ma’ruza. Mineral oziqlanish fiziologiyasi
Reja

  1. O’simliklarning mineral oziqlanishi va mineral elementlarning fiziologik ahamiyati

  2. Mineral elementlarning fiziologik ahamiyati



O’simliklarning mineral oziqlanishi va mineral elementlarning fiziologik ahamiyati
O’sim liklar tuproqdan juda ko‘p mineral moddalarni, ya’ni davriy sistemada uchraydigan deyarli barcha elementlarni u yoki bu ko‘rinishda suv bilan birga qabul qilib, o‘z tanasini qurishga va organik moddalar to‘plashga sarf qiladi. Bundan kelib chiqadiki, tuproqning tarkibi va xususiyatlari o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishida alohida ahamiyatga ega.
Tuproq tarkibidagi kul va chirindi moddalarning o’simliklar hosildorligiga ijobiy ta'sir qilishi avvaldan ma’lum. Ammo bu fikrga birdaniga kelinmagan. Masalan, gollandiyalik olim Ya.B. Van-Gelmont (1629) 91 kg quruq tuproq sig ‘adigan chelakga massasi 2,25 kg bo’lgan tol qalamchalarini ekkan va uni doimiy ravishda yo’l g‘ir suvi bilan sug‘orib turgan. Besh yil o ‘tganidan so ‘ng tuproq va tolning o g ‘irliklari alohida-alohida o’lchab ko‘rilganida tolning og’lrligi 77 kg.ni (75 kg qo ‘shilgan) tashkil qilgani holda tuproq og’lrligi 0,56 kg.ga kamaygan xolos. Demak, har yili to‘kiladigan barglami hisobga olmagan holda ham o‘simlik massasi 33 baravar ortgan. Shunga asoslanib Ya.B.Van Gelmont o‘simliklar gavdasi suvdan tuziladi degan noto‘g‘ri xulosa qilgan va buning asosida o‘sim liklar oziqlanishining «Suv nazariyasi» paydo bo’ldi.
Shuni aytib o‘tish lozimki, bizning eramizdan 384-322-yil avval Aristotel tomonidan o‘simliklar tuproqdan oziqani murakkab moddalar holida oladi degan tushuncha ilgari surilgan. Bu tushuncha nemis agrono’li A. Teeyar (XVIII asm ing oxiri, XIX asrning boshi) to’lonidan rivojlantirilgan va shu asosda u o ‘zining «gumus nazariyasi» ni yaratdi. Bunga asosan, o ‘simliklar tuproqdagi suv va gumus moddalari bilan oziqlanadi.
Shvetsariyalik tabiatshunos olim N.T. Sossyur O’sim liklar tarkibini o‘rganib, tuproq, o‘simliklarni azot va boshqa mineral elem entlar bilan ta’minlaydi degan xulosaga kelgan. Shuningdek, u o‘zining « O’simliklami kimyoviy o‘rganish» (1804) asarida o‘simIik ildizlari to’lonidan suvli eritmalardan har xil tuzlami o ‘zlashtirilishi miqdori va tezligi bir xil emasligi haqidagi flkmi aytgan. Keyinchalik fransuz agrono’li J.B. Bussengo (1837) o‘z ilmiy ishlarida, o‘simliklar atm osfera azotini o‘zlashtira olmasligi va faqatgina ildiz orqali tuzlami o‘zlashtirishi mumkinligini aytadi. Shuningdek, u o‘simliklarni mineral elementlar bilan (kul va selitra) ta’minlash tufayli ulami toza qumda ham o‘stirish mumkin ekanligini ko‘rsatgan.
Hozirgi vaqtda tuproqda azot yig‘ilishiga olib keluvchi bir qancha mikroorganizmlar aniqlangan. Bulardan biz ammoniflksatorlarni, azotofiksatorlarni, nitriflkatorlarni va denitrifikatorlarni ko‘rsatishimiz mumkin. Ularning vazifalari asosan quyidagilardan iborat:
- ammonifikatorlar azotli organik birikmalarni, masalan, oqsillar, nuklein kislotalar mochevina va boshqalami parchalaydi;
- azotofiksatorlar molekular azotni bog‘lash xususiyatiga ega;
- nitrifikatorlar O2 yordamida ammiakni nitratlargacha oksidlaydi.
-denitrofikatorlar nitratlarni molekular azotga aylantiradi. Ammo O2 yetishmagan
sharoitda ular nitratlar kislorodidan foydalanishadi va azotni atmosferaga qaytaradi hamda tuproqni kam bag‘allashishiga olib keladi.
O’sim liklam ing mineral oziqlanishi bevosita tuproq bilan bog’liq bo’lgani tufayli biz tuproqshunoslikning ilmiy asoslarini yaratgan rus olimlari P.A. Kostichev va V.V.Dokuchaevlarning hamda tuproqning shimuvchi ko’lpleksi asoslarini yaratgan K.K. Gedroyts ishlarini aytib o‘tishimiz lozim. Bunga asosan moddalar shu jum ladan minerallar tuproqda mexanik yo’l bilan fizik ta 'sir natijasida, kimyoviy va biologik bog’lash tufayli ushlab turiladi.

Download 327.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling