5-ma’ruza. O`lchash vositalari, ularning turlari
Download 286.12 Kb. Pdf ko'rish
|
5-ma\'ruza (1)
5-ma’ruza. O`lchash vositalari, ularning turlari. Reja: 1. O’lchash vositalari va ularning guruhlanishi. 2. O`lchash vositalarining ishlash prinsipi. 1. O’lchash vositalari va ularning guruhlanishi. O’lchashlarda qo’llaniladigan va normallashgan metrologik xossalarga ega bo’lgan texnik vositalar o’lchash vositasi deyiladi. O’lchash printsipini va vositasini belgilab beradigan ususllar majmui o’lchash usuli deyiladi. O’lchashlarda: - bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) baxolash; - differentsial baxolash; - o’lchov bilan taqqoslash - nol (kompensatsion) usullar keng qo’llaniladi. Bevosita baxolash ususli o’lchanayotgan kattalik miqdorini bevosita o’lchash asbobning h’isoblash qurilmasi bo’yicha bevosita topish imkonini beradi. Masalan, bosimni prujinali manometr bilan, massani tsiferblatli tarozida, tok kuchini ampermetr bilan o’lchash va h’akazo. Differentsial usul (ayirmali usul) o’lchanayotgan va malum kattaliklarning ayirmasini o’lchashni xarakterlaydi. Masalan, gaz aralashmasi tarkibini h’avoning issiqlik o’tkazuvchanligiga taqqoslash yo’li bilan issiqlik o’tkazuvchanlik bo’yicha o’lchash. G’oyatda aniq o’lchashlarda o’lchov bilan taqqoslash usuli qo’llaniladi. Bunda o’lchanayotgan kattalik o’lchov yordamida topilgan kattaliklar bilan taqqoslanadi. Masalan, o’zgarmas tok kuchlanishni e.yu.k normal element e.yu.k iga teng bo’lgan taqqoslash kompensatorida o’lchash yoki massani pishangli tarozilarda muvozanatlashtiruvchi toshlar bilan o’lchash. Nol (kompensatsion) usul o’lchanayotgan kattalikni qiymati malum bo’lgan kattalik bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma malum kattalikni o’zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi. Poientsiometrlar, muvozanatlashtirilgan ko’priklar va boshqalar nol usulga asoslangan asboblarga misol bo’la oladi. Nol usuli o’lchashning yuqori aniqligini taminlaydi. Download 286.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling