5-ma’ruza: raqamli ishlov berish tezkorligini oshirish yo’llari. Reja


Download 352.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi352.34 Kb.
#1603043
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 (1)

Kamchiliklari:
• 
Umumiy xotiraning mavjud emasligi protsessorlar o‘rtasida ma’lumotlar 
almashish tezligini sezilarli darajada pasaytiradi. Protsessorlar o‘rtasida xabarlar 
almashishni amalga oshirish uchun maxsus dasturlash texnikasi talab etiladi.;
• 
Har bir protsessor chekli hajmdagi lokal xotira bankidan foydalanish 
imkoniyatiga ega;
• 
Massiv parallel tizimlar uchun dasturiy ta’minot narxining yuqoriligi
SGI firmasining oxirgi mashinasi CRAY T3E Dec Alpha 21164
protsessorlari asosida qurilgan bo‘lib unumdorligi 1200 Mflops/s (CRAY T3E-
1200) tashkil etadi. Undagi protsessorlar sonini 2048 tagacha oshirish mumkin. 
MPP-tizmlar bilan ishlaganda ma’lumotlarni(xabarlarni) uzatishga 
asoslangan dasturlash paradigmasidan (Massive Passing Programming Paradigm 
–MPI, PVM, BSPlib) foydalaniladi. 
Bu arxitekturaning moxiyati shuki xotira fizik jixatdan tizim qismlari 
o‘rtisida taqsimlangan bo‘lib mantiqiy jixatdan umumiy hisoblanadi. SHuning 
uchun foydalanuvchi yagona adreslar fazosiga ega bo‘ladi. Tizim bir jinsli 
bazaviy modullar (platalar) asosida qurilgan. Har bir modul bir nechta protsessor 
va xotira blokidan tashkil topgan. Modullar yuqori tezlikka ega bo‘lgan 
kommutator orqali bog’‘langan. Boshqa modullarning xotirasiga murojaat 
qurilmaviy jixatdan tashkil qilingan. Bu holda lokal xotiraga murojaat uzoqdagi 
xotiraga nisbatan bir necha barobat tez amalga oshiriladi. Moxiyatiga ko‘ra 
NUMA arxitekturasi MPP arxitekturasi hisoblanib alohida hisoblash elementlari 
sifatida SMP tugunlardan foydalaniladi.


Bitta SMP tugun ichida ma’lumotlar almashish va xotiraga murojaat 
tugunning lokal xotirasi orqali juda tez amalga oshiriladi. Boshqa SMP tugun 
protsessoriga murojaat nisbatan sekin amalga oshiriladi. 
Birinchi marta SMP arxitektura g‘oyasini Stiv Vollox taklif etgan. HP 
firmasi bu g‘oyani sotib olgan va o‘zining SPP seriyali superkompyuterlarida 
qo‘llagan. Seymur Krey (Seymour R.Cray) bu g‘oyaga yangi element – kogerent 
keshni qo‘shib cc-NUMA arxitekturasini yaratgan (Cache Coherent Non-
Uniform Memory Access – keshlar kogerentligi ta’minlangan xotiraga bir jinsli 
bo‘lmagan murojaat). Origin tizimlari shunday arxitektura asosida qurilgan. 

Download 352.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling