5-Ma’ruza. Risklarni tahlil qilish bosqichlari. Reja: Umumiy qoidalar


Download 295.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana03.12.2023
Hajmi295.2 Kb.
#1797118
  1   2   3   4
Bog'liq
5-ma\'ruza



5-Ma’ruza. Risklarni tahlil qilish bosqichlari. 
 
Reja: 
1. Umumiy qoidalar. 
2. Boshqarish metodlarini baholash. 
3.  Risklarni tahlil qilish. 
 Kalit so‘zlar: risk, metodologiya, kommunikatsiya, struktura, kontekst, 
modifikatsiya, ekspluatatsion cheklash 
 Risklarni tahlil qilish, aktivlarning kritikligiga, ma’lum zaifliklarning va 
tashkilotga taalluqli bo‘lgan oldingi insidentlarning tarqalganligiga bog‘liq ravishda, 
turlicha detallashtirish darajasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Risklarni tahlil 
qilish metodologiyasi vaziyatga bog‘liq holda, sifatli yoki miqdoriy yoki ularning 
birikmasi bo‘lishi mumkin. Amaliyotda ko‘pincha, asosiy risklarni aniqlash va risk 
darajasi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar olish uchun sifat jihatdan baholashdan 
foydalaniladi. Keyinchalik, asosiy risklarni yanada spetsifik yoki miqdor jihatdan 
tahlil qilish zarurati paydo bo‘lishi mumkin, chunki odatda, miqdor jihatdan tahlil 
qilishga qaraganda sifat jihatdan tahlil qilishning bajarilishi murakkab 
hisoblanmaydi va kam xarajatli.
Tahlil qilish shakli kontekstni o‘rnatishning bir qismi sifatida ishlab chiqilgan 
riskni baholash mezonlari bilan muvofiqlashtirilishi kerak. Keyin tahlil qilish 
metodologiyasining tafsilotlari tavsiflanadi:
a) riskni sifat jihatdan tahlil qilish. Sifat jihatdan tahlil qilishda potensial 
oqibatlar ko‘lamini (masalan, « past», « o‘rtacha» va «yuqori») va bu oqibatlar 
yuzaga kelishi ehtimolligini tavsiflash uchun malaka xossalari shkalasidan 
foydalaniladi. Sifat jihatdan tahlil qilishning afzalligi, unga aloqasi bo‘lgan barcha 
xodimlarning uni tushunishining soddaligida, kamchiligi esa, shkalaning sub’ektiv 
tanlanishga bog‘liqligi hisoblanadi.
Bunday shkalalar vaziyatni qanoatlantiradigan darajada moslashtirilishi yoki 
to‘g‘rilanishi, turli risklar uchun esa, turli O‘z DSt ISO/IEC 27005:2013 
tavsiyalardan foydalanilishi mumkin. Sifat jihatdan tahlil qilishdan:
- birmuncha batafsil tahlil qilishni talab qiladigan risklarni aniqlash uchun 
tekshirish bo‘yicha faoliyatni oldindan ko‘rib chiqish sifatida;
- tahlil qilishning bu turi qaror qabul qilish uchun mos bo‘lgan joyda;
- sonli ma’lumotlar yoki resurslar risklarni miqdor jihatdan tahlil qilish uchun 
adekvat bo‘lmagan joyda foydalanilishi mumkin.
Sifat jihatdan tahlil qilishda riskni miqdor jihatdan tahlil qilish mumkin bo‘lgan 
ma’lumotlardan va mavjud axborotdan foydalanilishi kerak;
b) riskni miqdor jihatdan tahlil qilish. Riskni miqdor jihatdan tahlil qilishda 
turli manbalardan olingan ma’lumotlarni qo‘llagan holda, oqibatlarga va 
ehtimollikka tatbiqan, sonli qiymatlar bo‘lgan shkaladan (sifat jihatdan tahlil 
qilishda foydalaniladigan ko‘rgazmali shkalalar emas) foydalaniladi. Tahlil qilish 
sifati sonli qiymatlarning to‘laligi va aniqligiga hamda foydalaniladigan 
modellarning asoslanganligiga bog‘liq. Ko‘pgina holatlarda, miqdor jihatdan tahlil 
qilishda o‘tgan davr ichidagi insidentlar bo‘yicha ma’lumotlardan foydalaniladi, 


uning afzalligi shundan iboratki, u axborot xavfsizligi va tashkilotning muammolari 
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishi mumkin. Miqdor jihatdan tahlil qilishning 
kamchiligi yangi risklar yoki axborot xavfsizligi muammolari bo‘yicha bunday 
ma’lumotlarni yetishmasligi hisoblanadi. Miqdor jihatdan tahlil qilishning 
kamchiliklari haqiqatda tekshiriladigan ma’lumotlardan foydalanib bo‘lmaganda 
ko‘rinadi, shuning uchun, riskni baholashning aniqligi va ahamiyatliligi illyuziyasi 
hosil bo‘ladi. Oqibatlar va ehtimollikni ifodalash usuli va risk darajasi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni ta’minlash uchun ularni birlashtirish usullari, risk turiga va riskni 
baholashning chiqish ma’lumotlaridan foydalaniladigan maqsadga muvofiq 
o‘zgaradi. Oqibatlar va ehtimollikning noaniqligi va o‘zgaruvchanligi tahlil qilishda 
hisobga olinishi va u haqda samarali tarzda xabar qilinishi zarur.

Download 295.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling