Senariy. Senariy tushunchasi R.Shenk va R. Abelson tomonidan kiritilgan.
Senariy–bu freymga o’xshash struktura bo’lib, uning maxsus slotlari sifatida
senariylar, maqsad, sahna va ro’l kabilar keladi. Senariy o’zida turli semantikalar
bilan noqatiy tartibli munosabatlar o’rnatadigan birjinsli tarmoqni aks ettiradi.
O’rnatilgan munosabatlar hodisalarning mumkin bo’lgan ketma-ketligini aniqlaydi.
Munosabatlar semantikasi kauzalli, vaqtli, qism-butun va h.k. bo’lishi mumkin.
Senariylar psevdofizikli mantiqda xulosalarni o’tkazishda foydaalaniladi.
Senariylar oddiy va ierarxikli bo’lishi mumkin (ichkima-ichki) [1,4-6].
Misol.
rollar : keluvchi, ofitsiant, kassir
maqsad: to’yib ovqat yeyish va huzur qilish uchun ovqatlarni qabul qilish
1-senariy : restoranga kirish
restoranga kirish
joyni ko’rish
bo’sh joyni tanlash
bo’sh stolga o’tish
bo’sh stolga o’tirish
2-senariy: byurtma
menyuni olish
menyuni o’qish
nimani byurishni hal qilish
ofitsiantga menyu bo’yicha buyurtma berish
3-senariy 3: yegulikni qabul qilish
yegulikni qabul qilish
yegulikni yeyish
4-senariy: ketish
hisob-kitob qilishni sorash
chekni olish
kassirga borish
kassirga pulni tolash
restorandan chiqish>.
Senariyda har bir ketma-ket harakat kauzalli zanjir xossasiga ega, ya’ni
ixtiyoriy sodir etilgan harakat navbatdagi harakatning sodir etilishiga sharoit
yaratadi.
Tajriba orttirish uchun misol va topshiriqlar.
119
Do'stlaringiz bilan baham: |