5-ma’ruza: temir yо‘ldan foydalanish ishlarining asosiy sifat kо‘rsatkichlari va ularning hisobi reja


POYEZDLAR VA YUKLARNING HARAKAT TEZLIGI


Download 148.42 Kb.
bet2/2
Sana20.02.2023
Hajmi148.42 Kb.
#1215912
1   2
Bog'liq
сифат курсаткичлар

5.2. POYEZDLAR VA YUKLARNING HARAKAT TEZLIGI
Temir yо‘l transportida poyezdlar va yuklarni tashishning harakat tezliklari quyidagi turlarga bо‘linadi: yurish tezligi, texnik tezlik, uchastka tezligi va marshrut tezligi.
Yurish tezligi – bu poyezdlar harakatidagi о‘rtacha tezlik bо‘lib, bunda poyezdlarning hech qanday tо‘xtashlari va tezlashish va sekinlanishi uchun ketgan vaqtlari hisobga olinmaydi. О‘rtacha yurish tezligi quyidagi formula orqali topiladi

bu yerda peregon yoki uchastkaning uzunligi, km;
peregon yoki uchastkani bosib о‘tish uchun ketgan vaqt, bunda poyezdning tezlashish va sekinlashish vaqtlari hisobga olinmaydi, soat.
Texnik tezlik – bu poyezdlar harakatidagi о‘rtacha tezlik bо‘lib, bunda uchastkadagi alohida punktlarda tо‘xtagan vaqtlari hisobga olinmasdan, faqat tezlashish va sekinlanish uchun ketgan vaqtlar hisobga olinadi:

bu yerda tо‘xtashdan keyingi tezlashish vaqtlari, s.;
tо‘xtash joyiga yaqinlashgandagi sekinlashish vaqtlari, s..
Uchastka tezligi – bu poyezdlar harakatidagi о‘rtacha tezlik bо‘lib, bunda uchastkadagi alohida punktlarda tо‘xtagan vaqtlari va tezlashish va sekinlanish uchun ketgan vaqtlar hisobga olinadi:

bu yerda uchastkadagi alohida punktlarda tо‘xtash vaqtlarining yig‘indisi, s.,
Marshrut tezligi – bu poyezdlar harakatidagi о‘rtacha tezlik bо‘lib, bunda poyezd harakatlanayotgan temir yо‘l yо‘nalishidagi oraliq, uchastka va saralash stansiyalaridagi barcha tо‘xtagan vaqtlari va tezlashish va sekinlanish uchun ketgan vaqtlar hisobga olinadi:

bu yerda poyezdning mavjud temir yо‘l yо‘nalishini bosib о‘tgan masofasi, km;
poyezdning harakatlanish yо‘nalishidagi barcha uchastkalarni bosib о‘tishining umumiy vaqti, s;
poyezdning texnik (saralash va uchastka) stansiyalarda tо‘xtagan umumiy vaqtlari, s.
Yukni tashish tezligi – bu о‘rtacha tezlik bо‘lib, yukni tashish uchun temir yо‘l qabul qilgandan to yuk oluvchiga yetkazib berishgacha bо‘lgan yukning harakat tezligidir.

bu yerda yukni tashib olib borish masofasi, km;
yukni temir yо‘l qabul qilib olgandan to yuk oluvchigacha yetkazib berish uchun ketgan umumiy vaqt, sutka.
Qimmatbaho mahsulotlarni tashishda, yukni tashish tezligini oshirish muhim ahamiyatga egadir.
Uchastka tezligi koeffitsiyenti deb – uchastka tezligining texnik tezlik nisbatiga aytiladi va quyidagi formula bilan topiladi

Ayrim hollarda uchastka tezligi koeffitsiyenti yurish tezligi orqali ham aniqlanadi

Uchastka tezligi koeffitsiyentini oshirish, poyezdlar harakatini tashkil etishda eng asosiy vazifalardan biridir. U ikki yо‘lli yо‘nalishlar uchun 0,85 0,9 ni, bir yо‘lli yо‘nalishlar uchun 0,7 0,75 ni tashkil etadi.
Download 148.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling