5-mа’ruzа tolali optik aloqa kabellari Reja


Suv osti va ichki yotqizish kabellari


Download 0.65 Mb.
bet2/3
Sana31.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1145645
1   2   3
Bog'liq
vDg4miKajg35cCokDG4pAdeWisJ1O0VpBwLnbIaM

Suv osti va ichki yotqizish kabellari

  • Suv osti kabellari quyidagilarga bo‘linadi:
  • kema qatnamaydigan daryolar, chuqur bo‘lmagan ko‘llar va botqoqliklar tubiga yotqiziladigan;
  • dengizlar va okeanlar tubiga yotqiziladigan.
  • Ichki yotqizish kabellari telefon stansiyalari, ofislar, binolar va inshoatlar ichida ishlatiladi. Yotqizish sharoitlari bo‘yicha bu kabellar quyidagilarga bo‘linadi:
  • vertikal va gorizontal yotqizish kabellari;
  • kommutatsiyalash shnurlari.

Optik kabellarning konstruktiv elementlari. Asosiy elementlari

  • OTni cho‘zilish va bukilishdan, tashqi mexanik ta’sirlardan saqlash, yuqori ishonchliligi materiallarni mos tanlanishi va OKning konstruktiv elementlarini hisoblash bilan ta’minlanadi. OKning to‘g‘ri ishlab chiqilgan konstruksiyasi ularni oddiy metall kabellar kabi yotqizishga imkon beradigan yuqori mexanik puxtalikka ega bo‘ladi. bundan tashqari, OK konstruksiyasi 25 ... 30 yildan kam bo‘lmagan OKning xizmat ko‘rsatish muddati davomida OTning uzatish xarakteristikalarini kafolatlashi va ta’minlashi kerak.

OKda OTdan tashqari, quyidagi konstruktiv elementlar mavjud:

  • OKda OTdan tashqari, quyidagi konstruktiv elementlar mavjud:
  • yaxlit plastmassa tolalar ko‘rinishidagi to‘ldiruvchilar;
  • uzilishga bo‘ylama yuklamani o‘ziga qabul qiladigan kuch (mustahkamlaydigan) elementlar (po‘lat, mis va alyuminiy simlar, shuningdek shisha-plastik tolalar va sterjenlar);
  • mexanik radial ta’sirlarda OKning barqarorligini oshiradigan armirlovchi elementlar;
  • tashqi himoya qoplamasi – namlik, xavfli moddalar bug‘lari kirishidan va tashqi mexanik ta’sirlar ta’siridan himoyalaydigan qobiq (metall tasmalarli yoki metall qatlamlarli metall-plastmassali, plastmassali, kuch elementlarili plastmassali, metall tasmalarli presslangan kuch elementlarili plastmassali, kabelning bronlangan qobig‘i);
  • liniyadaga turli qurilmalarning elektr ta’minoti uchun izolyasiyalangan mis simlar;
  • OKga namlikni kirishiga to‘sqinlik qiladigan gidrofob kompaundlar.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling