5-mavzu: Arxitektura falsafasida Jamiyat falsafasi va inson borlig‘i. Reja


Download 219 Kb.
bet5/12
Sana08.01.2023
Hajmi219 Kb.
#1084465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5-Мavzu ma\'ruza matni (арх)

Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi o‘ringa qo‘yish, ya’ni antropotsentrizm xosdir.Masalan, buddizmda nirvanaga erishish inson barcha niyatlarining pirovard maqsadi deb e’lon qilinadi. Nirvana jonning shunday bir holatiki, bunda har qanday mayllar yo‘qoladi va ichki uyg‘unlik yuzaga keladi, mutlaqo erkinlik va tashqi dunyoga qaram emaslik tuyg‘usi paydo bo‘ladi.
Qadimgi hindlarning boshqa bir diniy-falsafiy ta’limoti – jaynizm nuqtai nazaridan inson o‘zining ma’naviy mohiyati bilan moddiy mohiyatni nazorat qilish va boshqarishga erishish uchun uzoq va og‘ir yo‘l – jonning erkinlashuvi yo‘lini bosib o‘tishi lozim.
Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida insonni nazariy aql boshqaradi. Jumladan al-Forobiy fikricha “Inson shaxsini shakllantiradigan, uni boshqa maxluqotlardan ajratib turadigan va unda insoniy xislatlarni rivojlantiradigan narsa uning faol aqlidir Bu kuch avval- boshda faqat qobiliyatdir bu quvvat o‘ylash, mulohaza yuritishga qobil, ammo hayotga tadbiq etish, ya’ni joriy qilishga qobil emas”3. Aqlni hayotga tadbiq etish uchun, unga tashqi kuch ta’sir etishi kerak, bu esa faol aqldir.Faol aql - mustaqil quvvat bo‘lib, o‘z mohiyati, Birinchi va ikkinchi va boshqa sabablar mohiyati haqida fikrlay oladi. Aynan shu faol aql odam imkoniyatlarining tashqi voqealarga ta’sir etishi va uni rivojlantirishga turtki beradi. Forobiy ta’biri bilan “moddiy aqldan amaliy aqlning yuqoriroq pillapoyasiga ko‘tariladi va uning faol aqlga munosabati quyosh bilan ko‘zni solishtirlandek bo‘ladi”4. Yusuf Xos Xojib fikricha inson dunyoda abadiy emas, bu dunyoga kelgan har qanday odam vaqti yetgach ketadi. Inson umrining qimmati necha yil yashagani bilan emas, qanday ezgu ishlarni amalga oshirganligi, hayotda qoldirgan izi bilan belgilanadi. U kishi olamdan o‘tgandan so‘ng, bu dunyoda undan ikki xil, biri yomon, ikkinichisi yaxshi degan nom qoladi Inson iloji boricha o‘zidan yaxshi nom qoldirishi, yaxshi olqish olishi lozim deb ta’kidlagan
Umuman olganda, barcha zamonlarda insonda umumiy asosni izlash bilan band bo‘lgan Sharq tafakkuriga hozir ham insonni va uning tashqi dunyo bilan aloqasini tushunishga nisbatan G‘arb falsafasidagidan o‘zgacha yondashuv xosdir. XX asr boshida hind mutafakkiri S.Vivekananda shunday deb yozgan edi: «Inson tabiatni o‘ziga bo‘ysundirish uchun tug‘iladi va bu o‘rinlidir, ammo G‘arb «tabiat» deganda faqat moddiy, tashqi dunyoni tushunadi. Bu tashqi tabiat o‘zining barcha tog‘lari, okeanlari, daryolari, o‘zining cheksiz kuchlari, cheksiz rang-barangligi bilan juda ulug‘vor, lekin undan ham ulug‘vorroq dunyo borki, bu insonning ichki dunyosidir. U quyosh, yulduzlar, yer va butun moddiy Koinotdan yuksakroq, bizning shaxsiy jajji hayotlarimizning tor chegarasiga sig‘maydigan dunyodir.
Ibn Xaldun fikricha, inson tabiatida ezgulik va yovuzlik mavjud. Agar odamlar o‘z holiga qo‘yilsa va insoniylik ruhida tarbiyalanmasa, unda Xudo ne’matini qo‘lga kiritish kamdan –kam kishiga muyassar bo‘ladi. Xayr va shayorr oralig‘ida qolib, har ikkisidan birini tanlash lozim bo‘lganida, unda sharrni tanlaydi, zero inson tabiatida sharrga moyillik ko‘proq. Adolatsizlik va boshqalarga hujum qilish insonlarga xos xislat. Shuning uchun jamiyatda kishilarning bir-birlariga jabr qilmasliklari uchun ma’xrifatga erishmoq zarur
G‘arb falsafasida inson. Sharq tafakkurida insonga nisbatan yuqorida qayd etilgan yondashuvlar bilan bir qatorda tabiat, kosmos muammolari ham qadimdan muayyan o‘rin egallab keladi. Bunda insonga ulkan dunyodagi bir zarra sifatida qaraladi. Ammo dunyoga nisbatan kosmotsentrik yondashuv antik falsafa rivojlanishining ilk bosqichlariga ko‘proq xosdir. Dunyoning mazkur talqiniga muvofiq birinchi o‘ringa Suqrot davridayoq falsafaning diqqat markazidan o‘rin olgan inson haqida mulohaza yuritish uchun ham tegishli zamin hozirlovchi dunyo va kosmos muammolari chiqadi.
Kosmotsentrizm nuqtai nazaridan inson avvalo kosmosning bir qismi sifatida, «kichkina dunyo» sifatida (Demokrit), ba’zan jonli organizm sifatida tasavvur qilinadigan makrokosm bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan mikrokosm sifatida idrok etiladi. Antik faylasuflar Koinotni va unda mavjud tartibni tushunish orqali insonning o‘zini ham anglab yetish mumkin deb hisoblaganlar (Platon, Aristotel). Bunda tafakkur, bilim, aql-zakovat va donishmandlik muhim rol o‘ynagani bois, ular doim kosmotsentristlar tomonidan yuksak baholangan, inson va uning qobiliyatlariga baho berishda birinchi o‘ringa qo‘yilgan.
Bunday qarashlar Yevropa falsafiy an’anasida V asrgacha, ularning o‘rnini teotsentrizm konsepsiyasi egallagunga qadar kuzatiladi. Bu konsepsiyaga muvofiq hamma narsani Xudo belgilaydi. Xristianlikning mohiyatini aks ettiruvchi turli kreatsionistik nazariyalarga ko‘ra butun dunyo, shu jumladan jonli dunyo (o‘simliklar, hayvonlar, inson) darhol va o‘zining mukammal ko‘rinishida yaratilgan. Injilning dunyo olti kunda yaratilgani haqidagi rivoyatiga asoslangan bu nuqtai nazar yevropaliklar tafakkurida Darvinning evolyusion nazariyasi paydo bo‘lgunicha, ya’ni XIX asrning o‘rtalariga qadar hukm surdi. Xristianlar dunyosida dindor odamlar orasida u bugungi kunda ham amal qilmoqda.
Teotsentrizm nuqtai nazaridan insonning mohiyatini anglab yetish, masalan, qadimgi yunon faylasuflari yoki keyingi materialistik falsafiy konsepsiyalardagi kabi oqilona fikrlash yo‘li bilan emas, balki MuqaddasKitobda ta’riflangan vahiylar yordamida amalga oshiriladi. Bu vahiylarni faqat Injil aqidalariga e’tiqod qilish orqali tushunib yetish mumkin. Teotsentrizm nuqtai nazaridan e’tiqod nuridan charog‘on bo‘lgan aql dunyodagi ilohiy tartibning tarkibiy qismi sanalgan va «Xudoning timsoli» sifatida amal qiladigan insonning o‘zini emas, balki uning ba’zi bir jihatlarinigina aniqlashga yordam beradi. Ayni shu sababli xristianlik, Xudoni oliy mohiyat deb e’tirof etadigan va insonga U yaratgan banda sifatida qaraydigan boshqa teotsentrik falsafiy tizimlar kabi, insonni Xudoning o‘zi singari tagiga yetish mumkin bo‘lmagan sir, jumboq deb e’lon qiladi.
O‘sha davr falsafasida insonga bo‘lgan qiziqishning kuchayishi bilan bir qatorda tabiatga bo‘lgan qiziqish ham tiklandi. N.Kuzanskiy, J.Brunoning panteistik konsepsiyalari xristianlar Xudosini siqib chiqara boshladi. Yunonlarning kosmotsentrizmi tabiiysentrizm sifatida qayta anglab yetildi. Bunda antik faylasuflarning markazida Yer joylashgan pirovard kosmos haqidagi tasavvurlari cheksiz va markazsiz kosmosga o‘rin bo‘shatdi.
Bunday kosmos umumiyroq va kengroq tushuncha – «tabiat» bilan tenglashtiriladi. Shundan beri u turli falsafiy tizimlarda faol o‘rganiladi. Xususan, Ma’rifat davri falsafasida fundamental tushunchaga aylanadi, Shelling ijodida markaziy o‘rin egallaydi, shuningdek ekologiyaga qarab mo‘ljal oluvchi ayrim hozirgi falsafiy konsepsiyalarda dunyo va insonni tushunishda tayanch nuqtasi hisoblanadi. Mazkur yondashuvga ko‘ra inson tabiatning ajralmas qismi sifatida qaraladi. Bunday qarashlarning izchil tarafdorlari, masalan, XX asrning ikkinchi yarmida rivojlangan ijtimoiy ekologiya namoyandalari e’tiborni haddan tashqari keng qaratadigan tabiatdan uning muayyan qismiga – inson o‘z hayot faoliyatini amalga oshiradigan biosferaga qaratish lozimligini qayd etadilar va bunda antropotsentristik qarashlardan voz kechib, ularni biosferotsentrizm bilan almashtirishni talab qiladilar. Biosferotsentrizmda falsafiy tadqiqotlar markaziga inson o‘rniga tabiatni qo‘yish taklif qilinadi va shu tariqa tabiat inson ehtiyojlari nuqtai nazaridan qaralmaydi, inson mohiyati va uning ehtiyojlari esa tabiiy qonunlarni va biosferaning tadrijiy rivojlanish tendensiyalarini bilish nuqtai nazaridan tadqiq etiladi.
Yangi davrda insonga qiziqish asosan, ijtimoiy munosabatlardagi ishtiroki bilan bog‘landi. Yangi davrda insonga biluvchi sub’ekt sifatida yondashildi. Masalan, Dekart insonning mohiyati, o‘ziga xos xususiyatini uning tafakkuri, fikrlash qobiliyatida ko‘rdi. XVIII asr fransuz materialist faylasuflari (Didro, Golbax, Gelvesiy, Lametri) tabiatshunoslik va mexanika sohasida erishilgan hayratomuz yutuqlar ta’sirida insonning jonini ong bilan, tanasini esa – avtomat, mashina bilan tenglashtirib, uni mexanistik talqin qildilar.
Buyuk nemis faylasufi I.Kant (1724-1804) insonni tushunish yo‘lida muhim qadam tashladi. U inson betakror mavjudot va u haqda alohida falsafiy mulohaza yuritish mumkin, deb hisoblar edi. Ayni vaqtda, u «inson uchun maktab bo‘lib xizmat qiladigan madaniyat sohasidagi barcha muvaffaqiyatlarning maqsadi o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni amalga tatbiq etishdan iboratdir. Ammo bu bilimlar tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan dunyodagi eng muhim predmet insondir, zero u o‘zi uchun pirovard maqsaddir»1, deb qayd etadi.
XIX asrdan boshlab Yevropa falsafiy tafakkuri F.Shelling, A.Shopengauer, M.Shtirner, S.Kerkegor, F.Nisshe, N.Berdyaev, A.Bergson kabi faylasuflarning sa’y-harakatlari bilan inson mavjudligini individual va tarixiy muayyanlashtirish sari yuz burdi. Hayot, sezgilar, xohish-iroda, irratsionallik tushunchalari maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylandi va keyinchalik ekzistensializm, intuitivizm va personalizm falsafasida rivojlantirildi.
Xususan, ekzistensializm nuqtai nazaridan ob’ektiv dunyo – bu avvalo «inson borlig‘i» bo‘lib, insondan tashqarida dunyo haqida biron-bir gap aytish mumkin emas. Inson borlig‘i to‘g‘risida so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi, chunki inson borliq xususida savollar beradi, uning mazmunini tashkil etgan holda uni boshdan kechiradi, anglab yetadi.

Download 219 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling