5-mavzu. Bilish
Download 271.14 Kb.
|
5 мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- S i n tez
- Il m i y b i l is h n i n g a so si y s h a k ll a r
Analiz — bir butunni qismlarga, bo’laklarga, tomonlarga, elementlarga ajratib, ularning har bin nima, qanday vazifani bajarishini bilishdir. Analiz usuli natijasida butunni tashkil etgan qismlar, tomonlar, bo’laklar, elementlar, ularning butun tarkibidagi o’rni aniqlanadi. Analiz orqali predmet va hodisalarning strukturasi, tuzilishi bilinadi. Sintez — analiz tufayli ajratilgan boMaklar, tomonlar, qismlar, elementlarni o’zaro biriktirib, ularni bir butun holiga keltirishdir.
Sintez orqali tadqiqotchi butunning bo’laklari, qismlari, tomonlari, elementlari o’rtasidagi va ularning butun bilan bo’lgan aloqa va bog’lanishlarini bilib oladi. Analiz bilan sintez bilish jarayonidagi bir moddiy yoki mantiqiy amalning ikki tomonidir, ularni bir-biridan ajratib qo’llab bo’lmaydi, chunki tabiatda va jamiyatda hamma jarayonlar ko’p tomonlamadir. Tadqiqotchi o’rganayotgan predmet yoki hodisalar ustida olib borgan kuzatish va eksperimentlar, analiz va sintezlar asosida hosil bo’lgan empirik faktlar va ma’lumotlami o’z tafakkurida umumlashtiradi, abstraktlashtiradi va konkretlashtiradi.Tafakkur jarayonida yuz beradigan bu amallar ham ilmiy bilishning umumiy ilmiy metodlarini tashkil etadi. Ilmiy bilishning asosiy shakllari. Tadqiqotchi o’zi tadqiq etayotgan predmet yoki hodisalarni o’rganishda, bilishning turli ilmiy metodlaridan foydalanishi asosida ma’lum yangi bilimlarni hosil qiladi. Bu yangi bilimlar o’zlarining paydo bo’lishidan to insoniyatning nazariy bilimlari tizimlari — fanlarga kirib kelishigacha, har xil ko’rinishlarda bir qancha taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tadi. Ilmiy tadqiqot asosida paydo bo’lgan yangi bilimlarning rivojlanishidagi bu bosqichlar ilmiy bilishning shakllari deyiladi. Ilmiy bilish shakllarining asosiylarini: ilmiy g’oya, muammo, gipoteza, nazariya va ilmiy oldindan ko ‘rishlar tashkil qiladi. Ilmiy g’oya — ilmiy bilishning birinchi shaklidir. G’oya — tadqiqot maqsadini, uning yo’nalishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir. G’oya o’z tabiatiga ko’ra — fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy va nazariy faoliyati asosida paydo bo’lib, borliqning to’g’ri yoki xato in’ikosidir. Ilmiy bilishda g’oya muhim rol oynaydi. Aniq g’oya tug’ilmaguncha, biror sohada tadqiqot olib borish mumkin emas. Har bir g’oya ma’lum tayyorgarlik, mushohada asosida, muayyan sohada fikr yuritish natijasida paydo bo’lib, unda tadqiqotchining amaliy va nazariy tajribalari umumlashgan bo’ladi. Download 271.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling